Taniqli «ustabuzarmon» yap-yangi Xiaomi Mi 11’ni yorib ko‘rdi (video)

Smartfonning juda ko‘p mis, termoplast, grafit plyonka ishlatilgan mukammal sovitish tizimiga ham Zak yaxshi baho berdi.

Galaxy S21 hamda iPhone 12 benchmarkda o‘zaro «jang» qildi (video)

Speed Test G nomli YouTube-kanal muallifi esa Apple va Samsung kompaniyalarining so‘nggi flagmanlarini bevosita benchmarkda, bir vaqtning o‘zida sinab ko‘rdi va videosini e’lon qildi.

Egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

Qudratli flagmanlar o‘ntaligiga umuman kirmagan ushbu Xitoy smartfoni mazkur reytingda Samsung va Huawei kabi yetakchi smartfonsozlarning eng zo‘r flagmanlarini ham ortda qoldirib, g‘olib bo‘lgan!

2021 yil boshida o‘z narxiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi)

AnTuTu benchmarki endi besh xil narx toifasiga ko‘ra eng kuchli Android-smartfonlarni ham e’lon qildi. Bu yil yanvardan mazkur jamoa o‘z reytinglarida narx toifalarini qaytadan ko‘rib chiqqan.

Egasini rozi qilgan o‘nta iPhone va iPad (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, o‘nlikka uchtagina smartfon kirgan va ular ham nisbatan eski modellardir.

2021 yil yanvardagi eng zo‘r o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi)

Umumiy hisobda kuchli o‘ntalikka Redmi va Huawei’ning uchtadan, Honor’ning ikkita, Oppo va Realme’ning esa bittadan smartfonlari kirgan.

AnTuTu reytingi: O‘yinbop flagman Mi 11’ni taxtdan ag‘dardi! (2021 yil yanvar)

Ro‘yxatda eng ko‘p – to‘rtta o‘rinni Vivo (va uning iQOO brendi) vakillari band etgan. Xiaomi (hamda Redmi brendi)ning uchta, Huawei’ning ikkita va Oppo’ning esa bitta modeli kuchlilar o‘nligiga kirgan.

iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 mustahkamligini tasodifan... kir yuvish mashinasida sinab ko‘rishdi!

Kir yuvish mashinasida «ishlov berilgani»da, birining ekranidagi himoya shishasi biroz darz ketibdi, ikkinchisiga esa umuman shikast yetmabdi! Lekin sizlarga bunaqa usulda sinab ko‘rishni tavsiya etmaymiz...

DTM test natijasini onlayn ko‘rish yanada osonlashdi!

Endilikda test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingandan so‘ng my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirmagan holda ham o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

«Qurilmalarni qiynovchi» videobloger sinab ko‘rdi: Galaxy S21 Ultra qanchalik mustahkam?

Samsung’ning eng zo‘r flagmani, nihoyat, Zak Nelsonning qo‘liga tushdi. Texnobloger uning mustahkamligini o‘z usullari bilan sinab ko‘rib, videosini JerryRigEverything nomli YouTube-kanalida e’lon qildi.

108 MPlik Galaxy S21 Ultra hamda 12 MPlik iPhone 12 Pro Max kamera jangi (video)

Video ancha uzun chiqqan va unda har ikkala telefonning kamera imkoniyatlari batafsil taqqoslangan.

Eng tezkor Android-smartfonlar va eng silliq ishlovchi grafik qobiq (Master Lu reytinglari, 2020 yil)

Reyting adolatli bo‘lishi uchun Master Lu servisida o‘tgan yilning 1 yanvaridan to 31 dekabrigacha, kamida 100 marta tekshirilgan smartfonlarning natijalari olingan.

Exynos 2100 chipli Galaxy S21 Ultra: to‘rtta flagmanga qarshi ilk avtonomlik testi!

Tajribada undan tashqari yana Xiaomi Mi 11, iPhone 12 Pro Max, OnePlus 8 Pro hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlari qatnashgan.

TOP-10: Eng ravon ishlovchi smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil)

Reyting g‘olibi umuman Android-smartfonlar orasida 200 ballik dovondan oshgan birinchi gadjet bo‘lgan. Ravon ishlashi bo‘yicha u iPhone smartfonlari va iOS tizimi bilan bemalol bellasha oladi.

2020 yil so‘ngida beshta narx toifasida eng qudratli Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari)

AnTuTu dekabr oyidagi eng zo‘r Android-flagmanlar reytingini va hamyonbop telefonlarning eng kuchlilari reytingini ham taqdim etgan edi. Endi esa narxiga ko‘ra eng zo‘rlarini beshta reytingda ko‘rsatdi.

AnTuTu taxtiga da’vogarni taqdimotidan avval «Qora Akula yeb qo‘ydi»!

Oppo kompaniyasi ushbu benchmarkdagi rekordchi – Find X3 Pro flagmanini hali rasman namoyish qilganicha yo‘q. Lekin allaqachon samaradorlik bo‘yicha undan ustun yangi smartfon paydo bo‘ldi!

Galaxy Buds Pro simsiz quloqchini taqdimotdan avval AirPods Pro’ga mag‘lub bo‘ldi (+video)

Samsung kompaniyasi o‘zining to‘liq simsiz Galaxy Buds Pro naushniklarini 14 yanvarda taqdim etadi. Ushbu qurilmaning «jonli» varianti ustida o‘tkazilgan test sinovlari tasvirlangan video internetga chiqdi.

Hamyonbop Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (AnTuTu reytingi, 2020 yil dekabr)

Kuchli o‘ntalikda faqat uchtagina kompaniya vakillari bor; shulardan biri ro‘yxatning naq yarmini egallab olgan. Biroq reyting yetakchisi baribir boshqa smartfonsozga tegishli.

Eng zo‘r Android-flagmanlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2020 yil dekabr)

O‘tgan yilning so‘nggi oyi reytingida uchtagina ishlab chiqaruvchining mahsulotlari TOP-o‘ntalikka kiribdi.

AnTuTu’da taxt talashayotgan Mi 11 va iQOO 7 flagmanlarini bitta zarbada ag‘dargan yangi rekordchini qarshi oling!

Xiaomi Mi 11 va iQOO 7 flagmanlarining rekordlarini ham «sindiruvchi» yangi superflagmanni xitoyliklar tayyorlab ulgurishibdi. Ice Universe uning AnTuTu’dagi testi natijasini ulashdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш