Xiaomi Mi 11 Pro flagmanining birinchi «jonli» surati chiqdi!

Bosh kameraning to‘rtta modulidan biri periskop bo‘lib, naq 120 karralik optik zumga ega. Uning asosiy moduli sifatida esa hali rasman taqdim etilmagan, 50 megapiksellik Sony IMX782 sensori qo‘llanadi.

Mi Band 6’ning asosiy xususiyatlari bilan tanishamiz!

Fitnes-trekerning kodli nomi Pangu bo‘lib, kompaniya uni ikki xil – XMSH15HM va XMSH16HM model raqamli modifikatsiyalarda tayyorlamoqda. Aftidan, bularning birida NFC moduli bo‘ladi, ikkinchisida esa – yo‘q.

Apple noutbuklari dizaynidagi yap-yangi RedmiBook Pro ilk rasmiy suratda!

O‘tgan hafta Geekbench servisining ma’lumotlar bazasida RedmiBook Pro 15 hamda RedmiBook Pro 15S laptoplari tekshirib ko‘rilganligi aniqlangan edi.

Hali chiqmagan Redmi K40’ning ikkita rekordchi jihati

Rekordchi xususiyatlaridan tashqari, Redmi K40 flagmanlari eng zamonaviy – tegishlicha LPDDR5 hamda UFS 3.1 toifali tezkor va doimiy xotira chiplari bilan ta’minlanmoqda.

Eng tezkor Android-smartfonlar va eng silliq ishlovchi grafik qobiq (Master Lu reytinglari, 2020 yil)

Reyting adolatli bo‘lishi uchun Master Lu servisida o‘tgan yilning 1 yanvaridan to 31 dekabrigacha, kamida 100 marta tekshirilgan smartfonlarning natijalari olingan.

Exynos 2100 chipli Galaxy S21 Ultra: to‘rtta flagmanga qarshi ilk avtonomlik testi!

Tajribada undan tashqari yana Xiaomi Mi 11, iPhone 12 Pro Max, OnePlus 8 Pro hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlari qatnashgan.

«Tajovuzkor» narxli Redmi Note 10 hamda Note 10 Pro: taqdimot kuni, ranglari va texnik xususiyatlari

Smartfonlar 700-seriyadagi Qualcomm protsessori bilan chiqariladi; katta ehtimol bilan, bu Snapdragon 750G modelidir. Lekin ularning 5G tarmog‘ini qo‘llamaydigan versiyasi ham bo‘lishi kutilmoqda.

Redmi K40 chiqishi arafasida kompaniyaning to‘rtta bestselleri arzonlashdi

Kompaniyaning e’lon qilishicha, Redmi K30 4G modelining narxini u rekord darajada pasaytirgan. Endi uning 8/128 gigabaytlik variantini atigi 215 AQSh dollariga olish mumkin.

TOP-10: Eng ravon ishlovchi smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil)

Reyting g‘olibi umuman Android-smartfonlar orasida 200 ballik dovondan oshgan birinchi gadjet bo‘lgan. Ravon ishlashi bo‘yicha u iPhone smartfonlari va iOS tizimi bilan bemalol bellasha oladi.

Kompaniya rahbari allaqachon Redmi K40 ishlatyapti: skrinshot uning zo‘r jihatini ko‘rsatdi!

Redmi brendining lahbari Weibo tarmog‘ida o‘zi ishlatayotgan smartfonning ekranidan skrinshot e’lon qildi. Bu surat ikkita faktni oshkor etgan...

Xiaomi Mi Mix 4’ni kutyapsizmi? Undan ham oldin Xiaomi Mi 11 Ultra chiqadi!

Yaqinda MIUI rasmiy xalqaro saytida Xiaomi Mi Mix 4 hamda Mi Note 11 modellari «qo‘lga tushgan» edi. Bulardan tashqari, korporatsiya yana bitta flagman tayyorlayotgan ekan!

2020 yil so‘ngida beshta narx toifasida eng qudratli Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari)

AnTuTu dekabr oyidagi eng zo‘r Android-flagmanlar reytingini va hamyonbop telefonlarning eng kuchlilari reytingini ham taqdim etgan edi. Endi esa narxiga ko‘ra eng zo‘rlarini beshta reytingda ko‘rsatdi.

Ushbu 28 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga ommaviy MIUI 12.5 beta-talqini chiqdi

Kompaniya o‘z va’dasida turib, MIUI 12.5 ommaviy beta-versiyasini chiqardi – Xiaomi hamda Redmi brendlarining 28 rusumdagi smartfonlar egalari yangi proshivkalarni sinab ko‘rishlari mumkin.

Xiaomi ham endi qora ro‘yxatda: uning boshiga Huawei’ning kuni tushyaptimi?

Donald Tramp ketish oldidan sanksiya qo‘llanuvchi Xitoy kompaniyalari ro‘yxatiga to‘ldirish kiritdi. Qora ro‘yxatga yana to‘qqizta kompaniya kiritilgan va ular orasida tez rivojlanib kelayotgan Xiaomi ham bor.

Redmi K40 uchun allaqachon buyurtma ochildi, lekin protsessori...

Mediatek navbatdagi flagman protsessorini 20 yanvar kuni namoyish etishini aytgach, Xiaomi Group China prezidenti ushbu chipset birinchi bo‘lib Redmi K40 smartfonida qo‘llanishini e’lon qildi.

Atigi 7 dollarlik bu rozetka istalgan jihozni «aqlli» qiladi!

Intellektual funksiyalar hali yetib bormagan maishiy texnika jihozlariga ham «aql baxsh etish» uchun «Xitoycha Apple» maxsus aqlli rozetka taqdim etdi.

AnTuTu taxtiga da’vogarni taqdimotidan avval «Qora Akula yeb qo‘ydi»!

Oppo kompaniyasi ushbu benchmarkdagi rekordchi – Find X3 Pro flagmanini hali rasman namoyish qilganicha yo‘q. Lekin allaqachon samaradorlik bo‘yicha undan ustun yangi smartfon paydo bo‘ldi!

Redmi K40 taqdimotini rasman e’lon qilgan Xiaomi uning narxi bilan qo‘rqityapti

Xiaomi Group China prezidenti va Redmi brendi direktori Lu Veybing yozishicha, Xiaomi hovliqib Snapdragon 888 protsessorli smartfonga bunchalik arzon narx belgilab yuborgan emish.

Xiaomi’ni endi to‘xtatib bo‘lmaydi: uzoq kutilgan Mi Mix 4 hamda Mi Note 11, yana MIUI 13 ham rasmiy saytda «qo‘lga tushdi»!

Muxlislar ko‘pdan beri kutayotgan inqilobiy Xiaomi Mi Mix 4 smartfoni ham tez orada chiqadi, shekilli. Rasmiy saytda undan tashqari korporatsiyaning yana ikkita mahsuloti ilk bor paydo bo‘lgan.

Snapdragon 888 chipli bu «Imperator» flagman atigi 15 daqiqada to‘liq quvvatlanadi!

Geymerofon ekrani 144 gerslik yoki hatto undan ham yuqori bo‘lishi aytilmoqda. Uning bosh kamerasi bir necha moduldan iborat bo‘lib, korpusidan o‘yin uchun maxsus tugmachalar ham joy olishini kutish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш