Taqdimotdan oldin Poco C3 smartfonining muhim jihati ma’lum qilindi

Smartfon 6-oktyabr kuni taqdim qilinishi rejalangan.

Bizni aldashibdi: MIUI 13’ga yangilanuvchi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining katta ro‘yxati

Avvalroq tarqalgan, MIUI 13 grafik qobig‘ining interfeysidan olingan skrinshotlar va video soxta bo‘lib chiqdi. Lekin unga yangilanuvchi modellar ro‘yxati o‘shandagidan ancha kengroq ekan – naq 46 xil smartfon!

Xiaomi Mi 10T Lite ham chiqdi: 249 yevrodan boshlanuvchi 5G-smartfon!

Arzon flagman 64+8+2+2 MPlik bosh va 16 MPlik old kameraga, 33 vattlik quvvatlanuvchi 4820mAh batareyaga ega. Xiaomi unga ham infraqizil va NFC moduli, Hi-Res Audio sertifikatli stereodinamik o‘rnatgan.

Mi 10T hamda Mi 10T Pro flagmanlari taqdim etildi: narx va jihatlari, rasmiy anboksing videosi

Ikkala flagman ham Snapdragon 865 protsessori bazasida ishlaydi va Yevropa bozoridagi mazkur chipsetga tayanuvchi eng arzon smartfonlardan bo‘ldi.

Redmi atigi 120 dollardan boshlanuvchi ikki xil aqlli televizorini sota boshladi

Kompaniya o‘zining Redmi Smart TV A50 rusumli 4K-televizorini hamda eng arzon va ixcham – Redmi Smart TV A32 modelini 30 sentyabrdan sotuvga chiqardi.

Smartfon bozorida lider o‘zgardi, Xiaomi esa Apple’ga deyarli yetib oldi!

Mi 10T turkumi smartfonlarini namoyish etgach, Xiaomi hatto kupertinoliklardan o‘zib ketishi ham mumkin. Lekin bu ko‘pga cho‘zilmaydi – iPhone 12 turkumi taqdimotidan so‘ng Apple savdolari ortishi aniq.

Bitta quvvatda 14 kungacha ishlovchi Xiaomi Mi Watch Revolve taqdim etildi: narx va jihatlari

Mi Watch Revolve sportning 10 xil rejimini qo‘llab-quvvatlaydi, yana unga turli nafas mashqlari ham kiritilgan. Shuningdek, uning real vaqt rejimida ob-havo prognozini yangilab boradi.

Redmi eng arzon smartfonini ham eng kuchli modifikatsiyada chiqardi

6/128 gigabaytligi 146 dollardan sotuvga chiqayotgan bu smartfonning 4/128 GBligi 117 dollardan, 4/64 GBligi esa 88 dollardan sotilmoqda. Eng kichik – 2/32 GBligi esa hozir 73 dollarga tushib qolgan.

MIUI 13 interfeysining ilk videosi hamda unga yangilanuvchi Xiaomi, Redmi va POCO smartfonlari ro‘yxati chiqdi!

Qizig‘i – 30 ta smartfonni o‘z ichiga olgan ro‘yxatda Redmi 4 va Redmi Note 4 singari eski modellar ham bor, lekin negadir Redmi 9 turkumi vakillari yo‘q!

Xiaomi Mi 10 Ultra'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishing

Xiaomi Mi 10 Ultra smartfoni ko‘pchilikka manzur kelgandi, biroq uning faqat Xitoyda sotuvga chiqishi hammaning hafsalasini pir qilgan bo‘lsa ajab emas.

Redmi’ning ilk aqlli soatida smartfonsiz ham qo‘ng‘iroq qila olasiz!

Bluetooth modulidan tashqari, unda eSIM texnologiyasi ham qo‘llanadi. Bu – nomoddiy, qurilmaning o‘ziga joriy etilgan SIM-karta bo‘lib, shuning yordamida Redmi Watch telefon vazifasini bajara oladi.

Redmi yana bitta arzon va aqlli 4K-televizor namoyish qildi

Xiaomi bu mahsulotini MediaTek 9632 protsessori, 1,5 GB tezkor va 8 GB doimiy xotira bilan jihozlagan. Uning korpusida HDMI, USB, RJ45, AV hamda S/PDIF portlari mavjud.

Xiaomi va Redmi smartfonlariga MIUI 12 tarqatilishining uchinchi to‘lqini boshlandi

Ro‘yxatdagi 13 ta modeldan dastlabki ikkitasi uchun barqaror MIUI 12 grafik qobig‘i asosidagi global proshivka, qolganlariga esa hozircha xitoycha proshivka tarqatilmoqda.

Xiaomi birinchi 5G va 8K-televizorining taqdimot kunini e’lon qildi

Aytish kerakki, bu – 5G tarmog‘iga ulanuvchi va 8K formatiga ega birinchi Xiaomi televizori bo‘ladi. Bulardan tashqari, unda yangi avlod – Mini LED turiga mansub displey qo‘llanmoqda.

Xiaomi yangi flagmanlarining taqdimot kunini rasman aytdi

Ishlab chiqaruvchi ularning xususiyatlarini aytmayapti, lekin biz allaqachon uchalasining ham asosiy jihatlari, narxlari va hatto «jonli» rasmlarini e’lon qilganmiz.

Huawei’ga qarshi sanksiyalar sababli Xiaomi, Oppo va Vivo qanday foyda ko‘rayotganini bilasizmi?

Mahalliy qo‘llab-quvvatlashlarga qaramasdan, yetakchi korporatsiyaning ahvoli chatoq. Huawei – smartfon bozorining yetakchisi, uning «o‘yindan chiqishi» esa boshqalarga keng yo‘l ochib berishi shubhasiz.

Xiaomi hali taqdim etilmagan Mi 10T’larni allaqachon o‘z do‘koniga ham chiqardi!

Mi Store do‘konlaridan birida suratga olingan bannerdagi sloganga ko‘ra, mazkur modellar sifatli displeyga va yuqori avtonomlikka ega bo‘lgan samarador kamerofon sifatida targ‘ib etilmoqda.

Huami pulsoksimetrli Amazfit Band 5 bilaguzugini taqdim etdi: siz uni taniysiz!

Mazkur gadjetning Mi Band 5’dan muhim farqlari – unda Alexa ovozli assistenti hamda pulsoksimetr vazifasini bajaruvchi (qonning kislorodga to‘yinganlik darajasini o‘lchovchi) SpO2 datchigi mavjud.

Xiaomi Mi 10T Lite ham fosh etildi: 4720 mAh batareya va NFC chipli 5G-smartfon!

FCC hujjatlariga ko‘ra, bu telefon MIUI 12 grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi. Bundan tashqari, u 4720 mA/soatlik batareya, 5G-protsessor hamda NFC-modulga ham ega.

Xiaomi smartfonlari hali MIUI 12’ga yangilanib ulgurmasidan, MIUI 13 skrinshotlari tarqaldi!

«Xitoycha Apple» hali o‘z smartfonlariga MIUI 12 asosidagi proshivkalarni to‘liq tarqatib ulgurgani yo‘q. Lekin korporatsiya grafik qobiqning keyingi – MIUI 13 talqinini tayyorlashga shu yil bahordayoq kirishgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш