Xiaomi Mi Mix 4 metroda «qo‘lga tushdi», uning namoyish kunigacha aniq bo‘ldi!

Mazkur qurilma inqilobiy Mi Mix Alpha modelining «xalqona» versiyasi bo‘ladi – undagi bir qator texnologiyalarni, jumladan, 108 megapiksellik kamerani ham o‘zlashtiradi.

Nihoyat, Samsung o‘z flagmanlaridagi katta xavfni bartaraf etdi (+«jonli» video)

Endi kompaniyaning flagmanlarini ishlatayotgan foydalanuvchilar o‘z qurilmalarini yangilab, shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlab olishlari tavsiya etiladi.

Yarim yil kutilgan smartfon aytilganidan naq ming dollarga qimmat narxda sotuvga chiqyapti!

Bu – hali Xitoydagi narxi, global bozorda esa uni yanada qimmat sotishlari aniq!

«Vau, ishlab ketdi!»: Ilon Mask kosmos orqali ilk tvitni jo‘natdi

Ilon Mask o‘zining Twitter-akkauntida tarixiy voqeani e’lon qildi – SpaceX kompaniyasi uchirgan, Yerga bepul internet ulashuvchi Starlink sun’iy yo‘ldoshlar tizimi orqali ilk bor internetdan foydalanib ko‘rdi.

Redmi rahbari: «Bu smartfon bozorda «portlash» qiladi!»

Oppo kompaniyasi narxi 420 dollardan yuqori bo‘lgan barcha smartfonlarini 5G-modem bilan ta’minlashini e’lon qilgan. Lekin unga asosiy raqib bo‘lgan hamyurti eng arzon 5G-flagmanni noyabrdayoq taqdim etmoqchi!

Huawei eng innovatsion smartfonini ertagayoq, tag‘in yarim narxida sotuvga chiqaryapti!

Arzonlashtirilgan Mate X bilan birga, to‘laqonli – eng yangi Kirin 990 protsessorli va to‘liq xotirali versiyasi ham chiqadi. Uni ham dastlab aytganidek 2563 emas, balki arzonroq – 1979 dollardan sotishadi.

ITCONF.ASIA xalqaro forumi: blokcheyn, raqamli ta’lim va IT-texnologiyalar

IT-biznesni va unda ishlovchilarni rivojlantiruvchi ushbu global tadbir doirasida 15 mamlakatning 26 nafar eng yirik spikerlari chiqish qilishadi. Unda blokcheyn, IT, iOt va AI texnologiyalari ko‘rib chiqiladi.

Xiaomi keyingi yil yana naq 10 modelda 5G-smartfon chiqaradi!

Xiaomi’ning bu yilgi 5G-smartfonlari uchta modeldan iborat bo‘lsa, keyingi yil ularning soni uch karradan oshiqqa ko‘payadi. Buni korporatsiya rahbari World Internet Conference tadbirida ma’lum qilgan.

Samsung har ikki tomoniga bukiladigan ikkinchi buklamafonini noyabrdayoq ko‘rsatadi!

Hali bundan bir oy oldin, China Telecom operatori ko‘rgazmasida janubiy koreyalik texnogigantning navbatdagi bukiluvchi smartfonining nomi ko‘rsatilgan plakatni payqashgan edi.

Snapdragon 865 protsessorli ilk smartfon rasman taqdim etildi, lekin uni kim chiqardi?

Flagman 6,01 dyuymlik AMOLED-ekran, 12 GBlik tezkor va naq 1 terabaytlik doimiy xotiraga ega. 64 MPlik kamerasi esa interpolyasiya texnologiyasini qo‘llagan holda 100 megapiksellik suratlar ola biladi.

«Sharshara ekran»li Xiaomi Mi Mix 4 birinchi «jonli» suratda!

«Sharshara ekran»da kemtik yoki tirqish yo‘q – balki Mi Mix 4 selfi-kamerasi korpusning yuqori qirrasidan chiqadigan bo‘lar. Yoki Xiaomi uni ekran ostiga yashira olgandir – buni hali vaqt ko‘rsatadi.

VIDEO: Huawei Mate X jamlanmasida qanday yoqimli syurprizlar bor?

Mate X rasmiy taqdimot paytida Kirin 980 protsessori bazasiga qurilgan bo‘lsa, hozir uni beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydigan Kirin 990 5G chipsetiga almashtirishgan.

Google Pixel 4 hamda Pixel 4 XL: Betakror funksiyalar va yangi dizayn, lekin narxi... (+video)

Google Soli chipi Pixel 4’larni havodagi ishoralar orqali boshqarish imkonini beradi! Ular IP68 himoyasi, NFC chipi, Titan M xavfsizlik moduli va Pixel Stand texnologiyasiga ega.

«Xiaomi, chetroq tur!» – 367 dollarlik Realme X2 Pro flagmani taqdim etildi!

Realme X2 Pro o‘z texnik xususiyatlariga ko‘ra Mi 9T Pro flagmaniga raqobatchi bo‘la oladi, ammo Xiaomi’ning bu modelidan yangilanish chastotasi 90 gerslik ekrani bilan ustun keladi.

Redmi K30 hamyonbop flagmani – Xiaomi’ning qo‘sh kamerasi ekranga o‘yilgan ilk 5G-smartfoni!

Galaxy S10+ smartfoni selfi-kamerasi kabi, Redmi K30 displeyidagi old kamera tirqishi ham yuqori o‘ng burchakda ochilgan. Bu bilan arzonchi brend uning Samsung flagmaniga raqobatchi bo‘lishiga ishora qilayotir.

3D-printerda tarixdagi eng yirik ob’yektni chop etishdi! (+video)

Bu – hali mazkur 3D-printer imkoniyatlarining bir qismi, xolos. Uning yordamida uzunligi 30 metrgacha, eni 6,7 metrgacha, balandligi esa 3 metrgacha bo‘lgan ob’yektlarni chop etish mumkin.

Nokia 8.2 – qadrdon brendning ilk 5G-smartfoni: narxi va xususiyatlari bilan tanishing!

Android 10 tizimli va 8/256 GB xotirali Nokia 8.2 smartfoni butkul romsiz ekran, to‘rttalik bosh kamera, korpus ichidan chiquvchi 32 MPlik old kameraga ega.

VIDEO: Eron armiyasi o‘z jangovar robotlari bilan maqtanmoqda

Jangovar robot-mashinalar katta tezlikda, keskin burilishlar bilan harakatlanadi, Kalashnikov avtomatidan o‘t ochadi, tankning ostiga kirib portlatib yuboradi...

Robototexnika chempionati g‘oliblari universitetga imtihonsiz kiradi, yana 30% ko‘p maosh oladi!

Innovatson rivojlanish vazirligida Koreyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro robototexnika chempionatida yaxshi natijalarni ko‘rsatgan O‘zbekiston yoshlar milliy terma jamoasi a’zolarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Odnoklassnikida video va jonli efirlarda do‘stlar yuzini aniqlash texnologiyasi joriy etildi

Odnoklassniki video va jonli efirlarda inson yuzini aniqlash texnologiyasini joriy etgan Rossiyadagi birinchi ijtimoiy tarmoq bo‘ldi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш