Yaqin orada 5G-smartfonlar bozorining naq yarmini shu kompaniya egallaydi!

Tahlilchilarning prognozlariga ko‘ra, 5G-smartfonlar bozori keyingi yil rosa qiziydi. Ularning ishonch bilan ta’kidlashlaricha, aynan Xitoyda bunday devayslar savdosi rekord darajaga chiqadi.

Rasman savdoga chiqmagan bu flagmanni allaqachon sotishyapti, lekin... naq 140 000 dollardan!

Shu paytgacha hech kim unga buyurtma bermagani nitushunsa bo‘ladi. Axir, o‘zining anchagina qimmat bo‘lgan rasmiy narxidan ham bir necha o‘n baravarga smartfon sotib olishga kimning ko‘zi uchib turibdi, deysiz!?

5G tarmog‘i sog‘lik uchun shunchalik xavflimi?

5G zarari isbotlanmagan, ammo ayrimlar go‘yoki «elektromagnit gipersezgirligi»dan aziyat chekishar – mobil telefonlar, Wi-Fi routerlar, televizor va boshqa gadjetlarlar ta’siridan noqulaylik sezishar emish.

Eng arzon 5G-smartfon endi Xiaomi Mi 9 Pro 5G emas!

Oppo narxi 3000 yuandan (420 AQSh dollaridan) yuqori bo‘lgan barcha smartfonlarini beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan qilib chiqaradi.

RASMIY VIDEO: Xiaomi Mi Mix Alpha’ni ilk bor qadog‘idan olib ishlatib ko‘ramiz!

Xiaomi Mi Mix Alpha’ning premial qadog‘i ichida smartfondan tashqari tezkor quvvatlagich, tegishli kabellar, USB Type-C portidan 3,5 mm.lik audiotirqishga o‘tkazuvchi perexodnik hamda maxsus himoya g‘ilofi bor.

TEZKOR XABAR: Ucell O‘zbekistonda ilk 5G tarmog‘ini hamda metroda uyali aloqani ishga tushiryapti!

Nafaqat 5G tarmog‘i, Ucell kompaniyasi yana Metrotelekom bilan hamkorlikda metroda ham uyali aloqani ishga tushiryapti! Bu ikki jarayon bevosita ICT EXPO 2019 ishtirokchilarining ko‘zi oldida amalga oshirilmoqda.

Kompyuterni fikr kuchi bilan boshqarish startapini Facebook sotib oldi

Bilaguzuk yordamida foydalanuvchilar klaviaturasiz ham kompyuterda matn terishlari mumkin – buning uchun xuddi harf terayotgandek qilib stolni chertib turish kifoya.

Xiaomi Mi 9 Pro 5G – dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni qarshi oling!

Yangi flagman ham Mi 9 dizaynida, ammo texnik xususiyatlarida farqlar mavjud. Avvalo, u eng kuchli Android-protsessor – Snapdragon 855 Plus chipseti bazasiga qurilgan.

«Bu senga Toshkent emas»: Rekordni rasman qayd etmoqchi bo‘lgan Tesla Model S poyga trassasida ishdan chiqdi!

Tesla vakillari Model S modelining keyingi sinovlarini vaqtincha to‘xtatib turishlarini hamda uning xususiyatlarini yaxshilashda davom etishlarini aytishdi.

Xiaomi Mi 9 Pro allaqachon savdoda, lekin u hafsalani pir qildi! (+ilk «jonli» rasm va videolari)

Birinchi «jonli» videosida uning simsiz usulda reversiv (teskari) quvvatlash funksiyasi amalda ko‘rsatilgan – smartfon Appe AirPods quloqchini g‘ilofini 10 vattlik usulda simsiz quvvatlamoqda.

AnTuTu’ning yangi qiroli: «sharshara ekranli» ilk smartfon salkam 500 ming ball oldi! (+narxlari)

Black Shark 2 Pro tezkor xotirasi 12 GB bo‘lsa-da, «atigi» 8 GBlik «operativka» bilan ham Vivo NEX 3 5G uni ortda qoldirdi! Hali kim biladi – uning 12 gigabaytlik versiyasi qanday mo‘’jiza ko‘rsatar ekan.

Samsung’ning yangi smartfoni ikki yarim baravarga qimmat – salkam 5000 dollardan sotilyapti!

Shunday bo‘lsa-da, hozircha dunyoda tengi yo‘q bo‘lgan ushbu buklamafonni birinchilar qatorida qo‘lga kiritish uchun ikki yarim baravar pul to‘lashga tayyor xaridorlar topilganiga nima deysiz?!.

UZMOBILE ham 5G texnologiyasini sinov tariqasida ishga tushirdi!

5G texnologiyasining joriy etilishi UZMOBILE Milliy uyali aloqa operatoriga o‘z abonentlariga 1 Gbit/s va undan yuqori tezlikda Internetdan foydalanish imkoniyatini beradi.

AQSh armiyasida ishlagan muhandis «mashinalar qo‘zg‘oloni»dan xavotirda

Pilotsiz jangovar samolyotlarning sun’iy idrokka asoslangan algoritmi ustida ishlagan Nolan, kompyuter tomonidan boshqariluvchi robotlashtirilgan qurollarning xavfli ekanini ta’kidlamoqda.

XUShXABAR: Ucell allaqachon O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazdi! (+«jonli» video)

Kompaniya mutaxassislari Toshkentdagi bosh ofis – Ucell Plaza’da ilk 5G sinovini o‘tkazdi. Maksimal tezlik 1 Gbit/s.ga yaqin bo‘ldi, SpeedTest o‘lchovlari esa 1 376 Mbit/s.gacha yuklash tezligini ko‘rsatdi.

Xiaomi yangi 5G-flagmanlari namoyishiga taklif etyapti: unda yana nimalarni ko‘ramiz?

5G-smartfonlar eng yangi – Android 10 operatsion tizimi bilan taqdim etiladi. Bu tizim talqini bazasidagi MIUI 11 grafik qobig‘i ham, Mi TV Pro turkumidagi 8K-televizor ham namoyish qilinishi kutilmoqda.

Endi nafaqat quyosh nuridan, balki tungi sovuqdan ham elektr olish mumkin!

Termoelektrik effekt deb nomlanuvchi hodisadan quyidagicha foydalanish mumkin: standart quyosh panellariga maxsus keramik materialdan yasalgan yupqa panel qo‘shilib, u termoelektrogenerator vazifasini o‘taydi.

7 kamerali Huawei flagmanining shu va boshqa xususiyatlari bilan tanishamiz!

Uning ekraniga nafaqat daktiloskop, balki dinamik ham integratsiya qilingan. Ovozni boshqarish uchun an’anaviy tugmachalar ham yo‘q – ular o‘rniga korpusning qirrasida kichkina sensor panel mavjud.

Tesla Model S poyga trassasida jahon rekordini yangiladi! (+video)

O‘zbekiston prezidentining kuyovi Toshkentda tezlikni oshirib mashina haydagani va o‘z ixtiyori bilan jarima to‘lagani esingizdadir? Ushbu qoidabuzarlik aynan mana shu Tesla avtoulovida sodir etilgandi.

IHT davlatlari orasida ilk bor xalqaro robototexnika musobaqasi Toshkentda o‘tkaziladi

IRC musobaqasi hamma uchun ochiq, talabgor jamoalar birinchi navbatda xabar matnida keltirilgan havolalar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш