Xiaomi smartfonlari, televizorlari va boshqa gadjetlariga 10 noyabrgacha chegirma va sovg‘alar bor

Nafaqat bular, balki Xiaomi ekotizimiga kiruvchi boshqa mahsulotlar – aqlli tarozi, skuter, router va hokazolar uchun ham chegirmalar belgilangan.

Allaqachon yettita rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga Android 11 tarqatilmoqda!

Operatsion tizim egasi – Google kompaniyasini aytmasa, hozirda uni o‘z smartfonlariga taqdim etish bo‘yicha aynan «Xitoycha Apple» birinchi o‘rinda ketmoqda.

Nokia smartfonlarining Android 11’ga yangilanish yo‘l xaritasi chiqdi!

Nokia Mobile e’lon qilib, keyin negadir o‘chirib tashlagan tvitga ko‘ra, HMD Global kompaniyasi o‘zining 14 xil smartfoniga Android 11 proshivkasini keyingi yilning yarmigacha tarqatib tugatadi.

Xiaomi va Redmi smartfonlarini 20 sentyabrgacha chegirma bilan olish mumkin!

Eng qizig‘i – foydalanuvchilar ayrim tovarlarning chegirmalariga ta’sir ko‘rsata oladilar. Ya’ni, muayyan modeldagi qurilma qanchalik ko‘p layk to‘plasa, uning yakuniy chegirmasi ham shunchalik katta bo‘ladi.

Robot yasab 22 yoshida «Shuhrat» medali olgan ixtirochi – vazir o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev bilan suhbat

O‘zbek tilini tushunuvchi ilk robot ixtirochisi fan va texnika sohasini, ayniqsa, robototexnika sohasini yoshlar o‘rtasida keng ko‘lamda ommalashtirishga qo‘shgan hissasi uchun «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

Android 11’gacha yangilanishi aniq bo‘lgan Samsung, OnePlus, Xiaomi, Oppo, Realme, Huawei, Motorola, LG va Nokia smartfonlari

Ro‘yxatda ayrim smartfonlarning turkumlari bitta bandda sanalganini hisobga olsak, jami 110 dan ortiq rusumdagi mobil qurilmalar Android 11 talqinigacha yangilanadi. Lekin bu ham hali hammasi emas...

Ushbu 63 xil Samsung smartfon va planshetlari Android 11’gacha yangilanadi!

Mazkur smartfonlar va planshetlarga Android 11 operatsion tizimi kompaniyaning yangi – One UI 3.0 grafik qobig‘i bilan birga taqdim etilishi kutilmoqda.

Ilon Mask kiborg-odamlar uchun yangi chipni va kiborgga aylantirilgan cho‘chqani ko‘rsatdi (video)

Implantatsiya to‘liq avtomatlashtirilgan robot-jarroh tomonidan amalga oshiriladi. U bosh chanog‘ini teshib, chipni miyaga ulaydi; operatsiya atigi bir soat davom etadi va bunda anesteziya talab qilinmaydi.

Texnologiya haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt (1-qism)

Siz sevgan texnologiyalar haqida siz bilmagan ma’lumotlarni taqdim qilamiz!

29 avgustgacha Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga ulkan chegirmalar bor

Qiziqarli chegirmalar smartfonlardan tashqari, Xiaomi ekotizimining qolgan qurilmalari – televizor, quloqchin, robot-changyutgich va hokazolar uchun ham amal qiladi.

Android 11 sizni yana bitta erkinlikdan mahrum etadi!

«Yashil robotchali» tizimning yangi talqini ayrim jihatlari bilan foydalanuvchilarning hafsalasini pir qilyapti. Android 11 tizimidagi suratga olish ilovasiga aloqador bir noxush yangilikni Google tasdiqlagan.

Android uchun ham Civilization VI strategiya o‘yini chiqdi, tag‘in boshida bepul! (+video)

Steam do‘konida bultur eng ko‘p sotilgan o‘yinlar reytingida ikkinchi o‘rinni Civilization VI egallagan. Qadam-baqadam strategiya yo‘nalishidagi mazkur o‘yin «yashil robotchali» tizimga ham endi yetib keldi.

Microsoft nihoyat qo‘sh ekranli Surface Duo smartfonini namoyish etdi

Bu – Microsoft korporatsiyasi 2016 yili Nokia mobil biznesini sotib olganidan buyon chiqargan birinchi Android-smartfondir.

Chaqaloqqa «ideal» ismni endi sun’iy ong tanlab beradi!

Ism tanlovchi dasturni tayyorlash uchun ma’lumotlar tarmog‘i sifatida Github bazasida topilgan Wikipedia’dagi biografiyalar jamlanmasidan foydalanishgan.

Tesla’ning kutilmagan kushandasi: Sony o‘z elektromobilini yo‘lga chiqardi (+video)

«[Vision-S] bizning sensorli va audiotexnologiyalarimizni yanada rivojlantirish uchun Tokioga yetib keldi...» – deydi Sony bu haqda e’lon qilingan rasmiy videorolik ostida.

Dunyodagi eng takomillashgan (va qo‘rqinchli) robotlar

Yoqimtoydan tortib, qo‘rqinchli bo‘lgan robotlargacha tanishamiz.

19-20 yoshli yigitlarimiz robot xizmatkorlar yaratishdi

Buyurtmachi xohishiga ko‘ra robotni istagan ko‘rinishda, sun’iy intellekt, odamni tanish, xonadagi uskunalarni boshqarish kabi qo‘shimcha funksiyalarni ham qo‘shib yaratish imkoniyati mavjud.

Rossiya josus dronlarga qarshi Qora dengizda robotlarni ishga tushiradi

TASS yozishicha, Rossiya suvosti robotlari texnik jihatlariga ko‘ra xorijnikilardan aslo qolishmaydi. Tajribalar ularning kichik hajmli josus dronlarni ham tanib olishini ko‘rsatgan.

Telegram’ga shu oydayoq videoqo‘ng‘iroq, so‘ng esa yana bir funksiya qo‘shiladi!

Messenjerning har ikkala mobil platforma – iOS hamda Android uchun ishlab chiqilgan kliyentlari navbatdagi yangilanishda ushbu funksiyani taqdim etadi.

Telegram messenjerining Android-ilovasida yashirin foydali funksiya topildi

O‘zingiz sinab ko‘ring va bu foydali usuldan yaqinlaringizni ham boxabar qilish uchun ushbu yo‘riqnomani ulashing!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш