AKSIYa! MDC smartfonlarini xarid qil va sifatli aksessuarlarga ega bo‘l!

O‘zbekiston bozoriga joriy yilning boshida kirib kelgan MDC brendi o‘z smartfonlari uchun ajoyib AKSIYaNI e’lon qildi!

“Toza” Android’da ishlaydigan Xiaomi Mi A2’ning chiqadigan kuni ma’lum bo‘ldi

MySmartPrice nashri Xiaomi Mi A2 smartfonining namoyish qilinishiga oid qo‘shimcha tafsilotlarni ma’lum qildi

Xiaomi Mi A1: Android 8.1’gacha yangilanish nega to‘xtatildi?

O‘tgan haftada Android One dasturi doirasida chiqayotgan ilk smartfon –Xiaomi M1 iyun oyidagi xavfsizlik patchi bilan birga Android 8.1 Oreo OTA-yangilanishni olgan edi.

Nokia smartfonlari to‘liq yangilanadi

HMD Global kompaniyasi Nokia smartfonlarini Android P. yangi versiyasigacha yangilash rejasini ma’lum qildi

Xiaomi Mi Mix 3 yangi suratda: romsiz ekran, shisha korpus va USB Type-C porti!

Aftidan, bu – Xiaomi Mi Mix 3’ning reklama maqsadida tayyorlangan tasviri bo‘lsa kerak. Unda mutlaqo romsiz ekran hamda korpusning pastki qirrasidagi USB Type-C porti yaqqol ko‘rinib turibdi.

OnePlus’ning sirli tizeri: 2 iyulda u qanday smartfon namoyish etadi? («jonli» foto va video)

«Aslo qotmas» smartfonlari bilan tanilgan OnePlus’ning sirli tizeri yangi mahsulot taqdimotiga ishora qilayotir. Videolavha ham antiqa – «C61422» deb nomlangan va unda 2 iyul sanasiga ishora qilingan.

Samsung 2 iyuldayoq yangi Galaxy On taqdim etmoqchi – u qanday smartfon?

Flipkart kompaniyasi tarqatgan reklama suratlaridan anglashiladiki, yangi Galaxy On modelida «Always on Display» funksiyasi mavjud. Bu esa, mazkur gadjetda Super AMOLED-ekran qo‘llanishidan dalolat beradi.

RASMAN: Xiaomi global MIUI 10 beta-talqini tarqatilish jadvalini e’lon qildi

Xiaomi global MIUI 10 proshivkasining beta-talqini qaysi smartfonlarga qachon yetkazilishini e’lon qildi. Odatdagidek, turli modellardagi mobil devayslariga yangi proshivka bosqichma-bosqich tarqatiladi.

Ikkita rangli ekranli Nubia Z18S smartfonining rasmiy posteri chiqdi

Rangli ekrani ham, barmoq izi skaneri ham ikkitadan bo‘lgan Nubia Z18S flagmani Snapdragon 845 chipi bazasida, 6/8 gigabaytlik tezkor xotira bilan ishlaydigan bo‘lishini kutish mumkin.

Android 8.0 Oreo’gacha yangilanuvchi Huawei smartfonlari ro‘yxati

30 iyundan Huawei’ning bir nechta modeldagi telefonlari, hatto salkam uch yil avval taqdim etilgan Mate 8 ham ushbu talqindagi operatsion tizimga asoslangan EMUI 8.0 grafik qobig‘igacha yangilanadi.

EKSKLYuZIV: Mutlaqo romsiz Xiaomi Mi Mix 3’ni ilk «jonli» suratda ko‘ramiz! (+video)

Internet kengliklariga Xiaomi Mi Mix 3 smartfonining birinchi «jonli» rasmini chiqarishdi. Bu modelda «o‘yiq»siz displey korpusning old yuzasini butkul qoplagan.

Mi Mix 2S va boshqa Xiaomi smartfonlarining chegirmali narxlari (2018 yil 29 iyun) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL eltib beriladi!

Xiaomi’ning 827 753 so‘mdan boshlanuvchi, bir yillik kafolatga ega smartfonlarining ChEGIRMALI narxlari bilan tanishing! To‘lov siz istagan usulda, eltib berish – BEPUL!

Xiaomi yangi smartfonlarini boshqa brend ostida chiqaradi

Xiaomi endi yana bitta brend uchun savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazayotir. Ushbu uchinchi brend POCOPHONE deb nomlanadi va bu turkumdagi ilk smartfon allaqachon taqdimotga tayyor.

Kelasi haftadayoq taqdim etiladigan Xiaomi Mi Max 3 narxi ma’lum bo‘ldi

Ushbu devays ikki xil – oddiy Mi Max 3 hamda kuchaytirilgan Mi Max 3 Pro talqinlarida chiqadi. Ularga tegishlicha Snapdragon 636 hamda yangi Snapdragon 710 protsessorlari o‘rnatilishi aytilayotir.

ZTE Nubia flagmani: old kamerasi va ekran «kemtigi» yo‘q, ammo ekrani va barmoq izi skaneri ikkitadan!

ZTE hozirda tayyorlayotgan Nubia smartfonida nafaqat ekran, balki hatto barmoq izi datchigi ham ikkita bo‘ladi. Suratlarga qaraganda, ular korpusning ikkita yon qirralariga joylashtirilgan.

Samsung rasman Galaxy Note 9 taqdimotiga taklif etmoqda (+video)

Samsung kompaniyasi Barclays Center arenasida bo‘ladigan tadbiriga taklifnoma tarqatdi. An’anaga ko‘ra, ushbu marosim korporatsiyaning rasmiy sayti va YouTube-kanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga ham uzatiladi.

Chegirmali Samsung smartfonlari narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladi (2018 yil 27 iyun)

Chegirmali Samsung smartfonlariga endi O‘zbekistonning istalgan joyidan buyurtma berishingiz mumkin! Plastik kartocha va onlayn to‘lov vositalari orqali ham ayni shu narxlarga xarid qila olasiz.

Samsung va Huawei «damini olaversin», eng «serkamera» smartfonni boshqasi chiqaryapti! (+video)

Ushbu flagmanning bosh kamerasi uchta sensorni, selfi-kamerasi esa ikkita datchikni o‘z ichiga oladi. Shu tariqa, beshta fotomoduli bilan u rekord darajada «serkamera» smartfon bo‘ladi.

Xiaomi indingayoq taqdim etadigan smartfonini «Kelajakdan kelgan hadya» deya maqtamoqda (+video)

Reklamada Xiaomi do‘konidagi zalda to‘satdan chiroq o‘chib qoladi va moviy chaqmoq chaqib, namoyish stendida MI logotipli qadoq paydo bo‘lib qoladi. Bu xuddi «Terminator» filmining boshidagi lavhani eslatadi.

Mi Max 3 taqdimot sanasini Xiaomi ovozli yordamchisi «sotib» qo‘ydi!

Shuningdek, ushbu marosimda Mi 6X modelining Miku Xatsunega bag‘ishlangan maxsus anime talqini – Mi 6X Hatsune Edition ham taqdim qilinadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш