Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan 10 smartfon (2020 yilning 1-yarmi)

Top-o‘ntalikning naq yarmini bitta kompaniya smartfonlari zabt etgan, reyting g‘olibining ko‘rsatkichi esa keyingi uchta o‘rinni egallagan modellar sotuvlarining umumiy yig‘indisidan ham ko‘p!

Master Lu reytingida Galaxy Note 20 Ultra arzon smartfonlarga ham yengildi, g‘olib esa Xitoydan!

Huawei haqida-ku umuman gapirmasa ham bo‘ladi – Master Lu reytingida uning birortayam vakili yo‘q!

Vivo dunyodagi ilk «xameleon» smartfonning sirini ochdi («jonli» video)

Smartfonning modelini Vivo hali sir tutmoqda; bundan tashqari, yangi rolikda ham uning bosh kamera blogi yashirib qo‘yilgan. Balki, bu hali tayyor bo‘lib ulgurmagan biror yangi modelning prototipi bo‘lsa kerak.

Galaxy A42 5G anboksing videosi: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni boshqalarnikidan ikki karra qimmat ekan!

Oppo korporatsiyasining arzonchi subbrendi taqdim qilgan eng arzon 5G-smartfon – Realme V3 narxi atigi 146 dollardan boshlanadi! Samsung’niki bo‘lsa...

Realme 7 va Realme 7 Pro taqdim etildi: hamyonbop narxda o‘yinbop smartfonlar! (+video)

Har ikkala smartfonning ham texnik xususiyatlari kuchli, protsessorlari o‘yinbop, dizayni ko‘rkam bo‘lsa-da, narxlari hamyonbop. Ularda 64 MPlik kvadrokamera va 16 MPlik selfi-kamera qo‘llangan.

Redmi Note 10 turkumidagi bir nechta 5G-smartfon allaqachon tayyor! (uchta «jonli» rasm)

Ekranda aks etishicha, smartfon chipseti 2,4 GGs.lik; MediaTek chiplari orasida esa faqat Dimensity 800U shunaqa. Demak – Redmi Note 10 turkumida kamida uchta modelda smartfon chiqadi.

O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Reytingda naq oltita o‘rinni bitta kompaniya vakillari zabt etgan, lekin g‘oliblik shohsupasi va umuman uchta pog‘ona boshqa smartfonsozga nasib etgan. Iyuldagi g‘olib esa bu ro‘yxatga umuman kira olmagan!

Korpus rangi o‘zgaruvchi ilk smartfonni «jonli» videoda ko‘ramiz!

Ushbu smartfon korpusi o‘z tusini o‘zgartirish, aniqrog‘i – rangsizlanish qobiliyatiga ega. Insayderning so‘zlariga ko‘ra, bunda uning o‘zgarish tezligini foydalanuvchining o‘zi sozlay oladigan bo‘ladi.

Realme V3 taqdim etildi – dunyodagi eng arzon 5G-smartfon!

Arzon bo‘lsa-da, u 6/8 GBlik (LPDDR4x) tezkor va 64/128 GBlik (UFS 2.1) ichki xotira, 18 Vt tezkor quvvatlanuvchi 5000 mA/soatlik batareyaga ega. Yana 60 kadr/soniya chastotali Full HD video yozib ola biladi.

AnTuTu: eng qudratli flagmanlar reytingida tub burilish! (2020 yil avgust)

Oppo Find X2 Pro mart oyidan beri xitoycha reytinglarda yetakchi bo‘lib, iyun va iyulda esa global miqyosda ham liderlikka erishgan edi. Nihoyat, uni taxtdan ag‘darishdi – bu gal unga atigi oltinchi o‘rin tekkan!

Samsung eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42 5G modelini namoyish etdi!

Galaxy A42 5G modeli uchun beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi Snapdragon 690 protsessori tanlangan. Uning ekrani Super AMOLED matritsali bo‘lib, diagonaliga 6,6 dyuym keladi.

Realme X7 hamda X7 Pro chiqdi: $265 dan boshlanuvchi, 64 MPlik kvadrokamerali 5G-smartfonlar

Ularning ikkalasi ham MediaTek protsessorlariga asoslangan: standart modelida Dimenisty 800U bo‘lsa, uning Pro-versiyasida flagman – Dimensity 1000+ chipseti qo‘llangan.

Maxfiy selfi-kamerali ilk smartfon – ZTE Axon 20 5G taqdim etilib, allaqachon hafsalani pir qildi!

Axon 20 5G diagonaliga 6.92 dyuymlik, Full HD+ formatidagi OLED-displeyga ega. Daktiloskopli ekranda kadr yangilanish chastotasi 90 gerslik bo‘lsa, sensor qoplami naq 240 gerslik chastotada yangilanadi.

Xiaomi Mi 10 turkumining 300 yevrodan arzon yangi 5G-modeli shu oydayoq chiqadi!

Kompaniya bu haqda o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida yozishicha, uning «boshlang‘ich narxi €2XX» ekan.

Xiaomi Mi 10 Ultra’da yashirin kamera qanday ishlashini «jonli» videoda tomosha qilamiz!

Xiaomi’ning ta’kidlashicha, faqat uning uchinchi avlod displeyorti kamerasi oddiy selfi-kameralar kabi sifatli suratlar olishga qodir; raqobatchilarning yechimlari unga teng kela olmaydi.

Arzonlashtirilgan flagman – Galaxy S20 FE ikki xil versiyada Samsung saytiga chiqdi (+rasmiy surat)

Rasmiy saytning Samsung Bulgaria bo‘limidagi ma’lumotlar orqali biz uning aniq nomi Galaxy S20 Fan Edition ekanligini, shuningdek, ikki xil – 4G hamda 5G-versiyada chiqishini bilib oldik.

64 MPlik kvadrokamera va 48 MPlik qo‘shaloq old kamerali eng arzon selfifon chiqdi

O‘yinbop Helio G90T protsessori bazasida tayyorlangan Infinix Zero 8 smartfonining tezkor xotirasi 8, doimiysi esa 128 gigabaytlik hajmga ega; yana microSD-karta sloti ham mavjud.

OnePlus atigi 200 dollarga naq 6000 mAh batareyali smartfon tayyorladi!

Android 10 bazasidagi OxygenOS 10 grafik qobig‘iga ega OnePlus Clover uch modulli (13 + 2 + 2) kamera bilan ta’minlanadi. Uning tezkor/ichki xotirasi 4/64 GBlik ega, yana microSD-karta ham qo‘yish mumkin.

«JONLI» VIDEO: Yashirin selfi-kamerali smartfonni ZTE’dan avval Xiaomi ishlatib ko‘rsatdi!

1 sentyabr kuni ZTE old kamerasi displey ortiga yashirilgan ilk smartfonni taqdim etadi. Xiaomi esa allaqachon o‘zining shunaqa smartfonini, aynan maxfiy selfi-kamerasini ishlatib ko‘rsatdi.

Videobloger barcha avlod Galaxy Note smartfonlarini, ularning kameralari va narxlarini taqqoslab ko‘rsatdi

Buning uchun u barcha avlod Galaxy Note smartfonlarining har biridan bitta sotib olgan. Har birini qadog‘ini ochib (anboksing qilib), qurilmaning o‘zini olib, asosiy xususiyatlarini sanab ko‘rsatgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш