Samsung uchta arzonlashtirilgan smartfonini ertaroq chiqaryapti

Bugungi kungacha uncha ko‘p tilga olinmagan yangi smartfonlardan biri Galaxy Note 10 Lite bo‘ladi. SM-N770F model raqamli bu qurilma Samsung’ning bu yilgi fabletlari orasida eng arzoni bo‘lishi aniq.

FCC rasman tasdiqladi – Galaxy S10 Lite taqdimotga tayyor!

Mazkur idora aynan AQSh hududida sotishga tayyor bo‘lgan qurilmalargagina sertifikat beradi. Shunga qaraganda, Samsung Galaxy S10 Lite yaqin orada namoyish qilinib, AQShda sotuvga chiqariladi.

Samsung va Google smartfonlari bloklangan holda ham kamera orqali josuslik qilar ekan!

«Kamera» ilovasidagi ushbu xatolikdan foydalanib, xakerlar masofadan turib ham foydalanuvchiga bildirmasdan, kamerani boshqarishlari, smartfondagi fotosuratlarni ko‘rishlari mumkin.

Samsung W20 5G – kompaniyaning ikkinchi buklamafoni namoyish etildi

Ikkinchi buklamafon Snapdragon X50 modemli Snapdragon 855 Plus protsessori bazasida ishlaydi. Shuningdek, tashqi elementlarida ham farqlar bor – ular Galaxy Fold’ga nisbatan takomillashtirilgan.

Xiaomi yana bitta bozorda yetakchilikni Samsung’dan tortib olyapti

Indoneziyada atigi bir oy mobaynida Redmi Note 8 turkumidan 125 000 smartfon sotgan! Xiaomi uchun bu mazkur mamlakatda rekord ko‘rsatkich hisoblanadi va u smartfon sotish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

Asus, Samsung, Sony va Xiaomi: Zavoddanoq xavfli dasturlar o‘rnatilgan 32 ta smartfon

32ta eng ommabop smartfondagi maxsus kodlar foydalanuvchining suhbatlarini tinglashi, qayerlarda ekanini kuzatishi, shaxsiy ma’lumotlarini ishlab chiqaruvchiga va hatto uning hamkorlariga jo‘natishi mumkin.

Star Wars ishqibozlari uchun Samsung kosmik narxda maxsus flagman jamlanmasini taqdim etdi!

Jamlanma Galaxy Note 10+, g‘ilof, metall znachok, S Pen stilusi va Galaxy Buds simsiz quloqchini kiradi. Yana eksklyuziv kontent – smartfon oboylari, animatsiyalar, belgichalar va ovozlar ham taqdim etiladi.

Galaxy One – har tomonlama «sharshara» ekranli ilk smartfon!

Samsung Display bo‘linmasining AQSh Patentlar va savdo belgilari idorasiga topshirgan patent arizasida Galaxy One turkumining ilk vakili chizmalari aks etgan.

Galaxy A01 – eng arzon smartfonlarga qarshi Samsung taklifi tayyor!

Ushbu modelning narxi hozircha aniq emas, ammo texnik xususiyatlariga qaraganda, u Xiaomi, Meizu, Realme singari kompaniyalarning arzon smartfonlari bilan bozorda bemalol bellasha oladigan bo‘ladi.

Xiaomi: «Samsung’dan biz 44 foizga oldinmiz!»

O‘tgan chorak yakunlariga ko‘ra smartfonlar onlayn bozorining 40 foizini Xiaomi egallagan, eng ommabop smartfonlar beshtaligida esa uning to‘rtta modeli bor.

«Gapiruvchi» ekranli Galaxy M40 davomchisi – Snapdragon 712 chipli arzon smartfon chiqyapti!

Arzon turkum flagmani – Galaxy M40 so‘zlashuv dinamigisiz bo‘lib, ovoz displeyning o‘zidan taralishi, uch modulli bosh kamerasi va ekran tirqishidagi old kamerasi kabi jihatlari bilan e’tiborga sazovor.

Samsung yangicha displeyni patentladi. U keyingi yilgi smartfonlarga o‘rnatilishi mumkin

Koreya Intellektual mulk agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Smartfon displeylari kategoriyasiga SAMOLED nomini qo‘shib qo‘ydi.

Barcha modellardagi Galaxy S11’larning ekran o‘lchamlari va yana ikkita zo‘r jihati ma’lum bo‘ldi

Taniqli insayder Evan Bless o‘zining Twitter akkaunti orqali Galaxy S11 smartfonlari haqida navbatdagi ma’lumotni e’lon qildi. Odatda uning prognozlari hamisha to‘g‘ri chiqadi, garchi norasmiy bo‘lsa-da.

Nufuzli tashkilotlar eng zo‘r 12 smartfonni e’lon qildi (2019 yil, noyabr)

Bu gal eng yaxshi smartfonlar qatorida bir nechta yangi modellar, jumladan – o‘n birinchi avlod iPhone’lar, Samsung Galaxy Fold hamda Xiaomi Mi 9T Pro ham tekshirib ko‘rilgan.

Samsung yana bir buklamafonining taqdimot kunini rasman aytdi!

Taniqli insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) e’lon qilgan rasmiy reklama posteri uning Samsung W20 5G modeli ekanini va namoyish kunini ham ko‘rsatdi.

2300 dollarlik smartfonni xitoyliklar 5 daqiqadayoq talashib tugatishdi!

Samsung kompaniyasining Galaxy Fold modeli, garchi bir qator mashmashalar bilan qayta ishlanib qayta sotuvga chiqarilgan bo‘lsa-da, o‘z xaridorlarini topmoqda.

«Jonli» surat Galaxy S11’larning rekordchi jihatini fosh etdi!

Flagmanlar turkumining eng yirigi – Samsung Galaxy S11+ naq 5000 mA/soatlik akkumuyatorga ega bo‘ladi. Bu esa smartfonning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ham bir sutka ishlay olishini ta’minlaydi.

«Xabbl» laqabli Galaxy S11 naq «cho‘ntakdagi teleskop» bo‘ladi!

Galaxy S11 flagmanining kamerasi Hubble kodli nomiga ega. Bu so‘zni siz ko‘p eshitgansiz: «Xabbl» bu – Yer orbitasidagi avtomatik observatoriyaning kosmik teleskopi nomidir.

Terashop.uz’dagi yangilangan Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 4 noyabr)

Yetakchi smartfonsozning atigi 705 000 so‘mlik Gusto 2 telefonidan tortib Galaxy S10, S10+ hamda Galaxy Note 10 flagmanlarigacha – barchasini Terashop.uz’dan onlayn usulda olishingiz mumkin.

Samsung oxiri raqibiga tan berib, bu biznesdan chiqib ketyapti!

Ostin shahridagi Samsung ilmiy-tadqiqot markazida ishlab kelayotgan 290 nafarga yaqin xodimga allaqachon kompensatsiyalar to‘langan va korxonaning yopilishi haqida ogohlantirilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш