Ehtiyot bo‘ling: Yanvardagi yangilanish Xiaomi smartfonlarini ishdan chiqarmoqda!

Afsuski, bu muammoning universal yechimi ham topilganicha yo‘q. Ayrimlar smartfon sozlamalarini dastlabki holatga qaytarish yo‘li bilan hal etishmoqda, lekin ba’zilarda bu ham yordam bermayotgan ekan.

70 dollarlik Redmi Go to‘liq fosh etildi: suratlari va xususiyatlari bilan tanishing!

Snapdragon 425 chipli Redmi Go ikkita SIM-karta uyachasi, LTE modemi, Wi-Fi 802.11n va Bluetooth 4.1 adapterlari, microUSB 2.0 porti bilan qurollangan. Kameralari 8 va 5 MP, xotirasi 1/8 GB.

Pocophone F2 suratlarda: Snapdragon 855, 4500 mA/soatlik akkumulyator, IP68 himoyasi va jami 78 MPlik uch modulli kamera!

Pocophone F2 apparat qismi asosini Qualcomm’ning eng ilg‘or Snapdragon 855 protsessori o‘rnatiladi, unda 5G-modem ham bo‘lishi aytilmoqda.

«JONLI» VIDEO: Xiaomi prezidenti Mi Mix Flex (yoki Mi Dual Flex) buklama smartfonini ishlatib ko‘rsatdi!

Planshet va smartfon form-faktoriga almasha oluvchi devaysni shaxsan Xiaomi prezidentining o‘zi ishlatib ko‘rsatgan!

«Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 smartfonini AliExpress’dan sotib oling!

Muxlislarimiz Redmi Note 7 modeli o‘zimizda savdoda bor-yo‘qligi haqida savollar berishmoqda. Biz umumiy javob tarzida ushbu maqolani tayyorladik – unda sotib olish uchun havolalar berilgan.

Atigi 100 dollardan boshlanuvchi Redmi 7 Pro smartfonining ham taqdimot vaqti yaqin!

Redmi 7 Pro modeli Snapdragon 660 chipiga, 3-6 GBlik tezkor va 64-128 GBlik doimiy xotiraga ega. Bosh kamerasi 20+8 MPlik, selfi-kamera 8 MPlik bo‘lib, yuzni tanish orqali tizimni qulfdan chiqara oladi.

Survival Game’ni qarshi oling: Xiaomi ham PUBG va Fortnite kabi o‘yin taqdim etdi!

Boshqalardan farq qiluvchi jihati shundaki, Xiaomi Survival Game ozmi-ko‘pmi mazmunli syujetga, shuningdek, kelajak qurollari va harakatlanish vositalari ko‘rinishidagi ilmiy-fantastik mundarijaga ega.

150 dollarlik Redmi Note 7 qaysi reytingda 1800 dollarlik Galaxy Fold buklama smartfonidan ustun keldi?

Buni qarangki, mazkur reytingning ikkinchi pog‘onasini «xitoycha Apple»ning hali rasman namoyish etilib ulgurmagan yana bitta – Redmi Note 7 Pro modeli zabt etgan!

Xiaomi Mi 9’ning Antutu’dagi natijasi chiqdi – rekordchilikka u ham da’vogar!

Snapdragon 855 protsessorli Xiaomi Mi 9 mazkur sinovda 362570 ball olgan. Bu esa samaradorlik bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlarga yaqin bo‘lib, Antutu reytinglarida yuqori o‘rinlarda turishi aniq.

MIUI 11 tayyor bo‘lyapti, unga yangilanuvchi va yangilanmaydigan Xiaomi smartfonlari ro‘yxati bilan tanishing!

Xiaomi kompaniyasi o‘zining mobil qurilmalari uchun grafik qobiqning keyingi – MIUI 11 versiyasini e’lon qildi. Shuningdek, joriy yilda u asosidagi proshivkani qabul qiluvchi smartfon va planshetlarini aytdi.

Yangi sinovlar: Redmi Note 7 metall zo‘ldir va drel ostida, kalit to‘la quti ichida... (4 ta video)

Internetda Redmi Note 7 ustida antiqa drop-testlar o‘tkazilgani haqida boshqa videolar ham chiqib kelmoqda. Bugun shulardan birdaniga to‘rttasini e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

205 dollarlik Redmi Note 7 Pro fevraldan sotuvga chiqadi!

Redmi Note 7 Pro ham xuddi «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 singari 48 megapiksellik qo‘sh kamera bilan jihozlanadi, ammo yangi modelda Samsung GM1 emas, balki Sony IMX586 optik sensori qo‘llanadi.

«JONLI» VIDEO: Xiaomi displeyning hamma joyi skanerli smartfon tayyorladi!

Xiaomi prezidentining ta’kidlashicha, ular mazkur texnologiya ustida yarim yildan oshiq ishlab kelmoqda. Ehtimol, uni namoyish kuni allaqachon ma’lum bo‘lgan yangi flagmanda ko‘rarmiz.

Navbatdagi Xiaomi flagmanining taqdimot sanasi e’lon qilindi

Mashhur insayder Ben Geskin taxminicha, shu kuni Mi Mix 3 slayderining 5G-versiyasi namoyish etilishi mumkin. Lekin ayrim kuzatuvchilar buning Mi 9 flagmani bo‘lishini kutishmoqda.

VIDEO: Sakkiz yarim daqiqada sotib tugatilgan Redmi Note 7 ichini ochib, qismlarga ajratib ko‘ramiz!

Redmi Note 7 o‘ta xaridorgir bo‘lishini payqagan Xiaomi undan bir milliontasini sotuvga tayyorlagan. Uning ilk partiyasi esa 8 daqiqayu 36 soniya ichida sotib tugatilgan!

Meizu Note 9 ham Redmi Note 7’ga qarshi maydonga tushmoqda!

Meizu Note 9 tomchisimon «o‘yiq»li ekran, yakka kristalli Snapdragon 675 protsessori, 48 megapiksellik qo‘shaloq kamera hamda 4000 mA/soatlik akkumulyator bilan ta’minlangan.

KUTILMAGAN VIDEO: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7’ni suv tubida ham ishlatib ko‘rsatishdi – «joni toshdan» ekan!

Garchi Xiaomi faqat suv sachrashidan himoyalangan, degan bo‘lsa-da, Redmi Note 7 smartfoni suv ostiga «sho‘ng‘igan» holatda ham ishlayverar ekan!

ANTIQA TEST VIDEOSI: Redmi Note 7 ekranini oshtaxta qilib ishlatishdi!

Internetga chiqarilgan yangi mustahkamlik testi videosi o‘ta g‘alati: unda Redmi Note 7 ekranidan oshtaxta sifatida foydalanib, ya’ni uning ustida o‘tkir pichoq yordamida turli mahsulotlarni chopib ko‘rsatishgan!

Redmi Note 7 raqibi – Realme 3 ham 48 megapiksellik kameraga ega bo‘lyapti!

«Xitoycha Apple»ning arzon Redmi smartfonlariga qarshi kurashish uchun Oppo ham Realme brendini yaratgan. Natijada chindan ham hamyonbop smartfonlar bozorida Xiaomi unga yetakchilikni boy bergan...

809 000 so‘mdan boshlanuvchi Xiaomi smartfonlari narxlari (2019 yil 11 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Ro‘yxatda naq 43 ta smartfon bor – Toshkent shahri bo‘yicha 12 ish soati, viloyatlar markazlariga esa ikki kunda BEPUL yetkaziladi, pulini bo‘lsa keyin ham to‘layverasiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш