Samsung yangi flagmanlarining taqdimot kunini e’lon qildi! (+rasmiy video)

Navbatdagi flagmanlar sanoq bo‘yicha Galaxy S11 emas, balki Galaxy S20 deb nomlanishi haqida xabarlar tarqalgan. Shuningdek, Samsung bu tadbirda yana Galaxy Fold 2 buklamafonini ham ko‘rsatishi kutilmoqda.

Exynos 9810 va stilusli, qulay narxli yarim flagman – Galaxy Note 10 Lite bilan tanishing!

Galaxy Note 10 Lite uchun kompaniyaning o‘z protsessori – Exynos 9810 qo‘llangan, u 6/8 gigabaytlik tezkor xotira bilan hamkorlikda ishlaydi.

Galaxy S10 Lite namoyish qilindi: SD855 chip, uchtalik kamera va antiqa dizaynli salkam flagman

Galaxy S10 Lite namoyish qilindi: SD855 chip, uchtalik kamera va antiqa dizaynli salkam flagman

Samsung, CES 2020: Kinodagi hayot reallikka aylanmoqda!

Samsung, CES 2020: Kinodagi hayot reallikka aylanmoqda!

CES 2020 tadbirida Samsung «sun’iy odam» taqdim etadi! (+rasmiy video)

«Sun’iy intellekt»ga asoslanuvchi yangi mahsulotni Samsung STAR Labs laboratoriyasi tayyorlamoqda. NEON uchun Twitter’da ochilgan akkaunt «NEON = sun’iy inson» degan qisqagina tvit e’lon qildi.

Galaxy S11’ni esdan chiqaring – o‘rniga Galaxy S20 tayyor!

Samsung o‘zining flagman smartfonlari turkumini Galaxy S11 deb emas, balki buyog‘iga Galaxy S20, Galaxy S30... tarzida nomlaydi. Ice Universe ta’kidlaganidek, «2020 yilda Galaxy S20» – zo‘r yangraydi!

Ideal emas, lekin arzon: Galaxy Note 10 Lite narxi va xususiyatlari, namoyish kuni aniq bo‘ldi

Winfuture nashri insayderlarga tayangan holda Samsung Galaxy Note 10 Lite haqida batafsil ma’lumotlarni e’lon qildi. Uning taqdimot sanasi va hatto narxigacha ma’lum!

2019 yilning eng sara sakkizta smartfoni (IGN versiyasi)

Kompyuter o‘yinlari, seriallar va kinofilmlar yo‘nalishidagi yirik axborot va yangiliklar resursi – IGN nashri oxirgi 12 oyda taqdim etilgan eng yaxshi smartfonlar reytingini e’lon qildi.

Samsung ikkita arzon smartfoni va ikkita flagmaniga One UI 2.0 qobiqli Android 10 tarqatyapti

Galaxy A51 va Galaxy A71 namoyishidan so‘ng, Samsung eng arzon – Galaxy M turkumidagi smartfonlarining hamda eng qimmat flagmanlarining egalarini ham xursand qildi.

Galaxy Note 10 qiyofali Galaxy A51 namoyish qilindi: narxi va xususiyatlari

Galaxy A51 samaradorligi uchun Exynos 9611 chipseti mas’ul – u 4, 6 yoki 8 gigabaytlik tezkor xotira bilan hamkorlikda ishlaydi. Smartfon doimiy xotirasi 64 va 128 gigabaytlik variantlarda taklif etiladi.

Ikkita narx toifasidagi eng kuchli smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2019 yil noyabr)

Ommabop AnTuTu jamoasi o‘tgan oy yakunlariga ko‘ra Android-smartfonlar samaradorlik natijalarini e’lon qildi. Unda eng kuchli flagmanlar va eng zo‘r o‘rta narxli smartfonlar reytinglari taqdim etilgan.

Galaxy A51, A71, A81 va A91 smartfonlarining narxlari ma’lum bo‘ldi!

Yevropadagi ayrim onlayn do‘konlar allaqachon ushbu smartfonlarni o‘z tovarlari assortimentiga qo‘shib qo‘yishdi. Shuning evaziga biz ularning taxminiy narxlarini bilib olishga muvaffaq bo‘ldik.

Kvadrokamerali eng arzon Samsung smartfoni ilk «jonli» videoda!

45 soniyalik videolavhada uning to‘rt modulli kamerasidagi har bir sensor xususiyatlariga izoh berib ketilgan. Shuningdek, postdagi matnda smartfonning boshqa jihatlari aytilgan.

Eng tezkor sakkizta yangi smartfon (Master Lu reytingi, 2019 yil dekabr)

Bu reyting faqat noyabrda savdoga chiqarilgan kuchli smartfonlarning natijalarini aks ettirgan. Shu boisdan ham unga Huawei Mate 30 Pro yoki Samsung Galaxy Note 10 kabi zo‘r flagmanlar kirmagan.

DxOMark’ning yangi reytingida Huawei hali taqdim etmagan 5G-smartfon rekord o‘rnatdi!

Yaqindagina DxOMark eng zo‘r selfifonlar reytingini taqdim etgan edi. Huawei Nova 6 5G esa undagi liderlar – Galaxy Note 10+ 5G, Huawei Mate 30 Pro hamda Google Pixel 4 flagmanlarini ham dog‘da qoldirdi!

Navbatdagi hamyonbop Samsung bestsellerining ilk rasmiy surati chiqdi

Samsung mana shu oyning o‘zidayoq uchta smartfonini Hindistonda rasman taqdim etadi. Manbalarga ko‘ra, bular – Galaxy S10 Lite, Galaxy Note 10 Lite hamda Galaxy A51 modellaridir.

DxOMark yilning eng yaxshi selfifonlari reytingini e’lon qildi

DxOMark selfi-kameralarni shu yilning yanvaridan tekshira boshlashgan. Va nihoyat, salkam bir yil mobaynida testdan o‘tgan selfifonlarning eng zo‘rlarini e’lon qilish vaqti keldi.

2019 yilning eng zo‘r kamerofonlari: DxOMark reytingi chiqdi

Ekspertlar a’lo sifatli rasm va videolar oluvchi ikkita xitoycha smartfonni mobil fotograflar uchun eng yaxshi tanlov, deyishdi. Apple va Samsung flagmanlari esa uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni bo‘lishib olishdi.

TOP-10: Eng kuchli o‘yinbop smartfonlar (2019 yil, noyabr)

Qizig‘i shundaki, aynan geymerlarga mo‘ljallab chiqarilgan Black Shark 2 Pro, Asus ROG Phone 2 kabilar pastki o‘rinlarga tushib qolgan. Reyting yetakchisi esa aslida o‘yinbop smartfon hisoblanmagan flagmandir.

Samsung uchta arzonlashtirilgan smartfonini ertaroq chiqaryapti

Bugungi kungacha uncha ko‘p tilga olinmagan yangi smartfonlardan biri Galaxy Note 10 Lite bo‘ladi. SM-N770F model raqamli bu qurilma Samsung’ning bu yilgi fabletlari orasida eng arzoni bo‘lishi aniq.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш