iPhone 13 maketlari va g‘iloflari paydo bo‘ldi. G‘iloflar iPhone 12'larga tushmaydi!

iPhone 13 maketlari bu maketlardan foydalanuvchi kompaniyalarga, ya’ni g‘ilof ishlab chiqaruvchilarga jo‘natildi. Va tabiiyki, mazkur maketlar rasmi sizdirildi.

Buzilgan iPhone 8’dan iPhone 12 yasash usulini videodan o‘rganib oling!

Biz eski rusumdagi ayfonni atigi 2 dollarga iPhone 12’ga «aylantirish» yo‘lini e’lon qilgan edik. Yana bir havaskor esa buzuq iPhone 8 smartfonidan iPhone 12 yasab ko‘rsatdi.

Smartfoningiz haliyam suvga chidamlimi yoki yo‘q? Bu ilova masalaga oydinlik kiritadi

Ray W tomonidan yaratilgan mazkur dastur smartfondagi barometrik bosim datchiklaridan olingan ma’lumotlardan foydalangan holda qurilmaning suvga chidamlilik borasida asosli taxminini taqdim qiladi.

Ulefone Power Armor 13 – rekord akkumulyatorli «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon! (+video)

Batareyasidan tashqari, Power Armor 13 modelining korpusi ham baquvvat: IP69K sertifikatidan tashqari, uni AQShning MIL-STD-810G harbiy standartiga ko‘ra ham himoyalashgan.

Eng ravon ishlovchi mobil operatsion tizim va smartfonlar (Master Lu reytingi, 2021 yil iyun)

Master Lu mutaxassislari reytingni tuzish uchun mazkur smartfonlarda 22 ta ilovani ishga tushirib ko‘rishgan. Aynan yangi – HarmonyOS 2.0 tizimi bunda tezkorlik va silliq ishlash bo‘yicha yetakchilikka erishgan.

MWC 2021: «Yilning eng zo‘r smartfoni» va uning to‘rtta raqibi

Hakamlar ularning funksionalligi, dizayni, sotuvlar darajasi, ishlab chiqarshda ekologiyaga ziyonsizligi, dasturiy ta’minoti yangilanishi muntazamligi va boshqa jihatlarini o‘rganib, g‘olibni e’lon qilishdi.

iPhone 12 Pro’ning keragi yo‘q – 95 dollarga uning klonini olish mumkin (+video)

Qimmat smartfonlar bilan maqtanishni istovchi, ammo ularni cho‘ntagi ko‘tarmayotganlar uchun Oukitel C21 Pro eng zo‘r variantlardan biridir: g‘ilofga solinsa, uni Apple flagmanidan farqlab bo‘lmaydi.

Benchmarkda yangi Samsung protsessori iPhone 12 Pro Max’nikidan ham o‘zib, rekord o‘rnatdi!

Samsung hozir AMD bilan hamkorlikda Exynos seriyasidagi yangi flagman protsessor ustida ishlamoqda. Ushbu platformali smartfon grafika samaradorligi bo‘yicha Apple’ning eng kuchli flagmanidan ham zo‘r bo‘ladi.

Apple tibbiy uskunalardan uzoqroq tutish shart bo‘lgan gadjetlari ro‘yxatini e’lon qildi

Ro‘yxat juda katta: unga smartfon, planshet, noutbuk, kompyuter, smart-soat, quloqchin va hatto ularning g‘iloflari, zaryadchiklariyu boshqa aksessuarlar ham kirgan. Bir tekshirib qo‘yavering – zarar qilmaydi.

Eng birinchi ayfon tezligini iPhone 12 bilan taqqoslab ko‘ramiz! («Jonli» test videosi)

O‘n to‘rt yilcha avval ilk iPhone nafaqat telefonlar industriyasini, balki butun dunyoni o‘zgartirgan edi. Hozirgi smartfonlarga nisbatan u judayam eski tuyulishi aniq, lekin amalda uning ishlash tezligi qanaqa?

iPhone SE 2022 modeli Apple’ning eng arzon va ixcham 5G-smartfoni bo‘ladi

Korporatsiya bu smartfonida hozirgi iPhone SE dizaynini saqlab qoladi, ammo yangi protsessor qo‘llaydi. Aftidan, bu iPhone 12 turkumining «elektron yuragi» – Apple A14 Bionic chipseti bo‘ladi.

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (24-hafta)

OnePlus Nord CE faqatgina bir hafta top o‘ntalikda birinchilikni egallab turdi xolos. Bu gal Redmi Note 10 Pro yana yetakchilikni qo‘lga oldi.

To‘rtta rusumdagi iPhone 13’ni videoda har tomonlama ko‘rsatishdi

iPhone 13 turkumining dizaynidagi muhim o‘zgarish – old kamera jamlanmasi uchun ekranda ochilgan kemtikning ixchamlashuvidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning eni 34,83 millimetrdan 26,8 millimetrgacha kichraymoqda.

Narxi naq 6750 dollargacha boruvchi Galaxy S21 Carbon smartfonlari chiqdi

Kompaniyaning ta’kidlashicha, orqa panelning «V» shaklidagi dizayni «qurilmaga erkaklik va dinamizm bag‘ishlagan».

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (23-hafta)

Redmi Note 10 Pro «taxtdan ag‘darildi».

iPhone 13 turkumidagi barcha smartfonlarning xotira variantlari va narxlari bilan tanishing

Insayderlar iPhone 13 mini, iPhone 13, iPhone 13 Pro hamda iPhone 13 Pro Max modellarining tezkor va ichki xotiralari hajmlari, shuningdek, ularning narxlari haqida ham xabar tarqatishdi.

iPhone 13 Pro hamda 13 Pro Max uchun allaqachon «chaqadigan» narxlarda buyurtma olishyapti!

Caviar ma’lumotiga ko‘ra, iPhone 13 Pro chastotasi 120 gerslik, LTPO texnologiyali displeyga ega. Uning akkumulyatori 4352 mA/soatlik, ekrandagi kemtik esa avvalgi modellardagiga nisbatan kichraytirilgan.

iOS 15 hamda iPadOS 15 taqdim etildi: yangilanuvchi iPhone va iPad’lar ro‘yxatlari

Ilk beta-talqinlar allaqachon chiqarilgan, ularning ommaviy versiyalarini esa iyulda sinab ko‘rish mumkin bo‘ladi. Yakuniy versiyalardagi iOS 15 hamda iPadOS 15 relizi esa kuzga rejalashtirilgan.

Apple Watch 6 o‘z tannarxidan necha baravar qimmatga sotilayotganini bilasizmi?

Tag‘in nafaqat soatning butlovchi qismlari, balki uni terish xarajatlari, sinash jarayoni va hatto dasturiy ta’minotni tayyorlashga ketgan xarajatlar ham ushbu summaga kiritilgan!

Apple butkul yangi operatsion tizimi nomini tasodifan e’lon qilib, so‘ng yashirib qo‘ydi!

Kupertinolik kompaniya vakansiyalari ro‘yxatida ochilgan yangi vakansiyada nomzodning iOS, watchOS, tvOS hamda homeOS tizimlari bilan ishlashi yozilgan. Bu yerdagi so‘nggisi shu paytgacha noma’lum edi...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш