Yangi rekord o‘rnatgan Redmi K30 Ultra ichini ochib, Redmi K30 Pro bilan taqqoslab ko‘rishdi

Internetda Redmi K30 Ultra flagmanining ichki qismlari kompaniyaning Redmi K30 Pro modeli bilan solishtirilgan suratlar ham paydo bo‘ldi.

Yubiley superflagmani – Xiaomi Mi 10 Ultra taqdim etildi!

Xiaomi o‘zining barcha so‘nggi texnologik yutuqlarini shu superflagmanga tatbiq etgan. Mi 10 Ultra allaqachon turli jihatlari bilan bir qator rekordlar o‘rnatishga ulgurdi!

Eng arzon 5G-smartfonni Realme tayyorladi: «jonli» suratlari va texnik jihatlari

Uning boshqa jihatlari ham chakkimas: 5000 mA/soatlik akkumulyator, 6,52 dyuymlik ekran. Old kamera displey kemtigiga joylangan, bosh kamera esa uch modulli, orqa panelda barmoq izi datchigi ham joylashgan.

RASMAN: 11 avgustda Redmi eng zo‘r flagmanini taqdim etadi!

«Xitoycha Apple» joriy yilning 11 avgustida o‘zining yubiley flagmanini namoyish qiladi. Ayni shu onlayn marosimda Redmi brendining ham eng zo‘r smartfoni taqdim etiladi.

Samsung eng arzon 5G-smartfonini Geekbench’da tekshirib ko‘rdi

Samsung ushbu smartfonidan tashqari, yana bitta – Galaxy A32 modelini ham 5G-modemli protsessor bazasida tayyorlamoqda.

Realme V5 taqdim etildi – Honor 30’ga o‘xshash, lekin uning yarim narxidagi 5G-smartfon!

Dimensity 720 chipli ilk smartfon – Realme V5 modelini LPDDR4X standartidagi tezkor xotirasi 6/8 gigabaytlik, ichki xotirasi esa bir xil – 128 gigabaytlik variantlarda taklif etishadi.

Samsung eng arzon 5G-smartfonini ham sig‘imdor akkumulyator bilan ta’minlayapti!

Xitoyning 3C regulyatori ma’lumotlar bazasida ushbu modelning ayrim xususiyatlari paydo bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, hali 5G texnologiyasi yetib bormagan mamlakatlar uchun uning 4G-versiyasi ham chiqadi.

Kutilmaganda benchmarkda Redmi Note 10 qo‘lga tushdi!

Xiaomi bu fabletini MediaTek Dimensity 820 protsessori bazasida yaratgan. Redmi Note 10 yana ko‘p modulli kamera, 8 GBlik tezkor xotira va Android 10 operatsion tizimi bilan ham ta’minlangan.

RASMAN: Snapdragon 865+ chipli Galaxy Z Flip 5G «raskladushka»si hatto Galaxy M31s’dan ham oldin namoyish qilinyapti!

Buklamafonning o‘z «ajdod»idan asosiy farqi – u Snapdragon 865+ protsessoriga tayanadi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, u ham ayni shu chipsetli ilk ikkita eng zo‘r flagman bilan bir kunda chiqyapti.

Samsung va LG o‘z yurtida Xiaomi’ning dadil hamlasiga uchradi!

Janubiy Koreya smartfon bozorini egallash oson kechmasligini «Xitoycha Apple» yaxshi biladi. Shu boisdaan, Xiaomi bu yerda mahalliy gigantlarni narx-sifat mutanosibligi bilan yengishni ko‘zlagan.

Huawei va BYD hamkorligida Harmony OS tizimli ilk avtomobil va yangi smartfon chiqdi

BYD Han taqdimoti sharafiga maxsus versiyadagi Huawei P40 ham namoyish etildi. Uning korpusi orqa panelida elektrokar tasviri tushirilgan, proshivkasida esa avtomobilni boshqarish uchun ilova o‘rnatilgan.

Redmi flagmani keskin arzonlashdi – narxidagi farqining o‘ziga yana bitta smartfon olish mumkin!

Uning tezkor/ichki xotirasi 6/64 GBlik varianti avval 349 dollardan sotilgan bo‘lsa, endi 229 dollardan taklif etilyapti. Farqi 120 dollarga teng – bu pulga esa yana bir smartfon olsa bo‘ladi, axir!

Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42 haqida ilk ma’lumotlar

Ushbu smartfon 128 gigabaytgacha bo‘lgan hajmlardagi ichki xotira bilan, oq, qora va kul rang korpuslarda taklif etiladi. Galaxy A42’ning yanada arzonroq, 5G’ni qo‘llamaydigan varianti bo‘lmaydi.

Qualcomm arzon 5G-smartfonlar uchun Wi-Fi 6’ni ham qo‘llovchi Snapdragon 690 chipini chiqardi

Bir qator kompaniyalar ushbu chipsetni yangi modellarida qo‘llashmoqchi; ammo hali bu taqdimotdan ancha oldin xitoylik bir kompaniya uning bazasida eng arzon 5G-smartfon tayyorlayotgani ma’lum bo‘lgan...

HTC kutilmaganda birdaniga ikkita smartfon taqdim etdi (+videolar)

Bir necha yil avval smartfon bozoridan chiqib ketgan HTC o‘tgan yilning 11 iyunida ikkita modelini namoyish qilgandi. Oradan bir yil o‘tib, tayvanlik kompaniya yana ikkita smartfoni bilan o‘zini eslatib qo‘ydi.

Snapdragon 865 chipli eng kuchli flagman TENAA’da: akkumulyatori ham baquvvat ekan!

O‘tgan yilning iyulida chiqqan ROG Phone 2 geymerofoni hozirgacha eng zo‘r smartfonlar reytinglaridan tushmay kelayotir. Uning davomchisi esa yanada kuchli bo‘lishini TENAA oshkor etdi.

Redmi K30 naq yuz dollarga arzonlashib, K30 Pro yangi variantda taqdim etildi

Tengi yo‘q 5G-smartfon – Redmi K30 Pro modelini endi 12/128 GBlik variantda ham chiqarishdi va unga 429 dollarga teng narx belgilangan.

Honor Play 4 va Play 4 Pro chiqdi: flagman protsessorli eng arzon va o‘yinbop 5G-smartfonlar!

Turli chipsozlarning protsessorlariga tayangan ushbu geymerofonlarning ikkalasi ham 5G tarmog‘ida ishlaydi, bittasi esa istalgan ob’yekt (suv, ovqat, xonadagi havo...) haroratini ham o‘lchashga qodir.

Vivo X50 triosi taqdim etildi: stabilizatorli kameraga ega ilk smartfonlar (+video)

Ushbu 5G-smartfonlarda kameraning o‘zida stabilizator bor: s’yomka jarayonida kamera matritsasi turli o‘qlar bo‘yicha 3 darajagacha qimirlaydi – xuddi tirik jonzodlarning ko‘zi atrofga alanglagani kabi.

Vivo «ko‘zini qimirlatuvchi» va rekordchi 5G-smartfonlar tayyorladi!

Rekordchi 5G-smartfon kamerasi, xuddi jonli ko‘z soqqasiga o‘xshab, turli tomonlarga «qaray» oladi! Bu esa an’anaviy optik barqarorlashtirish tizimi imkoniyatlarini uch karraga oshiradi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш