Xiaomi Mi 11 hamda Mi 11 Pro: birinchi «jonli» surati va chiqish vaqti!

Xiaomi Mi 11 modeli tekis ekranga ega; uning Pro-versiyasida esa displeyning yon qirralari qayrilma. Har ikkalasida ham old kamera uchun ekranning yuqori qismi o‘rtasida tirqish ochilgan.

iPhone 12 mini: eng kichkina 5G-smartfonning katta nuqsoni topildi

2020 yilning 13 noyabridan yana ikki ayfon: iPhone 12 mini hamda iPhone 12 Pro Max sotuviga start beriladi. Reliz arafasida bulardan ixchamining tafsilotlari, xususan, kamchiliklari ham ochiqlanmoqda.

150 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Redmi Note 9 va Note 9 Pro: aniq taqdimot kuni, narx va xususiyatlari

TENAA sayti 5G-versiyali Redmi Note 9 modellarining asosiy texnik xususiyatlarini oshkor etgan edi. Mobile China nashri esa Weibo ijtimoiy tarmog‘ida sahifasi orqali ularning narxlarini ham e’lon qildi.

iPhone 12 mini hamda iPhone 12 Pro Max modellarini ilk «jonli» videoda boshqa ayfonlar bilan taqqoslab ko‘ramiz!

Ushbu videoda Apple tarixidagi eng yirik ayfon hamda dunyodagi eng ixcham 5G-smartfonni boshqa iPhone’lar bilan batafsil solishtirib ko‘rsatishgan!

Redmi ommabop v arzon smartfonini 5G-versiyada chiqaryapti – «jonli» surat va xususiyatlari!

Xitoylik taniqli insayder Digital Chat Station uning xususiyatlarini aniqlab e’lon qildi. Internetda allaqachon ushbu smartfon ekranining «jonli» rasmi ham tarqaldi.

Samsung yana bitta premial buklamafon chiqardi – narx va jihatlari

Buklamafonni Dolby Atmos texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi AKG stereodinamiklari bilan ta’minlashgan. Avtonomligi uchun 4500 mA/soatlik akkumulyator mas’ul – u 11 vattlik simsiz quvvatlana oladi.

Mi 11 taqdimoti arafasida ikki xil Xiaomi flagmanini ishlab chiqarish to‘xtatildi

Kompaniya rahbari so‘zlariga ko‘ra, yubiley superflagmani juda oz qolgan va tugaganidan keyin boshqa partiya chiqarilmaydi. Yana bitta zo‘r flagman esa allaqachon savdoda uchramayapti.

Samsung yangi flagman buklamafonini 4 noyabrda taqdim etyapti!

Samsung W21 5G nomli bu smartfon Galaxy Z Fold 2 modeliga o‘xshaydi. Texnik jihatlariga ko‘ra undan farq qilmasa-da, yangi qurilma oldin qo‘llanmagan tilla rangli korpusda ham taqdim etiladi.

Xiaomi’ga qasdma-qasd: Samsung ham arzon flagmani narxini naq 95 dollarga pasaytirdi!

Mana buni sog‘lom raqobat desa bo‘ladi – raqibiga qasdma-qasd, o‘z mahsulotini uchun salkam 100 dollarga arzonlashtirgan!

iPhone 12 mini ilk «jonli» videoda: uni iPhone 12 bilan taqqoslab ko‘ramiz!

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro Max uchun oldindan buyurtma 6 noyabrdan ochiladi. Hozirgacha ularning rasmlari ham yo‘q edi, bugun esa kichkintoy ayfonning to‘liq videotavsifi chiqdi.

Jahondagi eng ko‘p sotilgan 5G-smartfonlar reytingi

2020 yil 1-yarmida 5G-smartfonlar savdosi rekord darajaga yetgan – naq 34 milliard dollar! Kuchli beshlikda ikkita kompaniya modellari yetakchi, lekin boshqa bir smartfonsoz tez orada ularga ko‘rsatib qo‘yadi!

Redmi K30 Ultra’dan zo‘r, lekin undan arzon Redmi K30S: taqdimot va savdoga chiqish kuni aniq!

Shuningdek, yanada ilg‘or flagman – 108 megapiksellik bosh kamerali Redmi K30S Pro ham taqdim etilishi kerak. Weibo tarmog‘ida tarqalayotgan suratlarda esa uni Redmi K30S Commemorative Edition deb atashmoqda.

Yangi fotoflagmanlar – Huawei Mate 40 Pro hamda Mate Pro+ bilan tanishing!

Huawei bu flagmanlarining fotoimkoniyatlariga katta e’tibor qaratgan va bu borada Leica bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.

Huawei Mate 40 namoyish qilindi – narx va xususiyatlari

AQSh tomonidan qo‘llanayotgan sanksiyalar va taqiqlarga qaramasdan, Huawei kompaniyasi Mate 40 turkumidagi smartfonlarini taqdim etdi. Ular bilan tanishuvni bazaviy – Huawei Mate 40 modelidan boshlaymiz.

Redmi 10X o‘ta arzonlashdi, chunki... tez kunlarda Redmi Note X chiqadi!

Redmi Note X yaqinda taqdim qilingan «yengillashtirilgan» flagman – Xiaomi Mi 10T Lite modelining rebrending qilingan, shu bilan birga yanada kuchaytirilgan varianti bo‘ladi.

O‘ttiz to‘rt dollarlik 5G-smartfonga nima deysiz?

5G tarmog‘ida ishlovchi birinchi Jio Phone qurilmasi 2021 yilda namoyish etilishi kutilmoqda. Bu yilning oxiriga borib esa kompaniya 50 dollar atrofidagi narxda yangi 4G-smartfon chiqaradi.

Samsung shoshib qoldi: Galaxy S21 ham shu yildayoq taqdim etiladi!

Galaxy S21 flagmani allaqachon Xitoyning 3C regulyatorida sertifikatsiyadan o‘tgan. Uning ma’lumotlar bazasida mazkur smartfonning ayrim texnik jihatlari ham ko‘rsatilgan.

OnePlus 8T namoyish etildi: rasmiy videosi, narx va xususiyatlari

Jamlanmasiga Warp Charge 65 texnologiyali zaryadlagich kiritilgan flagmanning akkumulyatori 4500 mA/soatlik bo‘lib, ekranda kadr yangilanish chastotasi 120 gerslik bo‘lsa ham uning quvvati bir kunga yetadi.

Atigi 148 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Realme Q2, Q2 Pro hamda Q2i chiqdi!

Yangi turkumdagi har uchala smartfon ham Android 10 operatsion tizim talqini ustiga qurilgan Realme UI grafik qobig‘i bilan taqdim etilgan va korpuslarida USB Type-C porti mavjud.

Nihoyat, Samsung eng arzon 5G-smartfonining barcha jihatlarini oshkor etdi

Kompaniyaning eng arzon 5G-smartfoni 6.6 dyuymlik o‘lchamdagi Super AMOLED-displeyga ega. Samsung unda tomchisimon kemtikli, ya’ni Infinity-U dizaynini qo‘llagan; ekranning tasvir aniqligi esa HD+ formatida.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш