iPone va iPad’larga hoziroq iOS 14 hamda iPadOS 14 o‘rnatamiz: tayyor havola va yo‘riqnoma

Apple yangi operatsion tizim talqinlarini keng ommaga hali iyulning o‘rtalarida taqdim qiladi. Lekin dasturchilarga moslangan proshivkalarni siz ham hoziroq o‘rnatib olishingiz mumkin.

iPadOS 14, watchOS 7 va macOS Big Sur taqdim etildi – ularga yangilanuvchi barcha qurilmalar ro‘yxatlari

Apple’ning qaysi planshetlariga iPadOS 14, smart-soatlariga watchOS 7, noutbuk va kompyuterlariga macOS Big Sur operatsion tizimlari kelishini ko‘rib chiqamiz.

RASMAN: iOS 14’gacha yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxati chiqdi!

Ushbu ro‘yxatga kirgan qurilmalar egalari keyingi oydanoq ochiq beta-testlarda uni o‘rnatib olib, ishlatib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

iOS 14 operatsion tizimi taqdim etildi

O‘n to‘rtinchi operatsion tizim talqinida iPhone asosiy ekrani tubdan o‘zgardi – endi vidjetlarni, ya’ni boshqa ilovalarning tuynukchalarini joylashtirish va o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin.

TOP-10: Koronavirusdan foyda olayotgan IT-kompaniyalar

Financial Times nashri 2020 yil boshidan buyon kapitallashuv o‘sishi bo‘yicha eng yaxshi 100 ta kompaniya ro‘yxatini tashkil etdi va undagi eng yaxshi o‘ntasining bahosi 1,45 trln. dollarga o‘sgan.

Apple Watch’ning original funksiyasi qanday ishlashini sekinlashtirilgan videoda ko‘ramiz

Ikkinchi avlodidan boshlab Apple Watch’larda korpusning turli tirqishlariga kirgan suv tomchilari o‘ziga xos usulda chiqarib tashlanadi. Buning qanday ishlashini «jonli» videoda tomosha qilishingiz mumkin.

iPhone egalari, iOS 14’dan umidni uzavering!

Apple joriy yilning 22 iyunida – WWDC 2020 tadbiri doirasida iOS 14 operatsion tizim talqinini taqdim etishi kutilayotgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bunday nomdagi operatsion tizim umuman chiqmaydi.

Eng kichik iPhone 12 naq 128 GB xotirali bo‘lib, 64 GBlik iPhone 11 narxida sotiladi!

O‘n ikkinchi avlod ayfonlarning boshlang‘ich versiyasi olti xil – sariq, oq, qizil, moviy, ko‘k va och yashil ranglardagi, polikarbonatdan ishlangan korpuslarda taklif etiladi.

Huawei tarixda ilk bor Samsung’ni quvib o‘tib, 1-raqamli smartfonsozga aylandi!

Ushbu yutuqqa bir nechta omillar sabab bo‘lgan; birinchisi koronavirus pandemiyasi bo‘lsa, ikkinchisi – boshqalar voz kechsa ham xitoyliklar mahalliy ishlab chiqaruvchini yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatlaganidir.

Nufuzli insayder birinchi buklama iPhone haqida xabar berdi

Apple «raskladushka» ayfon chiqarmoqchi ekani, ammo Samsung’dan cho‘chiyotgani ancha avval ma’lum bo‘lgan. Bultur esa u buklama iPhone uchun Samsung’dan qayishqoq displeylar sotib ola boshlagan.

Android 11 uchun Google nimalarni iOS’dan olgan?

Android 11 operatsion tizimining birinchi beta-talqinini kuzatib, undagi ayrim funksiyalar asosiy raqobatchi – iOS tizimidan o‘zlashtirilganini payqash mumkin. Quyida shulardan asosiylarini keltirib o‘tamiz...

Apple to‘qqizta yangi iPhone va bitta iMac’ni ro‘yxatdan o‘tkazdi

Ulardan bittasi shu oyning so‘ngidagi WWDC 2020 tadbirida rasman taqdim etiladi!

Apple va Microsoft – narxi $1,5 trln.ga yetgan ilk kompaniyalar!

Boshqa texnogigantlarning ham bozor bahosi ortib bormoqda. Hozirda Amazon kompaniyasining kapitallashuvi $1,3 trln.ga, Google’ga egalik qiladigan Alphabet shirkati kapitallashuvi $1 trln.ga yetdi.

Android-smartfonlar egalari kutayotgan funksiya iPhone’larga taqdim etilyapti!

Kupertinolik korporatsiya bu ma’lumotni hali rasman e’lon qilganicha yo‘q, umuman, iOS 14 rasmiy relizi hali 23 iyun kuni, dasturchilarga mo‘ljallangan WWDC 2020 konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

iPhone’larda yangi muammo yuzaga keldi

Xuddi shunday holat ayrim iPhone X, iPhone X Max, iPhone XS va XS Max modellarida ham kuzatilgan, ulardan oldingi ayfonlarda esa bo‘lmagan.

15 iyungacha Samsung smart-televizorlariga chegirma: bittasidan tejalgan pulga yetti yarimta iPhone SE olish mumkin!

Janubiy koreyalik texnogigant Rossiyadagi rasmiy saytida «Qora juma» – Black Friday aksiyasini e’lon qildi. Qizig‘i – u 6 iyunda boshlangan bo‘lib, naq o‘n kun – 15 iyungacha davom etadi!

Koronavirus Apple’ga yordam berdi: uning qiymati oshib, tarixiy maksimumga yetdi!

Apple kompaniyasining narxi hozir 1,43 trillion dollardan oshgan. Bundan tashqari, tahlilchilar yana bir jihatni ta’kidlashmoqda: koronavirus pandemiyasi endi industriyaga zarar yetkazmay qo‘ygan.

Bunaqasi bo‘lmagan: g‘isht o‘rniga iPhone’lardan devor qurishdi! (+video)

Antiqa «qurilish materiali»ning ranglari ham, o‘lchamlari ham turlicha. Ayfon terib qurilgan devor qiziq ko‘rinishidan tashqari, mustahkam ham bo‘lsa kerak.

394 dollarlik Redmi K30 Pro ming dollarlik iPhone 11 Pro Max’ni jangga chorladi! («jonli» video)

Eng kuchli Android-protsessorli eng arzon flagmanning samaradorligini zamonamizning eng kuchli mobil chipsetiga ega bo‘lgan ayfon bilan solishtirib ko‘rishdi. Natijadan Stiv Jobs ham hayratga tushgan bo‘lardi!

To‘rt yil avvalgi smartfon barcha iPhone va iPad’lardan ustun keldi! (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

AnTuTu benchmarki turli qurilmalardan egalarining rozilik, qoniqqanlik darajasi bo‘yicha ham reytinglar e’lon qilib keladi. Ularning navbatdagisi Apple smartfonlari va planshetlariga bag‘ishlangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш