Apple mukofotiga sazovor g‘oliblar – «iPhone’da suratga olingan» eng zo‘r rasmlar e’lon qilindi!

#ShotOniPhone heshtegli mazkur suratlar Apple bannerlarida va boshqa turdagi reklama materiallarida qo‘llanadi. Buning evaziga mualliflari haq olishadi, ammo gonorar miqdori ma’lum qilinmayapti.

Ham ayfon, ham aypad bo‘la oluvchi iPhone X Fold buklama smartfoni suratlarda!

iPhone X Fold ikkita ekranga ega: ichkaridagi qayishqoq displey 2:3, tashqisi esa 1:3 nisbatli. Uni yarim buklagan holda ham qo‘llash mumkin – bunda klaviaturali ekranga ega mitti «noutbuk» yuzaga keladi.

Galaxy S10 va S10+ benchmarklarda iPhone XS Max’ga qarshi: kutilmagan natijalar!

Bunisiyam mayli, GeekBench servisidagi ko‘p yadroli testda ulardan ikkitasini hatto Xiaomi Mi 9 ham ortda qoldirgan!

Apple eng innovatsion kompaniyalar reytingida 1-dan 17-o‘ringa tushib ketdi! (+video)

Videolavhada eng yirik 15 ta brend reytingi tarkibi 2000 yildan buyon qanday o‘zgarganligi ko‘rsatilgan. Masalan, Nokia, HP va Intel kabi texnogigantlar vaqti kelib Apple’ga yo‘l berishgan. Endi esa...

Chordoqda 30 yil chang bosib yotgan Apple kompyuteri topildi. Uni yoqib ko‘rishsa...

Apple Iie – kompaniya tarixidagi uchinchi kompyuter bo‘lib, 1983–1993 yillarda turli modifikatsiyalarda ishlab chiqarilgan va jamlanma tarkibiga qarab 1395–1995 dollarlik narxlarda sotilgan.

Adashmas bashoratchi Apple bu yil chiqaradigan barcha gadjetlarni ma’lum qildi

KGI Securities kompaniyasi vakili Ming-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo) o‘zining Apple bilan bog‘liq aniq prognozlari orqali mashhur. Bugun – 2019 yilning 18 fevralida u o‘zining navbatdagi prognozini e’lon qildi.

iPad odam o‘ldirgani uchun Apple’ni sudga berishdi

Bredli Ayrlend chindan ham iPad sababli kvartirada yuzaga kelgan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan. Yong‘in aynan planshet nuqsoni, aniqrog‘i – uning akkumulyatori portlashi sababli kelib chiqqan.

Xitoyliklar Samsung va Apple’ni Yevropadan siqib chiqarishmoqda

Yevropa smartfon bozorida yetakchilar o‘zgarmagan – o‘sha-o‘sha Samsung va Apple. Ammo Huawei’ning o‘sish sur’atiga qaraganda, keyingi yiliyoq u birinchi yoki kamida ikkinchi o‘ringa ko‘tariladi.

Tarixdagi eng yaxshi iPhone modeli aniqlandi

Eng qizig‘i shundaki, umuman smartfonsozlik tarixida yangi dizaynni boshlab bergan iPhone X yubiley flagmanini hech kim yaxshi so‘z bilan eslab o‘tmagan!

25 martda Apple qanday taqdimot o‘tkazyapti?

Kompaniya ushbu kichik tadbirini Apple Park kampusi hududida joylashgan Stiv Jobs teatrida o‘tkazadi.

Har qanday iPhone’ni beshtagina «defis» bilan «o‘ldirish» mumkin, sinab ko‘rmang!

Rossiyalik foydalanuvchilardan biri iOS’dagi yana bitta shunday nuqsonni topdi – u shunchaki defis (hyphen, chiziqcha) belgisidan o‘lguday qo‘rqar ekan!

Xiaomi’ning yangi rekordi: Redmi Note 7 bitta ko‘rsatkich bo‘yicha barcha iPhone’lardan oshib ketdi!

Apple barcha modellardagi ayfonlari bilan bitta mamlakatda naq bir yilda erishgan son ko‘rsatkichini Xiaomi bir oydayoq, shundayam hali faqat mahalliy bozorda, bittagina modeli bilan zabt etyapti!

iOS yangilanishi iPhone’larni Wi-Fi va uyali aloqadan mahrum etmoqda

Bulardan tashqari, iOS 12.1.4 versiyasiga yangilagach, ayfonda Touch ID va boshqa funksiyalarning ishlash tezligi pasayganidan, shuningdek, AirPods bilan bog‘liq muammolardan ham nolishmoqda.

AnTuTu’ning yangi reytingida iPad Pro 2018’lar yetakchi (2019 yil fevral)

Benchmark mutaxassislari endi 2019 yil yanvar oyi oxirigacha AnTuTu’da tekshirib ko‘rilgan iOS operatsion tizimli qurilmalarning ham top-o‘ntaligini e’lon qilishdi.

Mutaxassislar iPhone’ni tun bo‘yi quvvatlashga qo‘yish haqida kutilmagan maslahat berishdi!

Battery University mutaxassislari zamonaviy gadjetlarning litiy-ionli batareyalar ustida bir nechta tadqiqotlar o‘tkazib ko‘rishdi va natijalarini e’lon qilishdi.

Mijozlarini qayg‘urgani uchun Apple’ni sudga berishdi!

Kaliforniyaliklardan biri juda g‘alati sababga ko‘ra Apple ustidan sudga ariza berdi. Uning da’vo qilishicha, ikki bosqichli autentifikatsiya tizimi foydalanuvchilarning juda ko‘p vaqtini olib qo‘ymoqda!

14 yashar o‘smirni Apple nega mukofotlayapti?

Bu yerda gap qanday miqdordagi mablag‘ yoki qanaqa sovg‘a haqida ketayotgani hozircha noma’lum. Lekin odatda Apple nuqsonlarni topganlarga 200 ming dollargacha haq to‘laydi.

HomePod smart-kolonkasi kamerasiz ham egasining yuzini va qo‘l ishoralarini taniydi!

Kamerasi bo‘lmasa-da, HomePod’dagi maxsus datchiklar egasining qayerda, qancha uzoqlikda turganini aniqlashga, uni yuzidan tanishga yordam beradi va u o‘z sohibidan boshqalarning buyruqlarini bajarmaydi.

iPhone X’da uchragan muammodan endi iPhone Xs va Xs Max egalari ham shikoyat qilmoqda

Yubiley ayfonlari shunday bo‘lganida, Apple ularni bepul almashtirib yoki ta’mirlab bermagan, bunday nuqson kafolat doirasiga kirmasligini aytgan edi.

Tim Kukdan ham ikki baravar ko‘p maosh oluvchi xodim Apple’ni tashlab ketdi

Arendts besh yildan buyon Apple’ning savdo bo‘yicha katta vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritib kelardi. Tahlilchilar uning ishdan ketishini butun dunyoda iPhone’larga talab kamayganiga bog‘lamoqdalar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш