O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyul)

Reytingda Kirin chipsetlari bazasidagi qurilmalar eng ko‘p. MediaTek protsessorlari asosidagi modellar uchta bo‘lsa, faqat o‘ntalik so‘ngidagi Redmi K30 smartfonigina Qualcomm platformasi bazasida ishlaydi.

Eng qizib ketuvchi va eng qizimaydigan smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil 2-chorak)

Master Lu benchmarki jamoasi ommabop telefonlarning foydalanuvchi uchun eng muhim jihatlaridan biri – ish jarayonida qanchalik qizib ketishini ham tekshirib ko‘rdi. Natijalar hayratlanarli!

Ushbu 39 rusumdagi Huawei hamda Honor smartfonlari va planshetlariga allaqachon EMUI 10.1 kelyapti

Aytib o‘tish muhimki, bu proshivkagacha faqat Xitoydagi emas, balki G‘arbiy va Shimoli-Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Rossiya, Markaziy Osiyo, Lotin Amerikasi, Kanada va Yaponiyadagi smartfonlar ham yangilanmoqda.

Qaysi smartfonlar ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydi?

Huishoubao kompaniyasi joriy yilning birinchi yarmi holatiga ko‘ra ikkilamchi bozor haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Atigi 270 dollarlik, lekin eng katta ekranli 5G-smartfon namoyish qilindi!

MediaTek Dimensity 800 platformali bu smartfon kengaytirilgan funksionalga ega bo‘lgan NFC moduli bilan ta’minlangan – uni avtomobil kaliti sifatida qo‘llash mumkin.

Shu oydayoq EMUI 10.1’gacha yangilanuvchi global Huawei va Honor smartfon hamda planshetlarining rasmiy ro‘yxati

Bu yerda gap kompaniyaning xitoycha emas, balki aynan global versiyadagi smartfonlariga keladigan yangilanishlar haqida ketyapti. Honor brendiga mansub modellarda bu Magic UI 3.1 grafik qobiq talqini bo‘ladi.

DxOMark eng zo‘r kamerofon, selfifon va audiosmartfonlarni e’lon qildi

Jami o‘nta yo‘nalish, lekin reytingdagi barcha o‘rinlarni uchtagina kompaniyaning beshtagina flagmani egallab olgan! Yanayam qizig‘i – naq oltita yo‘nalishda bitta flagman g‘olib bo‘lgan!

Android 11’gacha birinchi to‘lqinda yangilanuvchi 129 ta smartfon ro‘yxati chiqdi!

Ro‘yxatga 8 ta Google, 22 ta Samsung, 10 ta Nokia, 8 ta OnePlus, 18 ta Xiaomi, Redmi va POCO, 18 ta Huawei va Honor, 26 ta Oppo va Realme, 9 ta Vivo 9, 2 ta Sony, 6 ta LG, 2 ta ASUS smartfoni kirgan.

Honor Play 4 va Play 4 Pro chiqdi: flagman protsessorli eng arzon va o‘yinbop 5G-smartfonlar!

Turli chipsozlarning protsessorlariga tayangan ushbu geymerofonlarning ikkalasi ham 5G tarmog‘ida ishlaydi, bittasi esa istalgan ob’yekt (suv, ovqat, xonadagi havo...) haroratini ham o‘lchashga qodir.

Hamyonbop 5G-smartfon – Honor X10 namoyish qilindi

Smartfon akkumulyatori 4300 mA/soatlik bo‘lib, 22,5 vattlik asosda tezkor quvvatlana oladi. Ishlab chiqaruvchining da’vosicha, Honor X10 batareyasi o‘yin rejimida 11 soatgacha avtonomlikni ta’minlashga qodir.

TOP-10: Eng kuchli hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil aprel)

AnTuTu reytingini asta-sekin 5G-smartfonlar zabt etib boryapti: faqatgina so‘nggi uchta o‘rinda 4G-smartfon turibdi. Qualcomm protsessorlariga asoslangan smartfonlar bu gal kuchli uchlikka kira olmagan.

Nokia: «Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz...»

Yilning 1-choragida dunyo bo‘ylab 300 milliontadan kam smartfon sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 13 foizga pastdir. Xitoyda esa ahvol yanada chatoq – pasayish 27 foizga yetgan!

Aprelda chiqqan Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (Master Lu reytingi)

Dunyodagi ikkinchi raqamli smartfonsoz – Huawei yoki «aslo qotmas» OnePlus’ning emas, balki balki boshqa bir kompaniyaning ko‘p tomonlama rekord o‘rnatgan flagmani g‘oliblik shohsupasidan joy olgan.

Bu smartfon DxOMark reytingida Xiaomi va OPPO’ning eng zo‘r flagmanlarini ortda qoldirdi!

Uning foto suratga olish imkoniyatlari 136 ball, video olish sifati esa 125 ballga baholandi. Shu tariqa, mazkur qurilma umumiy 125 ballik natija ko‘rsatib, ikkita zo‘r flagmanini ortda qoldirdi.

Kutilmaganda hamyonbop Honor 9X Lite taqdim etildi, tag‘in Google servislari bilan!

Honor 9X Lite yangi dizaynda, 4/128 GB xotira bilan taqdim etilgan, unga yana microSD formatli xotira kartasi ham tushadi. FullHD+ formatli ekrani 6,5 dyuymlik, kamera asosiy moduli 48 megapiksellik.

Honor 30, 30 Pro va 30 Pro+ taqdim etildi: 424 dollardan boshlanuvchi 5G-flagmanlar!

Ular xitoylik gigant avvalroq taqdim qilgan flagmanlar – Huawei P40 oilasi vakillarining soddalashtirilgan versiyalari bo‘lib, Google servislarisiz chiqqan.

«Boyqush ko‘zli» Honor 30 Pro ilk rasmiy suratlarda

Honor 30 Pro akkumulyatorining tok sig‘imi 3 900 mA/soatlik bo‘lib, tezkor/ichki xotirasi tegishlicha 8/256 GBlik hajmga ega. Mazkur kamerofon kompaniyaning flagman chipseti – Kirin 990 5G bazasida ishlaydi.

O‘rta narxli Honor 30S namoyish etildi: Kirin 820 chipli ilk 5G-smartfon

Kirin 810 protsessoriga qaraganda yangi chipsetda GPU samaradorligi 38%, CPU tezkorligi – 27%, NPU samaradorligi esa naq 73 foizga oshgan. Undagi 5G-modem esa flagman – Kirin 990 modelidagi kabidir.

Antiqa aksiya: uy telefonini topshirib, smartfon oling!

«Uy telefonlari qabristoni» aksiyasi doirasida 3 noyabrgacha mijozlar Samsung, ZTE, Huawei hamda Honor brendlarining ayrim rusumlardagi smartfonlari uchun chegirma olishlari mumkin bo‘ladi.

Qulay va ixcham – Honor 20S taqdimoti yaqin!

Tarmoqda Honor 20 lineykasining to‘rtinchi modeli haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Aytilishicha, qurilma tomchisimon kemtikli 5,5 dyumli ekranga ega bo‘lib, romsiz dizayn evaziga eng qulay va ixcham model bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш