Redmi K30 yanada arzon versiyada ham chiqadi-yu, bittagina «lekin»i bor-da...

Redmi K30 4G tezkor xotirasi 6/8/12 GBlik, ichki xotirasi esa 128/256 GBlik bo‘lib, 4500 mA/soatlik batareyasi 30 vattlik texnologiyada tezkor quvvatlanadi. Daktiloskop korpusning o‘ng yoniga ko‘chirilgan.

Redmi 8A raqibi – toza Android’li va o‘ta arzon Nokia 2.3 chiqdi (+video)

Android One dasturi doirasiga kiruvchi Nokia 2.3 texnik xususiyatlari yaxshilangan – MediaTek Helio A22 protsessori, 2/32 GBlik xotira; ammo narxi ham shunga yarasha sal oshgan.

Mashhur narkobaronning akasi eng arzon buklamafon taqdim etdi va Apple’ni yakson qilishga so‘z berdi!

Escobar Fold 1 diagonaliga 7,8 dyuymlik AMOLED-displeyga ega. Full HD+ sifatida tasvir uzatishga qodir ekran o‘rtasidan bukiladi. Qo‘shimcha ekrani yo‘qligi boisdan smartfondan ko‘ra ko‘proq planshetga o‘xshaydi.

Redmi K30 taqdimoti oldidan naq beshta Xiaomi gadjeti arzonlashdi

«Xitoycha Apple» o‘zining arzonchi brendiga mansub yangi 5G-flagmani – Redmi K30 modelini tayyorlayotganini bilamiz. Ushbu namoyish oldidan oldingi avlod smartfonlarining narxlarini pasaytirmoqda.

DIQQAT: O‘zbekistonda telefon sotib olsangiz, IMEI-kod uchun siz pul to‘lamaysiz!

AKT vazirligi IMEI-kod bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan dolzarb savollarga yana bir karra aniq va lo‘nda javoblarni e’lon qildi.

Redmi K30 haqidagi yangi xabar hafsalani pir qildi!

Redmi K30 taaqdimot tadbirida yana brendning ilk smart-kolonkasi hamda routeri ko‘rsatilishi, shuningdek, Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarining ham namoyish qilinishi kutilmoqda.

Atigi 140 dollarga 5G-smartfon olasizmi?

Honor imkon qadar ko‘proq foydalanuvchilarni 5G tarmog‘iga jalb etmoqchi. Bu maqsadda u 280, 210 va hatto 140 dollarlik 5G-smartfonlar tayyorlaydi. Shulardan birinchisi bozorga kelasi yildayoq chiqariladi.

Arzon iPhone’lar endi dunyo bozoriga ham chiqadi

Kupertinolik korporatsiya Hindistonda terilgan ayfonlarini boshqa mamlakatlar bozorlariga ham chiqarmoqchi. Ular Xitoyda ishlab chiqarilganlaridan ko‘ra arzonroq baholanadi.

Auksionda bu disketaga nega 7 500 dollarlik boshlang‘ich narx qo‘yildi?

Shunchaki Macintosh System Tools Version 6.0 disketasi, qora ruchkada imzolangan, a’lo darajada saqlangan. Lekin nega buncha qimmat?

iPhone 11’lar uchun «homilador» g‘iloflar chiqdi – naq bitta Redmi 8 narxida!

Smart Battery Case g‘iloflariga akkumulyator ham qo‘shilgani bois ular «bukri» yoki «ikkiqat» ko‘rinishda. Qo‘shimcha batareya sharofati bilan iPhone 11’larga 50 foizgacha qo‘shimcha quvvat baxsh etish mumkin.

Nokia arzon narxli afsonaviy «raskladushka»sini yangi qiyofada chiqardi! (+video)

4G LTE modulli va «aqlli» yordamchili Nokia 2720 Flip akkumulyatori so‘zlashuv rejimida 6,6 soatga, kutish rejimida esa naq 28 kungacha yetadi. KaiOS tizimli bu devaysga WhatsApp va Facebook ham o‘rnatilgan.

Star Wars ishqibozlari uchun Samsung kosmik narxda maxsus flagman jamlanmasini taqdim etdi!

Jamlanma Galaxy Note 10+, g‘ilof, metall znachok, S Pen stilusi va Galaxy Buds simsiz quloqchini kiradi. Yana eksklyuziv kontent – smartfon oboylari, animatsiyalar, belgichalar va ovozlar ham taqdim etiladi.

Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi Mix 4 allaqachon sotuvga chiqdi – narxlari insof doirasida!

JD.com onlayn savdo maydonchasida hali rasmiy namoyishi Xiaomi Mi Mix 4 flagmanini sota boshlashdi! MyDrivers tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, mazkur takliflarning barchasi qanaqadir chet do‘konlarga eltadi.

Nihoyat, Huawei ham 5G-buklamafonini sota boshladi, lekin kutilganidan ham qimmat!

Mate X 5G’ning ushbu versiyasi Kirin 980 chipsetiga tayanadi, u Huawei’ning o‘z ishlanmasi bo‘lmish 5G-modem – Balong 5000 chipi bilan to‘ldirilgan.

Apple quvvati bir oyga yetuvchi «dunyodagi eng zo‘r professional noutbuk»ni taqdim etdi!

Eng ilg‘or versiyasining «operativka»si naq 64 GBgacha, doimiy xotirasi esa 8 TBgacha boradi! Tabiiyki, narxi ham shunga yarasha – 6099 dollar!

Quloqchinning «dodasi» chiqdi – naq 67 655 dollarlik!

Bundan tashqari, kompaniya korpusi har xil rangdagi, g‘iloflari alligator va piton terisi bilan qoplangan AirPods Pro versiyalarini ham taklif etadi – narxlari «atigi» 1 002,3 – 1 550,44 dollar orasida!

Galaxy A01 – eng arzon smartfonlarga qarshi Samsung taklifi tayyor!

Ushbu modelning narxi hozircha aniq emas, ammo texnik xususiyatlariga qaraganda, u Xiaomi, Meizu, Realme singari kompaniyalarning arzon smartfonlari bilan bozorda bemalol bellasha oladigan bo‘ladi.

Chegirmalar vasvasasi: «Bo‘ydoqlar kuni» AliExpress bir soatdayoq rekord qo‘ydi!

Mazkur internet-bozorga egalik qiluvchi Alibaba Group korporatsiyasi «Bo‘ydoqlar kuni»ning birinchi soatidayoq o‘tgan yildagiga nisbatan 32 foizga ko‘p savdoni amalga oshirgan.

To‘rtta narx toifasiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar reytinglari (AnTuTu, 2019 yil oktyabr)

AnTuTu endi masalaga o‘zgacha yondashib, o‘z narxi va kuchliligi o‘zaro eng mutanosib bo‘lgan smartfonlar reytinglarini to‘rtta narx toifasiga ko‘ra tuzib chiqardi.

2300 dollarlik smartfonni xitoyliklar 5 daqiqadayoq talashib tugatishdi!

Samsung kompaniyasining Galaxy Fold modeli, garchi bir qator mashmashalar bilan qayta ishlanib qayta sotuvga chiqarilgan bo‘lsa-da, o‘z xaridorlarini topmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш