Black Shark 2 taqdimot sanasini Xiaomi rasman tasdiqladi! (+«jonli» suratlar)

Xiaomi kompaniyasi bugun e’lon qilgan posterda Black Shark logotipi, unga tegishli xitoycha yozuvlar hamda inglizchada «5 kun qoldi» yozuvi tushirilgan.

Atigi 230 dollarlik Vivo Z3 – kompaniyaning ilk o‘yinbop smartfoni taqdim etildi

Vivo Z3 – bu kompaniyaning o‘yinlarda samaradorlikni oshiruvchi Dual-Turbo texnologiyali ilk modelidir. O‘yinga xalaqit bermasligi uchun kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va bildirishnomalarni cheklash funksiyasi mavjud.

Red Dead Redemption 2 o‘yinining taqdimotini kutmasdan, uni yuklab olish mumkin!

Red Dead Redemption 2 o‘yinini geymerlar taqdimotdan bir hafta avval, ya’ni 19 oktyabr – juma kuni, Toshkent vaqti bilan soat 09:00 dan boshlab yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Xiaomi Black Shark 2 taqdimot kuni ma’lum, ammo u allaqachon Geekbench’da muxlislarni xafa qildi

17 oktyabrda Black Shark 2 smartfoni Geekbench’da tekshirilgan. Benchmark ma’lumotlar bazasida qolgan axborotlar esa «xitoycha Apple» muxlislarining va o‘yin ishqibozlarining hafsalasini pir qilishi aniq.

EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone Xs Max’dan ham kuchli Xiaomi Black Shark 2 smartfonini «jonli» tomosha qiling!

Snapdragon 8150 chipi, 8/256 GB xotirasi, kuchli sovitish tizimi, Android Pie tizimi, simsiz quvvatlanishi va boshqa jihatlari bilan ushbu geymerofon hatto iPhone Xs Max’dan ham kuchli bo‘lishi kutilayotir.

Fortnite’ni endi istalgan Android-qurilmada o‘ynash mumkin, faqat...

10 oktyabrda Epic Games kompaniyasi Fortnite o‘yinining sinov bosqichi yakunlanganini e’lon qildi. Endi uni har qanday Android-qurilmada o‘ynash mumkin, faqat devays tegishli texnik talablarga mos kelsa bas.

Ilk o‘yinbop smartfonning ikkinchi avlodi – Razer Phone 2 taqdim etildi

Android 8.1 Oreo tizimli Razer Phone 2 geymerofoni Snapdragon 845 chipiga, 8/64 GB xotiraga, 12+12 MPlik bosh va 8 MPlik old kameralarga, bug‘lantiruvchi kamera yordamida sovitish tizimiga ega.

«Akulalar yaqinlashmoqda»: Xiaomi jahonning eng kuchli Android-smartfonini dunyo bozoriga chiqaryapti!

Yevropa bozoriga mo‘ljallangan Xiaomi Black Shark global MIUI 10 proshivkali, interfeysi to‘liq lokalizatsiya qilingan bo‘ladi. Bu proshivkaga Google servislari o‘rnatiladi va xitoycha ilovalar olib tashlanadi.

Razer har qanday Android-smartfonga tushadigan professional geympad taqdim etdi

Razer Raiju Mobile – istalgan zamonaviy Android-smartfonga ulab ishlatish mumkin bo‘lgan geympaddir. Telefonga uni Bluetooth kanali orqali ham, USB-C porti yordamida ham ulash mumkin.

Razer Phone 2 o‘yinbop smartfoni taqdimotidan avval savdoga qo‘yildi

Razer Phone 2 yakka kristalli Snapdragon 845 protsessori bazasida ishlaydi, tezkor xotirasi 8 GB. Amazon saytida uning 64 GB doimiy xotirali versiyasi 870 yevrodan sotuvga qo‘yilgan.

Afsonaviy konsol qaytmoqda

Bugun PlayStation kompaniyasi noyob PlayStation Classic konsoli uchun buyurtma qabul qilishni boshladi

Huawei’dan syurpriz: u ham o‘yinbop smartfon – Mate 20X flagmanini tayyorlabdi!

Huawei Mate 20X geymerofoni sig‘imdor akkumulyatorga va takomillashtirilgan sovitish tizimiga ega. Smartfon o‘rniga xuddi shu shakldagi muz parchasi namoyish etilgani ham shunga ishora qilayotir.

Samsung eng zo‘r Fortnite o‘yinchilariga Galaxy Note 9 hadya etyapti! (+video)

Geymerlarga sovg‘ani xuddi o‘sha o‘yin uslubidagi yashikda eltib berishmoqda. Uning ichida smartfondan tashqari, o‘yindagi o‘z avatari tasviri tushirilgan posterlar va o‘yinga mansub turli predmetlar ham bor.

O‘yinlarni endi kompyuterga ham o‘rnatmasdan, brauzerning o‘zidanoq o‘ynaysiz! (+video)

Google kompaniyasi o‘yinlar uchun o‘z striming servisini taqdim etyapti. Bu – yaqin orada eng kuchli o‘yinlarni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chrome brauzerining o‘zidanoq ishga tushirish mumkin bo‘ladi

AQSh Qurolli kuchlar safini geymerlar hisobiga to‘ldirmoqchi

Armiya saflariga yoshlarni aynan kibersport tadbirlari ishtirokchilari orasidan izlashmoqchi. Jumladan, shuterlar ishqibozlari Counter-Strike musobaqalaridayoq qurolli kuchlar saflariga yozilishlari mumkin bo‘ladi.

Xiaomi yashirgan «Qora Akula» – ikkinchi o‘yinbop smartfon TENAA’da fosh bo‘ldi!

Black Shark 2 qo‘shaloq kamerasi ob’yektivlari va fotochaqnog‘i tikka joylashgan (avvalgisida gorizontal edi). Shuningdek, barmoq izi skaneri ekranning ostidagi «Uyga» tugmachasidan orqa panelga ko‘chirilgan.

Nihoyat, o‘yinbop ASUS ROG Phone smartfoni sotuvga chiqyapti!

GearBest internet-do‘konida global versiyadagi Asus ROG Phone savdoga qo‘yildi, dastlabki xaridorlarga uni oktyabr oyining o‘rtalarida yetkazib berishadi. Narxi ham chakkimas – naq 1319 AQSh dollariga teng!

Ajrashishlarning asosiy sabablaridan biri – Fortnite va boshqa kompyuter o‘yinlari ekan!

Avvalroq Butunjahon sog‘likni saqlash tashkiloti o‘yinlarga berilishni ruhiy kasallikning ko‘rinishlaridan biri, deya e’tirof etgan edi.

Razer Phone 2: Ilk geymerofonning ikkinchi avlodi benchmarklarda fosh etildi

Snapdragon 845 chipli Razer Phone 2 xotirasi 8/512 GB, displeyi QHD formatida. Taxminlarga ko‘ra, uning ekranida yangilanish chastotasi 120 Gs.ga teng bo‘lgan sifatli IGZO panel qo‘llanadi.

Ilk o‘yinbop smartfon kutilmaganda naq 300 dollarga arzonlashdi!

Bu saxovatning sababi bor – ishlab chiqaruvchi allaqachon Razer Phone 2 modelini tayyorlagan va uni yaqin orada taqdim etmoqchi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш