iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 mustahkamligini tasodifan... kir yuvish mashinasida sinab ko‘rishdi!

Kir yuvish mashinasida «ishlov berilgani»da, birining ekranidagi himoya shishasi biroz darz ketibdi, ikkinchisiga esa umuman shikast yetmabdi! Lekin sizlarga bunaqa usulda sinab ko‘rishni tavsiya etmaymiz...

Eng kutilayotgan Samsung smartfonini ilk rasmiy suratda har tomonidan ko‘ramiz!

Uni taqdim etgan insayder Evan Bless (Evan Blass) ta’kidlashicha, bu – kompaniyaning o‘zi reklama maqsadlarida tayyorlagan rasmiy renderdir.

Xiaomi va Redmi smartfonlariga global MIUI 12.5 taqdimoti e’lon qilindi!

Taxminlarga ko‘ra, bu namoyish Xiaomi Mi 11 flagmanining global versiyasi taqdimotiga bag‘ishlangan marosimda bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Xiaomi Mi 11 Pro ham keng jamoatchilikka ilk bor ko‘rsatilsa ajabmas.

Nihoyat, jahon smartfon bozorida Samsung’ni quvib o‘tishdi!

Lekin bitta chorak emas, balki butun 2020 yilda sotilgan smartfonlar soniga qarasak, Samsung yetakchilikni qo‘ldan bermaganini ko‘ramiz. Realme esa eng tez o‘sib kelayotgan brend sifatida e’tirof etilmoqda.

«Kichkina demang bizni...» – DxOMark eng ixcham 5G-smartfon kamerasiga hukm o‘qidi

iPhone 12 mini kamerasining bahosi standart talqindagi iPhone 12 modeliniki bilan bir xil. iPhone 12 Pro va 12 Pro Max flagmanlari esa kamerofonlarning kuchli o‘ntaligiga kirgan.

Redmi Note 10’ning ilk tizeri: «yong‘oqchaqar»ning munosib izdoshi!

«Kichkina King-Kong»ning qaytishi haqidagi poster ushbu turkumdagi yangi smartfonning taqdimoti yaqin ekanligidan dalolat beradi. Demak – RedmI Note 10 modeli ham Redmi Note 7 kabi pishiq bo‘lishi kutilmoqda!

Mutaxassislar iPhone 12 turkumi smartfonlarining xavfini aniqlashdi!

E’tibor bering: bu yerda ushbu seriyadagi to‘rtta smartfon – standart iPhone 12, undan ilg‘orroq iPhone 12 Pro, eng katta iPhone 12 Pro Max hamda eng ixcham iPhone 12 mini modellari haqida gap ketyapti.

«Qurilmalarni qiynovchi» videobloger sinab ko‘rdi: Galaxy S21 Ultra qanchalik mustahkam?

Samsung’ning eng zo‘r flagmani, nihoyat, Zak Nelsonning qo‘liga tushdi. Texnobloger uning mustahkamligini o‘z usullari bilan sinab ko‘rib, videosini JerryRigEverything nomli YouTube-kanalida e’lon qildi.

Bu yil chiqadigan iPhone SE Plus: dizayni, xususiyatlari va narxi

iPhone SE 3 smartfonini eng ideal hamyonbop ayfon bo‘ladi, deyishmoqda. Shu bilan birga, 2021 yilda bulturgi iPhone SE 2020 modelining Plus-versiyasi ham chiqishini ko‘plab insayderlar aytishgan.

Huawei’ning yap-yangi operatsion tizimida ishlayotgan smartfon videosi chiqdi

HarmonyOS 2.0 tizimini tarqatishdan tashqari, Huawei uning boshlang‘ich kodini Gitee platformasiga joylab ham qo‘ygan. Shuningdek, dasturchilarga turli utilitalar taqdim etgan.

Eng tez va eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar: qaysilarining narxi ikki karra tez pasayadi?

BankMyCell resursi smartfonlarning xarid qilinganidan keyingi arzonlashuvi bo‘yicha an’anaviy yillik hisobotini e’lon qildi.

Siz Android 11’da kutgan zo‘r funksiya Android 12’ga joriy etilyapti (+video)

Dastlabki sozlamalarga ko‘ra, bu ishora orqali Google Assistant ovozli yordamchisi chaqiriladi. Lekin uni boshqa amallar uchun ham belgilab qo‘ysa bo‘ladi.

iOS 15 proshivkasidan quruq qoladigan iPhone va iPad’lar ro‘yxati

Ro‘yxatdagi gadjetlarning proshivkasi yangilanishdan to‘xtatilishi apparat ta’minotidagi cheklovlar bilan bog‘liq. Apple shundoq ham aksariyat qurilmalari uchun kamida besh yilgacha apdeytlarni uzatib turibdi.

Realme yangi «avtonomlik monstri»ni atigi 108 dollardan sotuvga chiqardi (+video)

MediaTek Helio G35 protsessorli Realme C20 tezkor/doimiy xotirasi 2/32 gigabaytlik hajmga ega, yana ikkita SIM-karta slotidan tashqari alohida microSD-karta uchun uyacha ham mavjud.

108 MPlik Galaxy S21 Ultra hamda 12 MPlik iPhone 12 Pro Max kamera jangi (video)

Video ancha uzun chiqqan va unda har ikkala telefonning kamera imkoniyatlari batafsil taqqoslangan.

Hali chiqmagan Redmi K40’ning ikkita rekordchi jihati

Rekordchi xususiyatlaridan tashqari, Redmi K40 flagmanlari eng zamonaviy – tegishlicha LPDDR5 hamda UFS 3.1 toifali tezkor va doimiy xotira chiplari bilan ta’minlanmoqda.

Samsung’ning navbatdagi bestselleri – Galaxy A52 5G birinchi «jonli» rasmlarda!

Samsung mazkur smartfonini Snapdragon 750G protsessori bazasida tayyorlamoqda. Lekin Galaxy A52 4G versiyasi ham chiqishi ma’lum bo‘lgan – uni allaqachon Geekbench servisida sinab ko‘rishgan.

Zeiss optikali va Snapdragon 888 chipli Vivo X60 Pro+ chiqdi: mobil fotografiya taxtiga yangi da’vogar!

Xitoyda bu fotoflagmanning 8/128 gigabaytligini 774 dollar, 12/256 gigabaytligini esa 928 dollarga baholashgan.

Eng tezkor Android-smartfonlar va eng silliq ishlovchi grafik qobiq (Master Lu reytinglari, 2020 yil)

Reyting adolatli bo‘lishi uchun Master Lu servisida o‘tgan yilning 1 yanvaridan to 31 dekabrigacha, kamida 100 marta tekshirilgan smartfonlarning natijalari olingan.

iPhone 12’lar haqida o‘nta qiziqarli fakt

Apple korporatsiyasining o‘n ikkinchi avlod smartfonlari juda yaxshi sotilmoqda va bunga bir necha sabablar bor...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш