Epic Games afsonaviy o‘yinlar turkumini App Store’dan butkul olib tashladi

App Store’da hozirda Infinity Blade o‘yinlarini izlasangiz, natija bermaydi. Ammo bu o‘yinni avval o‘rnatgan va o‘chirib tashlagan bo‘lsangiz, xaridlar tarixi orqali uni topib, qaytadan o‘rnatishingiz mumkin.

Xitoyda iPhone sotilmaydigan bo‘ldi – Qualcomm bunga erishdi!

Fuchjou shahridagi xalq sudi qaroriga ko‘ra, endi Xitoy hududiga kupertinolik gigantning ayrim rusumlardagi smartfonlarini olib kirish va sotish taqiqlandi.

iPhone’larning Terashop.uz’dagi chegirmali narxlari (2018 yil 8 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Buyurtma Toshkent shahrida 12 ish soati, viloyat markazlariga esa ikki ish kunida yetib boradi! Terashop.uz’da qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal, Payme tizimi orqali elektron to‘lovlar) joriy etilgan.

DxOMark yakka kamerali smartfonlarning yangi «qirol»ini aniqladi

Yakka kameralilar «qirol»i Google Pixel 2’ni «taxtdan ag‘dargan» bu smartfon bahosi 101 ballga teng bo‘lib, bu hatto «qo‘shko‘z» Samsung Galaxy S9+ Plus va Xiaomi Mi 8 ko‘rsatkichlaridan (99 ball) ham yuqori!

Xitoy va AQShning savdo jangi sababli iPhone’lar boshqa mamlakatda tayyorlanishi mumkin

Agarda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi sovuqchilik savdo masalalariga shunday soya solaversa, Apple mahsulotlari ham qimmatlashda davom etishi mumkin.

Navbatdagi iPhone va iPad’lar muhim texnologiyani Galaxy S10’dan o‘zlashtiradi

Kupertinolik korporatsiyaning keyingi avlod smartfonlari hali 2019 yilning kuzida taqdim etiladi. Ammo hozirdanoq ularning ayrim xususiyatlari haqida ma’lumotlar tarqala boshladi.

Bryus Li rasman xabar qildi: Huawei kompaniyasi Android o‘rniga Kirin OS’ni tayyorlayapti!

Huawei Kirin OS joriy yilning yozidayoq taqdim etilishi ham mumkin edi. Ammo to‘liq tayyorlashga ulgurishmagani bois anonsi keyinroqqa, noma’lum vaqtga qoldirilgan.

AQSh va Xitoy savdo jangi tufayli iPhone qanchaga qimmatlashiga Donald Tramp oydinlik kiritdi

Xitoy tovarlariga 10 foizdan 25 foizgacha hajmdagi bojlar 2019 yilning 1 yanvaridan amalga kiritilishi rejalashtirilgan. Tramp fikricha, buni amerikalik iste’molchilar «juda yengil» qabul qila olishadi.

Yangi iPhone’lar internet tezligida eski modellarga, hatto bulturgi Android-smartfonga ham yengildi! («jonli» rasmlar)

Ma’lumotlarni yuklash tezligi bo‘yicha ular nafaqat eski rusumlardagi iPhone’lardan, balki hatto Samsung’ning bulturgi flagmanidan ham ortda qolgan!

iPhone XR arzonlashadi, iPhone X yana ishlab chiqariladi!

iPhone XS modellari chiqqach, iPhone X superflagmani ishlab chiqarishdan olib tashlangan edi. Biroq bu yilgi ayfonlarning savdosi yaxshi ketmayotgani bois, Apple o‘z rejalarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Birovning iPhone X’idan hatto o‘chirib yuborilgan fotosuratlarni ham tiklab olsa bo‘lar ekan!

Gap shundaki, iOS tizimida o‘chirib tashlangan fayllar maxsus bo‘limga – Windows’dagi «Korzina» singari bir joyga tushib, u yerda 30 kungacha saqlanadi...

Kelajakda iPhone’lar ham teshikli ekranga ega bo‘ladi!

Bu texnologiya «aqlli» ko‘zoynaklar, telefonlar va hatto televizorlarda ham qo‘llanishi mumkin. Ammo ilk rasmlarda smartfon ko‘rsatilgan va tirqishli ekranga ayni shu gadjet ilk talabgorlardan bo‘lishi tabiiy.

VIDEO: 549 dollarlik OnePlus 6T tezkorroqmi yoki 749 dollarlik iPhone XR?

OnePlus flagmanlari eng tezkor, shu bilan birga narxi ham baland bo‘lmagan Android-smartfonlardan sanaladi. Xo‘sh, samaradorlik borasida u yaqinda taqdim qilingan iPhone XR bilan bellasha oladimi?

Apple «xuddi yangidek» iPhone 8 va 8 Plus’larni arzon sota boshladi

Qayta tiklangan iPhone 8 va 8 Plus modellari tillarang, kul rang va kumushrang tusli korpuslarda taqdim etiladi. Ularning barchasi faqat bir xildagi – doimiy xotirasi 64 gigabaytlik modifikatsiyadadir.

Ikkita SIM-kartali va oddiy iPhone’larni Terashop.uz’dan oling (2018 yil 5 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Buyurtma Toshkent shahrida 12 ish soati, viloyat markazlariga esa ikki ish kunida yetib boradi! Terashop.uz’da qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal, Payme tizimi orqali elektron to‘lovlar) joriy etilgan.

KUTILMAGAN VIDEO: 2018 yilgi eng arzon iPhone eng qimmat va qudratli Samsung flagmanini «yer tishlatdi»!

Tekshirilgan ayfon Apple A12 Bionic protsessori, 3 GB tezkor xotira va iOS 12.0.1 tizimiga ega. Raqibi esa Snapdragon 845 chipi va 8 GB tezkor xotirali bo‘lib, Android 8.1 Oreo boshqaruvi ostida ishlaydi.

Apple yana uchta modeldagi ayfonini ataylab sekinlashtira boshladi

Apple kuni kecha taqdim etilgan iOS 12.1 operatsion tizimi bilan bulturgi iPhone 8, iPhone 8 Plus hamda iPhone X smartfonlarning ham ishlashini sekinlashtira boshlagan.

Bolangiz uchun smartfon tanlay olasizmi?

Ertami, kechmi ota-onalar oldida bolasiga telefon olib berish masalasi ko‘ndalang turadi.

iPhone va Apple Watch’larni «o‘ldirgan» gaz Android-smartfonlarga ta’sir etmadi!

Mazkur gaz iPhone yoki Apple Watch qurilmalarini ishdan chiqarish uchun o‘n daqiqalik teginish yetarli bo‘ladi. Gadjetlarni keyin yana o‘z holiga qaytarish mumkin, ammo bunga bir haftadan ko‘proq vaqt ketadi.

EKSKLYuZIV VIDEO: mustahkamligini sinash uchun yap-yangi iPhone XR’ni tirnab, yondirib va bukib ko‘rishdi!

Ushbu ayfonning yagona zaif tomoni – asosiy kamerasining shishasi bo‘lib chiqdi. Unga Apple aytganidek sapfir emas, balki korpusning old va orqa panellaridagi singari oddiy himoya shishasi qoplangan ekan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш