Toshkentda ham yo‘lga radar o‘rnatiladigan joylar savdoga chiqarildi

Poytaxtda radar qo‘yib tirikchilik qilishni maqsad qilganlar uchun joylar boshlang‘ich 2,4 mln – 36,5 mln so‘mdan savdoga chiqarilgan. Hozircha uchta tumandagi 38 ta «tochka» savdoga qo‘yilgan.

Eng tez ishlovchi fleshka yaratildi – 600 Mb/soniya!

Interfeysining o‘tkazuvchanligi 10 Gbit/s.ga teng, ma’lumotlarni davomiy uzatishda 600 MB/s.gacha tezlikni ta’minlaydi. Bu xususiyati uni SATA SSD toifali saqlagichlar darajasiga ancha yaqinlashtiradi.

Nokia brendining Android’siz flagmanlari: 6000 mAs batareya va 200 MPlik kamera!

Nokia X60 hamda Nokia X60 Pro modellari beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Chetlari qayrilma displeylari esa ularga zamonaviy ko‘rkamlik baxsh etadi.

Boston Dynamics kompaniyasi Hyundai’ga o‘tishi sharafiga uning robotlari BTS xitiga raqsga tushdi (ikkta video)

Ularning harakati o‘zaro muvofiqlashtirilgani va musiqaga mosligini so‘z bilan ta’riflash qiyin, yaxshisi, o‘zingiz tomosha qiling!

Windows 11 olti yillik... smartfonda ham ishlayapti! («jonli» video)

Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuterga qo‘yiladigan talablar ro‘yxati chiqqan. Microsoft’ning bu injiqligiga qaramasdan, havaskorlar allaqachon mazkur operatsion tizimni hattoki smartfonga ham o‘rnata olishdi!

Redmi Note 11 rasman tasdiqlandi: fanatlar undan nima kutishyapti?

Global talqindagi Redmi Note 10 turkumi vakillarida AMOLED-ekranlar ishlatilgan. Ammo ularning Xitoy bozoriga mo‘ljallangan modellarida yangilanish chastotasi 120 gerslik IPS-matritsa o‘rnatilgan.

Faqat politsiya emas: Apple xodimlari nega bodi-kamera taqadi?

Apple xodimlarni «politsiya darajasidagi telekameralar» taqishga majburlamoqchi. Bu yerda gap AQSh politsiyachilari taqadigan Axon Body 2 rusumli professional kamera yoki shunga yaqin registrator haqida ketmoqda.

Galaxy Z Flip 3 rasmiy suratlari navbatdagi Galaxy Unpacked sanasini fosh etdi

Ushbu «raskladushka»dan tashqari, Samsung shu tadbirda yana Galaxy Z Fold 3 buklamafoni, Wear OS tizimli Galaxy Watch 4 smart-soati hamda Galaxy Buds 2 rusumliTWS-quloqchinini ham ko‘rsatishi kutilmoqda.

Elektron hukumat markazi bir yilda nimalar qildi? (+video)

Markazning bir yillik faoliyati munosabati bilan elektron hukumat doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi jamlandi. Quyida ular bilan qisqa fakt va aniq raqamlarda tanishishingiz mumkin.

1-sinfga elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tish: shoshiling, 7 kun qoldi!

Bugungi kunga qadar my.maktab.uz elektron platformasi orqali 40 mingga yaqin ota-onalardan farzandlarini 1-sinfga joylashtirish bo‘yicha arizalar kelib tushdi.

10 daqiqadayoq quvvatlanuvchi bu smartfon o‘z korpusi rangini ham o‘zgartira oladi!

Infinix naq 160 vattlik tezkor zaryadlanuvchi dunyodagi ilk smartfonni tayyorlayotgani haqida yozgan va uning «jonli» suratini chiqargan edik. MWC 2021 yillik anjumani doirasida ushbu qurilma namoyish etildi.

5 nanometrlik Snapdragon 888 Plus namoyish etildi – flagmanlar uchun eng zo‘r protsessor!

Qualcomm’ning yangi flagman platformasi 5 nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlangan. Uning bazasidagi flagmanlarni Asus, Honor, Motorola, Vivo hamda Xiaomi allaqachon tayyorlashmoqda.

Xitoy qurilmasi Marsdan video va suratlar jo‘natdi

«Tyanven-1» kosmik qurilmasi 2020 yilning 23 iyulida Venchan kosmodromidan uchirilgandi. U jo‘natgan videolavhada Mars ovozini ham tinglashingiz mumkin.

Realme atigi 95 dollarlik 5G-smartfonni rasman e’lon qildi

Bu kompaniya yaqinda Realme Q3i 5G rusumli – bor-yo‘g‘i 153 dollarlik mobil telefonini chiqargan. Ushbu model hozir beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi jahondagi eng arzon smartfon bo‘lib turibdi.

Tasodifiy milliarderlar: yetti olim qanday qilib eng qimmat startaplardan biriga asos solishdi?

Sakkiz yil avval ular universitetda ishlayotib, ma’lumotlar tahliliga asoslangan holda kelajakdagi voqealarni oldindan aytish instrumentini o‘ylab topishadi va xizmatni kompaniyalarga bepul taklif etishadi.

Ilon Maskning boyligi bir haftada 10 mlrd dollarga ko‘paydi

O‘tgan oyning oxirida Louis Vuitton va Sephora brendlari egasi Bernar Arno dunyodagi eng boy odamga aylangan edi. Lekin keyin yana «hammasi o‘z o‘rniga tushgan»...

Uyingizda hatto 5G baza stansiyasidan ham ko‘proq nurlanish taratuvchi jihozlar bor!

Xitoyda hozir faol 5G-smartfonlar soni 335 milliondan oshgan. Ularga xizmat ko‘rsatuvchi 5G baza stansiyalari soni 850 000 taga yetib qolgan, ya’ni, bu mamlakat hozir dunyodagi eng yirik 5G tarmog‘iga ega.

iPhone 13 chiqmay turib, iPhone 14 turkumiga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi: Max modeli 900 dollardan arzon!

2022 yilda iPhone lineykasi iPhone 14, iPhone 14 Max, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max nomli to‘rtta modeldan tarkib topadi. Oldingi lineykalardan o‘rin olgan mini-versiya boshqa ishlab chiqarilmaydi.

28 iyunda namoyish etiladigan Galaxy Watch 4 ilk rasmiy suratlarda

Galaxy Watch 4 xaridorlarga ikki xil – diametri 40 va 44 millimetrlik korpuslarda taklif etiladi. Mish-mishlarga ko‘ra, mazkur smart-soatda yangicha funksiya – tanadagi yog‘ foizini aniqlash imkoni ham bo‘ladi.

Lenovo noutbuklar uchun simsiz quvvatlagich taqdim etdi

Jamlanma 3,2 mm qalinlikdagi metalli quvvatlantirgich-gilamcha va uzun priyomnikdan iborat. Gilamcha rozetkaga ulanadi va qurilma ostida turadi, priyomnik noutbuk asosiga va USB-C portiga qotiriladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш