Redmi Note 10 Ultra ham tayyor: namoyish kuni, narx va xususiyatlari

Xiaomi uni MediaTek Dimensity 1100 platformasi bazasida tayyorlab, diagonaliga 6,53 dyuymlik AMOLED-ekran bilan ta’minlagan.

Quvvati ikki kunga yetuvchi POCO M3 Pro 5G chiqdi: brendning birorta Xiaomi yoki Redmi smartfoniga o‘xshamagan ilk modeli!

AnTuTu benchmarkida bu smartfon 329 072 ballik natija ko‘rsatgan. Ishlab chiqaruvchi uning muhim jihatlaridan biri sifatida 1 terabaytgacha hajmli microSD-karta qo‘yish imkonini aytib o‘tgan.

Yangicha Galaxy S21 5G chiqdi, lekin Samsung bu gal ancha ehtiyotkor!

Samsung bulturgi Galaxy S20+ 5G Olympic Edition talqinining orqa paneliga Tokyo 2020 logotipini tushirgan edi. Biroq pandemiya tufayli olimpiya o‘yinlari tadbiri o‘tkazilmay qoldi, shunga bu gal…

Namoyishidan avval POCO M3 Pro 5G videosi va global narxlari chiqdi

Sudhanshu Ambhore allaqachon Yevropa bozoriga mo‘ljallangan POCO M3 Pro 5G narxlarini ham e’lon qildi. Bu smartfon 20 maydan savdoga chiqadi va 26 maygacha maxsus – arzonlashtirilgan narxlarda sotiladi.

Galaxy F52 5G sotuvga chiqyapti: eng chaqqon xaridorlarga sovg‘a bor!

20 may sanasidan bu smartfon uchun oldindan buyurtma ochiladi. Keyingi oyning boshida – 1–3 iyun kunlari uning ochiq savdolari ham boshlanadi.

Xitoy zondi Marsga qo‘ngani sharafiga Oppo yangi smartfon chiqardi (+video)

Avvalroq Oppo kompaniyasi Marvel kino olami ishqibozlari uchun mo‘ljallangan smartfon — Reno 5 Marvel Edition’ni taqdim etgandi.

TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (2-qism)

Ushbu qismda Mi 11 Ultra'ning displeyi, akkumulyator avtonomligi va karnay sifati bilan tanishamiz.

Galaxy A22 5G hamda Galaxy A22 4G suratlari va xususiyatlari chiqdi

Galaxy A22 smartfonini Samsung ikki xil – 5G hamda 4G versiyalarda tayyorlamoqda. 91mobiles nashri ularning render suratlari hamda ayrim texnik xususiyatlarini e’lon qildi.

Android’ning keragi yo‘q: Xiaomi smartfoni HarmonyOS asosidagi MIUI bilan ishlayapti! («jonli» video)

Xiaomi uchinchi raqamli smartfonsoz bo‘lib, dunyo bo‘ylab yiliga ikki yuz milliondan oshiq telefon sotyapti. Agarda u Android’dan voz kechib, HarmonyOS’ga o‘tadigan bo‘lsa, Google katta bozorni qo‘ldan chiqaradi.

Kutilmagan Galaxy F52 5G: ilk «jonli» suratlari va texnik xususiyatlari

Yoqiq ekranida aks etgan texnik xususiyatlariga ko‘ra, ushbu qurilma SM-E5260 model raqamiga ega. Uning yassi displeyida old kamera uchun tirqish, plastik korpusida USB-C porti hamda quloqchin tirqishi mavjud.

Beshta narx toifasidagi eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu, 2021 yil aprel)

Smartfonlar Xitoy valyutasidagi narxi bo‘yicha beshta guruhga ajratilgan va har biridagi eng zo‘rlari alohida ro‘yxatlarda berilgan. Tushunish qulay bo‘lishi uchun biz narxlarni AQSh dollarida ham ko‘rsatmoqdamiz.

Eng zo‘r buklamafonda desktop rejimi paydo bo‘ldi: Windows’dan qolishmaydi! (+video)

Mi Mix Fold desktop rejimida xuddi Windows kabi interfeysga ega: unda tanlangan ilovalar va sozlamalarni tezkor ochish uchun «Pusk» menyusining analogi ham bor.

Samsung’ning eng oshkor siri: insayderlar allaqachon Galaxy A82 5G rasmiy videosini ham tarqatishdi!

Garchi Samsung kompaniyasining o‘zi uni rasman e’lon qilmagan ham bo‘lsa-da, biz allaqachon uning anboksing videosini ham namoyish etganmiz.

2018 yilgi bu ayfon tezkorlik testida iPhone 11 va hatto iPhone 12’ni ham yengdi! («jonli» video)

Ikki yarim yil avvalgi smartfon o‘zidan keyin chiqqan ayfonlardan ham kuchli bo‘lishiga ishonasizmi? Ishonmasangiz, mana – o‘zingiz ko‘raqoling...

Eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu V9 reytingi, 2021 yil aprel)

AnTuTu benchmarki bir oycha avval o‘zining test ilovasini yangilab, 9-versiyada chiqargan edi. Aprel reytingi aynan mana shu – AnTuTu V9 talqinida test qilingan smartfonlar natijalariga asoslangan.

Poco brendi ostidagi 185 dollarlik 5G-smartfon tayyor!

Dimensity 700 chipli Poco M3 Pro 5G akkumulyatori 5000 mA/soatlik bo‘lib, 18 vattlik tezkor quvvatlana oladi. 6,5 dyuymlik, 90 gerslik ekrani esa FHD+ formatida tasvir uzatishga qodir.

MIUI 13 proshivkasini oluvchi 80 xildagi Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlari ro‘yxati

Xiaomi Mi Community rasmiy forumining moderatori tasdiqlashicha, MIUI 13 grafik qobig‘i 2021 yilning ikkinchi choragida namoyish etiladi. Insayderlar mazkur anons 25 iyun kuni bo‘lib o‘tishini aytishgan.

Galaxy A82 5G rasman e’lon qilinmay turib Samsung saytiga chiqdi

O‘tgan oyda kvant himoyali Galaxy Quantum 2 smartfoni chiqqan edi. Galaxy A82 5G shu modelning tashqi bozorga mo‘ljallangan va kvant himoyasini ta’minlovchi QRNG chipidan mahrum etilgan versiyasi bo‘ladi.

5G-smartfonlar bozorida Samsung birdaniga 4-o‘ringa tushdi! (2021 yil 1-chorak)

5G-smartfonlar savdosida janubiy koreyalik texnogigantga allaqachon Xiaomi yetay deb qolgan. Xo‘sh, unda Samsung’ni ham dog‘da qoldirgan uchta smartfonsoz qaysilari?

Yozda chiqayotgan Galaxy Z Flip 3 birinchi «jonli» va sifatli suratlarda!

Samsung yaqinda Galaxy Z Flip buklamafonini atigi 200 dollardan sotayotgani haqida yozgan edik. Ushbu saxiylik sabablaridan biri shundaki, kompaniya tez orada ushbu turkumning yangi vakilini taqdim etadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш