Redmi K30 Ultra kushandasi – Realme X7 Pro ham tayyor: taqdimot kuni, «jonli» surat va xususiyatlari

Dimensity 1000+ chipsetli Realme X7 Pro flagmani 6 va 8 GBlik tezkor, 128 va 256 GBlik doimiy xotiraga ega variantlarda chiqadi. Chetlari qayrilgan AMOLED-displeyga daktiloskop ham integratsiya qilingan.

Rasmiy video: Xiaomi Mi 10 Ultra cuperflagmanini ichkaridan tomosha qilamiz!

Redmi K30 Ultra modelidan keyin, kompaniya endi o‘zining yubileyiga bag‘ishlab taqdim etilgan Xiaomi Mi 10 Ultra cuperflagmanining ham barcha qismlari olib ko‘rsatilgan rasmiy videoni chiqardi.

Xiaomi dunyodagi ilk shaffof televizorning asosiy sirini oshkor etdi

Xiaomi’ning ta’kidlashicha, suyuq kristalli displeylarni ham, OLED-ekranlarni ham shaffof qilsa bo‘ladi. Kompaniya aynan ikkinchi variantni tanlagan, chunki OLED-displeyda yoritish kerak bo‘lmaydi.

Android 11’dan mahrum etilgan Xiaomi va Redmi smartfonlari ro‘yxati chiqdi

Smartfoningiz ushbu 12 ta modeldan biriga mansub bo‘lsa, Android 11 talqinidagi operatsion tizimdan umidingizni uzavering!

Redmi K30 Ultra’ning «ichak-chovog‘ini ag‘darish» jarayonini Redmi K30 Ultra’da videoga olib ko‘rsatishdi

Mazkur videolavha biryo‘la Redmi K30 Ultra kamera imkoniyatlarini ham namoyon qilgan. Jumladan, ichi ochib ko‘rsatilayotgan smartfonning mayda detallari va ulardagi yozuvlarigacha tiniq aks etgan.

Redmi bu mahsuloti bilan bozorni «portlatdi»!

«Xitoycha Apple» kuni kecha o‘zining 10 yillik yubileyiga bag‘ishlab arzonlatib sotilgan mahsulotlar bo‘yicha hisobotini e’lon qildi.

Ikkinchi partiyasi ham sotuvga chiqiboq tugagan, 7200 dollarlik shaffof televizorni rasmiy videoda ko‘ramiz!

Xiaomi bu inqilobiy mahsulotining dizayni bilan faxrlanadi – Mi TV Lux Transparent Edition ekrani qanchalik shaffof ekanligi yaqqol aks etgan. Rolik so‘ngida televizorni o‘yin uchun ishlatib ko‘rsatishgan.

Yangi rekord o‘rnatgan Redmi K30 Ultra ichini ochib, Redmi K30 Pro bilan taqqoslab ko‘rishdi

Internetda Redmi K30 Ultra flagmanining ichki qismlari kompaniyaning Redmi K30 Pro modeli bilan solishtirilgan suratlar ham paydo bo‘ldi.

Xiaomi smartfonlariga Android 11 yangi muammolar olib keldi

Beta-testerlar sinab ko‘rayotgan Android 11 bazasidagi MIUI 12 apdeyti hali yakuniy versiyadagi proshivka emas. Uni o‘rnatishdan avval ma’lumotlarni zaxiralab qo‘yish tavsiya etilayotgani bejiz emas ekan...

Xiaomi’ning arzonchi brendi ilk o‘yinbop noutbukini taqdim etdi

Redmi G noutbukida Intel protsessorlari qo‘llangan va laptopning versiyasiga qarab chipseti ham, videokartasi ham farqlanadi. Lekin tezkor va doimiy xotira barchasida bir xil.

Uchinchi bosqichda MIUI 12’ga yangilanuvchi Xiaomi va Redmi smartfonlari

Yangilanishning uchinchi to‘lqinida MIUI 12 asosidagi barqaror proshivkalar 17 xil rusumdagi smartfonlarga yetib keladi.

Xiaomi dunyodagi ilk shaffof televizorni yaratdi va u bir soniyadayoq sotilib ketdi! («jonli» video)

Televizorning asosiy afzalligi – uning paneli mutlaqo shaffof. Taqdimot suratlarida ko‘rinishicha, hatto ekranida tasvir namoyon bo‘lganda ham, tomoshabin uning ortida nima borligini ko‘rib turishi mumkin.

«Davring o‘tdi – tur, begim!»: DxOMark taxtidan Huawei P40 Pro’ni ag‘dargan yangi flagmanni qarshi oling! (+video)

Huawei P40 Pro flagmani shu yil bahorda DxOMark laboratoriyasining biryo‘la ikkita reytingida taxtni zabt etgan va hozirgacha o‘rnini hech kimga bermay kelayotgan edi. Va nihoyat, zo‘rdan zo‘r chiqdi...

Arzon flagman – Redmi K30 Ultra ham namoyish etildi

Dimensity 1000+ chipli Redmi K30 Ultra akkumulyatori 4500 mA/soatlik bo‘lib, 33 vattlik tezkor quvvatlashda bir soatga yetmasdan to‘ladi. FHD+ formatli AMOLED-displeyi 120 gerslik chastotada yangilanadi.

Yubiley superflagmani – Xiaomi Mi 10 Ultra taqdim etildi!

Xiaomi o‘zining barcha so‘nggi texnologik yutuqlarini shu superflagmanga tatbiq etgan. Mi 10 Ultra allaqachon turli jihatlari bilan bir qator rekordlar o‘rnatishga ulgurdi!

Taqdimotdan avval Xiaomi Mi 10 Ultra anboksing videosi: uni chiqarganga million dollar jarima solishdi!

Kompaniya taqdimotdan avval ayrim OAV va blogerlarga Xiaomi Mi 10 Ultra smartfonidan taqdim etgan. Lekin kelishuvga ko‘ra, ular rasmiy namoyishgacha uning rasm va videolarini oshkor etmasliklari kerak edi.

Redmi Note 8 Pro SE chiqdi – bir yildan beri reytinglardan tushmay kelayotgan smartfon yangi talqinda!

Redmi brendining bulturgi – Note 8 Pro flagmani AnTuTu benchmarkining o‘tgan oydagi eng qudratli hamyonbop smartfonlar global ro‘yxatida ham uchinchi o‘rinni egallagan! Endi esa uning yangi versiyasi chiqdi...

Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)

XDA Developers bosh muharririning qo‘shimcha qilishicha, bu – datchikning xavfsizligi bilan bog‘liq muammo emas, balki gap smartfonning proshivkasida. Xiaomi esa hozircha bu borada biror rasmiy izoh bermayapti.

Beshta narx toifasidagi eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari, 2020 yil iyul)

Beshta reytingdan naq to‘rttasida bitta kompaniya smaartfonlari yetakchi, lekin hali bular holva! Chunki u AnTuTu reytingini «portlatgan» flagmanini endi namoyish qiladi.

AnTuTu iyul reytingida TOP-uchtalikka kirgan Redmi flagmani maxsus versiyada chiqyapti!

Rasmiy tizerdagi so‘zlarga qaraganda, kutilayotgan smartfon standart modeldan rangi (zarg‘aldoq yoki qizil) bilan farqlanadi. Kim biladi, yana tezkor va doimiy xotira hajmi ham kattaroq bo‘lar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш