Samsung bo‘lajak xit – Galaxy M40’ning taqdimot kuni va yana bir flagmancha xususiyatini rasman e’lon qildi!

Samsung kompaniyasining o‘zi Galaxy M40 namoyish sanasini e’lon qildi. Bugina emas – mazkur «nomigagina arzon» smartfonning flagmanlarga xos xususiyatini ham aytib maqtandi...

Nihoyat, Redmi K20 va K20 Pro taqdim etildi: narx va jihatlari

Shuningdek, yettinchi avlod Redmi smartfonlarining eng arzoni bo‘lgan Redmi 7A narxi ham ushbu marosimda ma’lum qilindi.

Huawei allaqachon o‘z operatsion tizimini ro‘yxatdan o‘tkazdi: u Hongmeng emas, Ark OS ekan!

Bu operatsion tizim smartfonlar, planshet va kompyuterlardan tashqari televizor va avtomobil kabi turli-tuman qurilmalarga mo‘ljallangan. Tag‘in u Android-ilovalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

100 dollarlik Galaxy A10s (yoki Galaxy A10e) hamda «nomigagina arzon» Galaxy M40 iyunning boshida chiqadi

Galaxy A10s hamda Galaxy M40 modellari birgalikda, kelasi oyning boshidayoq Hindistonda taqdim qilinadi.

Eng xaridorgir smartfonlardan bo‘lgan Galaxy A50 ham arzonlasha boshladi!

Terashop.uz’dagi eng xaridorgir 10 smartfon ro‘yxatiga kirgan Samsung Galaxy A50 smartfoni, butun dunyoda bo‘lgani kabi, ushbu internet-do‘konda ham arzonlashgan.

Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlari global bozorga boshqa nomlar bilan chiqadi (+suratlar)

Redmi’ning «Killer» smartfonlari global bozorga chiqish-chiqmasligiga ham ko‘pchilik qiziqish bildirmoqda...

Huawei smartfonlari xotiradan ayrilmoqda, lekin kompaniya buning ham chorasini ko‘rib qo‘ygan!

AQShning mazkur kompaniyaga qarshi taqiqi hali 2019 yilning 19 avgustidan kuchga kiradi. Kim biladi, shungacha xitoylik texnogigant eng muhim sohalarda muqobil hamkorlar va yechimlar topib ulgurar...

Xiaomi arzon Redmi 7A smartfonini rasman namoyish etdi

Brendning yettinchi avlod smartfonlari orasida eng arzoni – Redmi 7A qora va ko‘k ranglardagi plastik korpuslarda taklif etiladi. Uning 5.45 dyuymlik IPS-displeyi tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatida.

Galaxy Note 10 suratlarda: 6,66 dyuymlik ekran, to‘rttalik kamera va tugmachasiz korpus

Ushbu planshetofonda moddiy tugmachalar bo‘lmaydi, stilusning o‘ziga ham kamera o‘rnatiladi. Old kamerasi ekrandagi tirqishga joylanib, qo‘sh modulni o‘z ichiga oladi.

Redmi K20 va K20 Pro narxlari ma’lum, Xiaomi esa taklifnomaga boks qo‘lqopi qo‘shib tarqatyapti!

Qo‘lqopga «Redmi K20» yozuvi hamda «Whatever it takes» shiori, shuningdek, «katta iblis» tasviri tushirilgan.

Terashop.uz’dagi eng xaridorgir 10 smartfon

Bugun mazkur onlayn do‘konimizda eng ko‘p buyurtma qilinayotgan smartfonlar ro‘yxatini e’tiboringizga taqdim etmoqdamiz.

Galaxy A70S – kamerasi 64 megapiksellik birinchi smartfon!

Bosh kamerasi naq 64 megapiksellik modulga ega birinchi smartfonda joriy oyda taqdim etilgan Samsung ISOCELL Bright GW1 tasvir datchigi qo‘llanadi.

Kun taklifi: katta ekranli 4G-smartfon – MDC Nova Pro atigi 510 ming so‘mdan!

Android 8.1 Oreo tizimli bu smartfonda barmoq izi skaneridan tashqari, yuz bilan blokdan chiqarish funksiyasi – Face Lock texnologiyasi ham joriy etilgan. Tag‘in, har ikkala kamerasi ham LED-chaqnoqli!

Terashop.uz’da barcha Xiaomi smartfonlari arzonlashdi – narxlari bilan tanishing! (2019 yil 23 may)

Xiaomi’ning barcha smartfonlari Terashop.uz’da arzonlashdi, barchasiga tegishli muddatli rasmiy kafolat beriladi va O‘zbekiston bo‘ylab barcha viloyatlar markazlariga yetkazib berish bepul!

Redmi K20 ilk rasmiy suratda: «katta iblis» kutilganidan boshqacharoq ekan!

Xiaomi vitse-prezidenti Lu Veybing mazkur qurilmaning ushbu rangini qanday nomlash borasida foydalanuvchilar takliflarini ham so‘ragan.

Hamyonbop Galaxy A10e smartfoni ilk suratlarda

Ushbu devays tashqi ko‘rinishi jihatidan Samsung Galaxy A10 modelidan farq qilmaydi. Lekin Galaxy A10e smartfonida ikki diapazonli Wi-Fi moduli bo‘ladi, buning uchun esa yangi protsessor qo‘llanishi tabiiy.

Android’siz qolishi – hali holva: Huawei o‘zining Kirin protsessorlaridan ham mahrum bo‘lishi mumkin!

Huawei kompaniyasi o‘z operatsion tizimni yaratgani tufayli Android’siz qolishdan qo‘rqmasligi mumkin, lekin ARM bilan hamkorlik to‘xtasa – ahvoli chatoq.

Xiaomi yana bitta – Mi 9T flagmanini taqdim etyapti, xususiyatlari bilan tanishing!

Xiaomi Mi 9T modeli standart Mi 9 flagmanidan 40 vattlik tezkor quvvatlana olishi, 12 gigabaytlik tezkor xotirasi hamda bosh kameraning 48 megapiksellik asosiy moduli bilan ustun keladi.

Android 10 taqdim etilmasidan Android 11 e’lon qilindi: Google unga «imkonsiz» funksiyani qo‘shyapti!

Bultur Google’ga murojaat etib, shuni Android’ning o‘ziga joriy etishni so‘rashganida, kompaniya buning «imkonsiz» ekanini aytgan edi.

Haqiqatan «katta iblis»: Redmi K20’ning yana bir flagmancha xususiyati e’lon qilindi

Redmi K20 smartfonlarida AMOLED-ekran qo‘llanadi va unga yettinchi avlod barmoq izi skaneri integratsiya qilinadi. Uning avvalgilaridan farqlari oshkor etilmagan, ammo yanada tez va aniq ishlashi tayin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш