Smartfon bozoridagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalar reytingi chiqdi

Bozorning yarmidan ortig‘ini bitta mamlakat smartfonsozlari egallab bo‘libdi! Tizimlar bo‘yicha qaraganda, bozorning 74 foizini Android, 25 foizini esa iOS boshqaruvli smartfonlar tashkil etgan.

Xiaomi Mi 10 Ultra’ning taqdimotda aytilmagan yana bir siri ochildi!

Superflagmandagi ushbu imkoniyat boshqa rusumlardagi Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlariga ham taqdim etiladimi-yo‘qmi – bunisiga hozircha aniqlik kiritilmagan.

Yashirin selfi-kamerali uchinchi smartfonni yaponlar chiqarishdi: IP68 himoyali va NFC chipli!

Rakuten BIG apparat ta’minotining asosini Snapdragon 765G chipi tashkil etadi. Yaponlar uni 6 gigabaytlik tezkor va 128 gigabaytlik doimiy xotira bilan ta’minlashgan, yana microSD-karta uyachasi ham bor.

Xitoylik bu kamerofon DxOMark reytingida Galaxy S20 Ultra va Xiaomi Mi 10 Pro’ni ham «yer tishlatdi»!

AnTuTu eng kuchli flagmanlar reytingiga kirgan, o‘z egasini rozi qilgan TOP-10 smartfon ro‘yxatidan ham o‘rin olgan ushbu kamerofon navbatdagi muvaffaqiyatiga erishdi – DxOMark reytingida uchinchi o‘rin!

Bizni aldashibdi: MIUI 13’ga yangilanuvchi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining katta ro‘yxati

Avvalroq tarqalgan, MIUI 13 grafik qobig‘ining interfeysidan olingan skrinshotlar va video soxta bo‘lib chiqdi. Lekin unga yangilanuvchi modellar ro‘yxati o‘shandagidan ancha kengroq ekan – naq 46 xil smartfon!

Android 11 tizimli ilk smartfonlar – Pixel 5 hamda Pixel 4a 5G chiqdi! (+video)

Har ikkala model ham Snapdragon 765G protsessori bazasiga qurilgan. Mazkur chipset beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi Snapdragon X52 modemini hamda Titan M xavfsizlik modulini o‘zida jamlagan.

Xiaomi Mi 10T Lite ham chiqdi: 249 yevrodan boshlanuvchi 5G-smartfon!

Arzon flagman 64+8+2+2 MPlik bosh va 16 MPlik old kameraga, 33 vattlik quvvatlanuvchi 4820mAh batareyaga ega. Xiaomi unga ham infraqizil va NFC moduli, Hi-Res Audio sertifikatli stereodinamik o‘rnatgan.

Mi 10T hamda Mi 10T Pro flagmanlari taqdim etildi: narx va jihatlari, rasmiy anboksing videosi

Ikkala flagman ham Snapdragon 865 protsessori bazasida ishlaydi va Yevropa bozoridagi mazkur chipsetga tayanuvchi eng arzon smartfonlardan bo‘ldi.

Samsung atigi 85 dollarlik Galaxy A3 Core smartfonini taqdim etdi

Galaxy A3 Core tezkor/doimiy xotirasi tegishlicha 1/16 GBlik hajmga ega. Samsung uni 8 MPlik bosh va 5 MPlik old kamera, ikkita SIM-karta uyachasidan alohida microSD-karta sloti bilan ham ta’minlagan.

Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!

Eng zo‘r flagmanlar AnTuTu’ning avgustdagi xitoycha reytingida 595–646 ming, global reytingida esa 515 – 615 ming ballik natija ko‘rsatgandi. Realme Q2 hamyonbop model bo‘lsa-da, ular bilan bellasha oladi!

Smartfon bozorida lider o‘zgardi, Xiaomi esa Apple’ga deyarli yetib oldi!

Mi 10T turkumi smartfonlarini namoyish etgach, Xiaomi hatto kupertinoliklardan o‘zib ketishi ham mumkin. Lekin bu ko‘pga cho‘zilmaydi – iPhone 12 turkumi taqdimotidan so‘ng Apple savdolari ortishi aniq.

Nokia smartfonlarining Android 11’ga yangilanish yo‘l xaritasi chiqdi!

Nokia Mobile e’lon qilib, keyin negadir o‘chirib tashlagan tvitga ko‘ra, HMD Global kompaniyasi o‘zining 14 xil smartfoniga Android 11 proshivkasini keyingi yilning yarmigacha tarqatib tugatadi.

Galaxy M41 o‘rniga Samsung ikkita arzon smartfon chiqaradi

Samsung arzon smartfonlar turkumida Galaxy M41 modelini tayyorlab, negadir oxirida undan voz kechgan edi. Uning o‘rniga chiqqan Galaxy M51 esa kompaniyaning eng sig‘imdor akkumulyatorga ega telefoni bo‘ldi.

Redmi eng arzon smartfonini ham eng kuchli modifikatsiyada chiqardi

6/128 gigabaytligi 146 dollardan sotuvga chiqayotgan bu smartfonning 4/128 GBligi 117 dollardan, 4/64 GBligi esa 88 dollardan sotilmoqda. Eng kichik – 2/32 GBligi esa hozir 73 dollarga tushib qolgan.

Huawei birinchi bo‘lib HarmonyOS 2.0 proshivkasini oluvchi gadjetini e’lon qildi

HDC 2020 tadbirida namoyish qilingan HarmonyOS 2.0 operatsion tizim talqini yana planshet, smart-soat va boshqa qurilmalarda ham qo‘llanadi. Mazkur ro‘yxatga Huawei smartfonlari shu yilning so‘ngida qo‘shiladi.

Eng antiqa anboksing: Suv tubida Galaxy S20 FE qadog‘ini ochib, o‘zini ishlatib ko‘rsatishdi!

T-Mobile mijozlarni Galaxy S20 FE’ga yanada qiziqtirish uchun antiqa ishga qo‘l urdi: u chiqargan videoda Samsung arzon flagmanining qadog‘ini ochish, o‘zini sinab ko‘rish ishlarining bari suv ostida bajarilgan!

MIUI 13 interfeysining ilk videosi hamda unga yangilanuvchi Xiaomi, Redmi va POCO smartfonlari ro‘yxati chiqdi!

Qizig‘i – 30 ta smartfonni o‘z ichiga olgan ro‘yxatda Redmi 4 va Redmi Note 4 singari eski modellar ham bor, lekin negadir Redmi 9 turkumi vakillari yo‘q!

Taqdimotidan ikki hafta oldin Galaxy F41 kamerofonining anboksing videosini ko‘ramiz!

Hindistonlik bloger YouTube-kanalida Samsung Galaxy F41 smartfonining birinchi «jonli» videosini ulashdi. Lavhada u mazkur kamerofonning qadog‘ini ochib, qurilmaning o‘zini yoqib, ishlatib ko‘rsatgan.

Galaxy A72 – pentakamerali ilk Samsung smartfoni

Ikki yil avvalgi Galaxy A9 modeli dunyodagi birinchi kvadrokamerali telefon sifatida taqdim etilgan. Endi esa Samsung o‘zining pentakamerali ilk smartfoni – Galaxy A72 modelini tayyorlamoqda.

Realme smartfonlaridan qaysilari va qachon Android 11’gacha yangilanadi? (yo‘l xaritasi)

Yo‘l xaritasiga ko‘ra, birinchi to‘lqinda kompaniyaning 22 xil aqlli telefoni Android 11 bazasidagi Realme UI 2.0 apdeytini oladi. Ularning ro‘yxati va yangilanish muddatlari bilan tanishing.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш