Tez orada chiqadigan Galaxy M02 arzon smartfoni xususiyatlarini Geekbench fosh qildi

Galaxy M02 testda past natija qayd etgan; garchi barcha texnik xususiyatlari buniki bilan bir xil bo‘lsa-da, Galaxy A02 modeli ayni shu benchmarkda bundan 8 baravar yuqori ochko to‘plagan edi.

O‘ttiz to‘rt dollarlik 5G-smartfonga nima deysiz?

5G tarmog‘ida ishlovchi birinchi Jio Phone qurilmasi 2021 yilda namoyish etilishi kutilmoqda. Bu yilning oxiriga borib esa kompaniya 50 dollar atrofidagi narxda yangi 4G-smartfon chiqaradi.

Galaxy S21’ning ilk sifatli suratlari internetga chiqdi

Yangi qurilmaning asosiy o‘ziga xosligi — asosiy kamera modulining joylashuvi — ular yon va yuqori tomonga «suzib chiqqan».

Allaqachon yettita rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga Android 11 tarqatilmoqda!

Operatsion tizim egasi – Google kompaniyasini aytmasa, hozirda uni o‘z smartfonlariga taqdim etish bo‘yicha aynan «Xitoycha Apple» birinchi o‘rinda ketmoqda.

Shifokorlar koronavirusning smartfon va pulda necha kun saqlanib turishigacha aniq aytishdi

Mazkur muddat nisbiy bo‘lib, bir qator tashqi omillarga bog‘liq. Lekin asosiysi – 17 kunda o‘lib ketadigan oddiy grippga nisbatan koronavirusning ancha joni qattiq.

Xiaomi va Samsung’dan keyin OnePlus ham Apple’ni kalaka qilyapti

Apple qadoqdan quloqchin va zaryadchikni olib tashlaganiga sabab qilib, atrof-muhitni asrashga hissa qo‘shishini ko‘rsatgan. Biroq aksariyat xaridorlar bu aksessuarni baribir sotib oladilar – qo‘shimcha xarajat.

Rasmiy video: Huawei Mate 40 teginmasdan boshqariladi!

Masalan, selfi-kamera orqali ishoralar yordamida yangrayotgan qo‘shiq yoki roliklarni o‘tkazish, skrinshotlar olish mumkin bo‘ladi.

Xiaomi rasmiy videoda eng so‘nggi flagmanining «ichak-chovog‘ini ag‘darib» ko‘rsatdi

Xiaomi Mi 10T ham deyarli shunaqa qismlardan tuzilgan, faqat uning kamerasida asosiy modul Pro-versiyadagi kabi 108 emas, balki 64 megapiksellik aniqlikka ega.

Samsung shoshib qoldi: Galaxy S21 ham shu yildayoq taqdim etiladi!

Galaxy S21 flagmani allaqachon Xitoyning 3C regulyatorida sertifikatsiyadan o‘tgan. Uning ma’lumotlar bazasida mazkur smartfonning ayrim texnik jihatlari ham ko‘rsatilgan.

Dunyodagi eng yirik operator navbatdagi Redmi flagmanining nomi va ilk suratini ko‘rsatdi

Flagmanlar taqdimoti yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi va Redmi uni o‘z yurtida har yili 11 noyabr (11.11) sanasida o‘tkaziladigan «Bo‘ydoqlar kuni» – chegirmalar pallasigacha bozorga chiqarishi kutilmoqda.

AnTuTu’da tekshirib ko‘rilgan iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro hafsalani pir qildi

Standart model 564 899 ball, Pro-versiyasi esa 572 133 ballik natija ko‘rsatgan. Holbuki, AnTuTu’ning sentyabr reytingida ENG OXIRGI O‘RINDAGI smartfon ham bulardan ancha yuqori – 602 584 ball olgan!

iPhone 12 tufayli Xiaomi va Samsung kompaniyalari Apple’ni masxara qildi (+video)

Bu ikki kompaniya iPhone 12’lardagi turli yangi jihatlar ustidan kulib postlar chiqarishgan.

OnePlus 8T namoyish etildi: rasmiy videosi, narx va xususiyatlari

Jamlanmasiga Warp Charge 65 texnologiyali zaryadlagich kiritilgan flagmanning akkumulyatori 4500 mA/soatlik bo‘lib, ekranda kadr yangilanish chastotasi 120 gerslik bo‘lsa ham uning quvvati bir kunga yetadi.

Redmi K30S – ushbu turkumdagi so‘nggi flagman!

Xitoy bozoriga mo‘ljallangan Redmi K30S shu oy oxirida yoki keyingi oy boshida taqdim etiladi. Zero, mamlakatdagi «Bo‘ydoqlar kuni» – 11 noyabr sanasigacha kompaniya uni bozorga chiqarib ulgurishi kerak.

Global bozordagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga jami 76 ta barqaror MIUI 12 proshivkalari chiqdi (to‘liq ro‘yxat)

Xiaomi kompaniyasi xalqaro bozordagi MIUI 12 global proshivkasi tarqatilgan modellarning 14 oktyabr holatiga ko‘ra yangilangan ro‘yxatini taqdim etdi.

Atigi 148 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Realme Q2, Q2 Pro hamda Q2i chiqdi!

Yangi turkumdagi har uchala smartfon ham Android 10 operatsion tizim talqini ustiga qurilgan Realme UI grafik qobig‘i bilan taqdim etilgan va korpuslarida USB Type-C porti mavjud.

O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu, 2020 yil sentyabr)

Naq oltita o‘rinni bitta nomdor kompaniya vakillari band etgan, lekin reyting g‘olibi boshqa. Eng kuchli chipsoz – Qualcomm protsessorlariga tayangan smartfonlar oxirgi ikkita pog‘onadan joy olgan, xolos.

AnTuTu’da mutlaq rekord: Exynos 1080 protsessorli sirli Orion smartfoni!

Android 11 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlovchi Orion smartfoni 8 gigabaytlik LPDDR5 toifali tezkor xotiraga va 512 gigabaytlik UFS 3.1 standartidagi doimiy xotiraga ega.

Narxi 130 dollarga ham bormaydigan Samsung Galaxy A02 hamda Galaxy M02 tayyor!

Samsung Galaxy A02 smartfoni ommabop GeekBench benchmarkida tekshirib ko‘rilgan. Uning ma’lumotlar bazasida aks etishicha, bu model 2/32 gigabaytlik xotiraga va noma’lum Qualcomm protsessoriga ega.

Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlariga 18 oktyabrgacha chegirma va sovg‘alar bor!

Aksiya 18 oktyabr kuni, tungi soat 23:59 gacha dvom etadi. Kompaniyaning o‘zi unda va’da qilganidan ham ortiq chegirmalar bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш