Xiaomi Mi 9S – dunyodagi eng arzon 5G-smartfon ham taqdimotga tayyor!

Ushbu flagman Snapdragon 855 Plus protsessoriga, 45 vattlik usulda quvvatlanuvchi 4000 mA/soatlik akkumulyatorga, 2K formatli ekranga hamda kamerasida optik barqarorlashtirish tizimiga ega bo‘ladi.

Tadqiqot: Qaysi smartfonlar eng uzoq vaqtgacha yangilanib turadi?

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, faqat ikkita kompaniya o‘zlarining deyarli barcha smartfonlarini eng so‘nggi tizimdagi operatsion tizimlar bilan ta’minlab kelishadi.

Samsung eng «beli baquvvat» hamyonbop – Galaxy M30s smartfonini rasmiy suratlarda ko‘rsatdi!

4/6 GB tezkor, 64/128 GB doimiy xotiraga ega Galaxy M30s smartfoni One UI grafik qobig‘i ostidagi Android 9 Pie operatsion tizimi bilan ishlaydi. Asosiy kamerasi 48 + 5 + 8 megapiksellik, narxi esa...

Galaxy A71 smartfoni ham Geekbench’da kuchini ko‘rsatdi: Android 10 va 8 GB «operativka»!

Samsung kompaniyasining Galaxy A71 hamda Galaxy A91 modellari ushbu turkumning qadoqdanoq Android 10 operatsion tizimiga ega ilk vakillari bo‘ladi.

Flyme 8 taqdim etildi, uning Meizu smartfonlariga tarqatilish jadvali bilan tanishing

Ushbu grafik qobiqda bir qator yangi imkoniyatlar taqdim etilgan. Meizu o‘z smartfonlarining ungachaa yangilanish jadvalini ham e’lon qildi.

Redmi Note 8 hamda Note 8 Pro taqdim etildi – kulgili narxlardagi yangi xitlar! (+video)

Eng qizig‘i, Redmi Note 8 smartfonini Xiaomi oldingi – Redmi Note 7 modelidan ham arzon baholagan! Redmi Note 8 Pro esa haqiqiy o‘yinbop smartfondir.

O‘zbekistonda global tashabbus: Huawei smartfonlarni bepul ta’mirlab beryapti!

Bu davrda servis markazlariga murojaatlar miqdori 30 foizga o‘sishi mumkin. Eng ko‘p uchraydigan so‘rovlar (murojaatlarning 90 foizdan oshig‘i) esa displeyni va ona palatani almashtirish bo‘ladi.

Shu kunlarda chiqadigan Huawei Mate 30 flagmanlari Google servislaridan va Android litsenziyasidan mahrum etildi!

Reuters xabariga ko‘ra, Huawei Mate 30 flagmanlari litsenziyalangan Android versiyasida ishlay olmaydi. Shuningdek, ularga Google servislari ham o‘rnatilmasdan taqdim etiladi.

64 MPlik kameraga ega ilk smartfon – Realme XT namoyish etildi! (+«jonli» video)

Xiaomi hamda Samsung’ni dog‘da qoldirgan bu smartfoni katta AMOLED-displey, to‘rt modulli kamera hamda Snapdragon 712 protsessori bilan jihozlagan.

Samsung’ning ikkita – «lochinko‘z salkam flagman» va ulkan batareyali hamyonbop smartfoni tayyor!

Galaxy A70s narxi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q, Galaxy M30s esa taxminan 200 AQSh dollari atrofida baholanishini aytishmoqda.

Redmi Note 8 Pro qanchalik mustahkamligini uchta videoda ko‘rsatib berishdi!

Xiaomi allaqachon Redmi Note 8 vaa Note 8 Pro reklama kampaniyasini boshlab yuborgan. Jumladan, internetda bulardan ikkinchisining korpusi mustahkamligini aks ettiruvchi videolar tarqatilyapti.

Drop-test videosi: Samsung Galaxy Note 10+ hamda iPhone XS Max’ni yerga tashlab ko‘ramiz!

Samsung Galaxy Note 10+ fableti to‘laligicha Gorilla Glass 6 himoya shishasi bilan qoplangan. Nazariy jihatdan qaraganda, bir metrlik balandlikdan qattiq yuzaga tushganida ham unga hech nima bo‘lmasligi kerak.

Google: smartfonlarga yakuniy talqindagi Android 10 keyingi haftadayoq yetib keladi!

Phone Arena nashriga bu haqda Google texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatidagi ikki nafar xodim ma’lum qilgan.

Kutilmagan xushxabar: Redmi Note 8 hatto Redmi Note 7’dan ham arzon sotiladi!

Redmi Note 8 Pro o‘zining «ajdod»idan narxda uncha farq qilmaydi (225 va 252 dollar), ammo xususiyatlari ancha yuqori. Redmi Note 8 esa hatto Redmi Note 7 modelidan ham arzon!

Samsung yana Galaxy Fold uchun buyurtma ola boshladi!

The Investor nashriga ko‘ra, namoyish 18, 19 yoki 20 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Ya’ni – «ashaddiy raqib»ning yangi avlod iPhone’lari sotila boshlashidan avval.

LineageOS yordamida eski rusumlardagi smartfonlarga ham Android 9 Pie o‘rnatamiz! (+yuklab olish uchun havolalar)

Android 9.0 Pie talqiniga asoslangan LineageOS 16 grafik qobig‘ini bir qator eski va yangi rusumlardagi smartfonlarga moslab chiqarishdi. Ayni damda ularni sakkizta rusumdagi telefonga yuklab olish mumkin.

Redmi Note 8'ga qaysi protsessor o‘rnatilishi aytildi

Avvalroq, kompaniya 64 megapiksellik Redmi Note 8 Pro modeliga MediaTek protsessori o‘rnatilishi haqida xabar bergandi

Qulay va ixcham – Honor 20S taqdimoti yaqin!

Tarmoqda Honor 20 lineykasining to‘rtinchi modeli haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Aytilishicha, qurilma tomchisimon kemtikli 5,5 dyumli ekranga ega bo‘lib, romsiz dizayn evaziga eng qulay va ixcham model bo‘ladi.

Eng arzon 5G smartfonning ilk partiyasi 1 soniyada sotilib ketdi!

Bu ko‘proq marketing yurishi bo‘lib, boshlang‘ich partiya bir necha ming yoki o‘n mingta smartfondan iborat bo‘lishi mumkin.

Birinchi bo‘lib EMUI 10'gacha yangilanuvchi smartfonlar bilan tanishing!

Huawei kompaniyasi Huawei Developers Conference tadbirida EMUI 10 grafik qobig‘ini taqdim qilinishidan avval ham qaysi smartfonlar eng birinchi bo‘lib ushbu proshivkaga ega bo‘lishini aytgandi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш