Dunyodagi eng qudratli o‘nta smartfon (AnTuTu global reytingi, 2020 yil iyun)

Iyun oyining global reytingi oxiridagi ikkita flagman Exynos 990 protsessoriga tayangan. Kuchli o‘ntalikdagi qolgan barcha smartfonlar esa Qualcomm Snapdragon 865 platformasi bazasida ishlaydi.

Eng kuchli hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyun)

Kuchli o‘nlikda Huawei kompaniyasining Kirin chipsetlari hamda MediaTek kompaniyalarining protsessorlari asosidagi modellar ko‘proq, Qualcomm platformasidagi bittagina smartfon mavjud.

TOP-10: AnTuTu nazdida iyun oyidagi eng zo‘r flagmanlar

Bu oydagi reytingda ham Huawei kompaniyasining yoki unga qarashli Honor brendining birorta ham modeli yo‘q. Shuningdek, ro‘yxatda Samsung kompaniyasining Galaxy S20 turkumi flagmanlarini ham uchratmaymiz.

Yer yuzidagi eng tezkor smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil may)

TOP-o‘ntalikda Samsung’ning 4, Xiaomi’ning 3 flagmani bo‘lsa, Realme, OnePlus hamda ASUS’larning bittadan smartfonlari bor. Huawei’ning esa birorta ham modeli bu gal kuchlilar safiga kirmagan!

Dunyodagi eng kuchli o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

Reytingning naq yarmini va birinchi o‘rinni bitta kompaniya modellari zabt etgan. Yetakchi smartfonsozlar sanalmish Samsung hamda Huawei’ning esa atigi bittadan qurilmalari bu ro‘yxatga kirgan.

To‘rt yil avvalgi smartfon barcha iPhone va iPad’lardan ustun keldi! (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

AnTuTu benchmarki turli qurilmalardan egalarining rozilik, qoniqqanlik darajasi bo‘yicha ham reytinglar e’lon qilib keladi. Ularning navbatdagisi Apple smartfonlari va planshetlariga bag‘ishlangan.

O‘rta narxli smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

Flagmanlar TOP-o‘ntaligida faqat Snapdragon 865 protsessorli modellar bo‘lsa, hamyonbop smartfonlarning eng kuchlilari Qualcomm, Samsung, Huawei hamda MediaTek kompaniyalarining chipsetlariga tayangan.

AnTuTu’ga ko‘ra eng kuchli Android-flagmanlar (2020 yil may)

Reytingda Huawei kompaniyasining yoki unga qarashli Honor brendining birorta ham modeli yo‘q. Shuningdek, ro‘yxatda Samsung kompaniyasining Galaxy S20 turkumi flagmanlarini ham uchratmaymiz.

Real testda eng tezkor TOP-10 smartfonni aniqlashdi!

Eng so‘nggi va kuchli flagman smartfonlarni real hayotda, jonli tarzda tekshirib ko‘rishdi. Ularning barchasi Snapdragon 865 chipseti bazasiga qurilgan, lekin yakuniy natijalar kutilganidan boshqacharoq!

AnTuTu yangi reytingda har kimning joyini ko‘rsatib berdi (2020 yil may)

Ushbu reytingda Qualcomm, Samsung, Huawei HiSilicon hamda MediaTek kabi chipsozlarning ayni paytdagi smartfonlarda qo‘llanayotgan protsessorlari qatnashgan.

Ikkita benchmark kelisha olmayapti: qaysi protsessor «eng sun’iy ongli»?

Samaradorlik bo‘yicha yetakchi Android-protsessor – Qualcomm Snapdragon 865 sun’iy ong imkoniyatlari bo‘yicha bitta reytingda atigi yettinchi o‘rindan joy olgan!

TOP-10: Xitoy flagmanlari barcha Galaxy S20’larni surib chiqardi! (AnTuTu global reytingi, 2020 yil aprel)

O‘tgan oy global reytingida dastlabki to‘rtta, jami oltita o‘rinni zabt etgan yangi Samsung flagmanlari bu gal zo‘rg‘a to‘rtinchi va beshinchi, yettinchi va sakkizinchi o‘rinlarnigina egallashgan.

Eng zo‘r o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu global reytingi, 2020 yil aprel)

Nufuzli chipsoz – Qualcomm protsessorlariga asoslangan smartfonlar bu ro‘yxatda ham kuchli uchlikka kira olmagan, ammo qolgan barcha o‘rinlar aynan uning chipsetlari bazasidagi qurilmalarga tegishli.

AnTuTu eng qudratli flagmanlar TOP-o‘ntaligini e’lon qildi (2020 yil aprel)

Ularning barchasi Snapdragon 865 platformasi bazasida ishlaydi. Jahondagi yetakchilardan biri bo‘lmish mahalliy smartfonsoz – Huawei’ning birorta ham modeli bu ro‘yxatga kirmagani g‘alati.

TOP-10: Eng kuchli hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil aprel)

AnTuTu reytingini asta-sekin 5G-smartfonlar zabt etib boryapti: faqatgina so‘nggi uchta o‘rinda 4G-smartfon turibdi. Qualcomm protsessorlariga asoslangan smartfonlar bu gal kuchli uchlikka kira olmagan.

O‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil mart)

Reying yetakchisi MediaTek kompaniyasining o‘yinbop smartfonlarga moslangan Helio G90T protsessori, qolgan to‘qqizta kuchli smartfon esa turli rusumlardagi Qualcomm chipsetlari bazasida ishlaydi.

TOP-10: Dunyo bozoridagi eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil mart)

Kuchli o‘ntalikdagi dastlabki to‘rtta, jami naq oltita o‘rinni bittagina smartfonsoz flagmanlari egallagan, tag‘in ularning aksariyati shu kompaniyaning o‘z protsessoriga asoslangan!

O‘rta narxli eng zo‘r o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil mart)

Kechagina AnTuTu bo‘yicha eng kuchli smartfonlarning navbatdagi reytingini e’lon qilgan edik. Mazkur benchmark jamoasi yana o‘rta narx toifasiga mansub smartfonlarning ham TOP-o‘ntaligini taqdim etgan.

Eng kuchli flagmanlar va o‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil fevral)

AnTuTu dasturchilari endi premial segmentdagi hamda o‘rta narx toifasidagi eng kuchli smartyonlarning global reytingini e’lon qilishdi.

O‘z egalarini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

Qizig‘i shundaki, foydalanuvchilarga ko‘ra eng yaxshi smartfonlar ro‘yxatida eng ko‘p o‘rinni olgan kompaniya yetakchi yoki o‘ta mashhur smartfonsozlar qatoriga kirmaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш