Huawei flagmanidan olganlarga iPhone 12 sovg‘a qilishyapti!

Aksiya doirasida 26 noyabr kuni tezkor/ichki xotirasi 8/128 GBlik Huawei Mate 40 Pro sotib olganlarga tasodifiy rangdagi, 64 GBlik doimiy xotiraga ega bo‘lgan iPhone 12 sovg‘a tarzida beriladi.

Yangi ayfonlarga talab katta – qo‘shimcha kuch kerak bo‘lyapti

Ayrim mintaqalarga oldindan buyurtma qilingan smartfonlar 2-3, ba’zida 3-4 hafta kech yetib boryapti. Buning sababi – mahalliy operatorlar tomonidan buyurtmalarning kattaligi.

iPhone 12 Pro bu testda Xiaomi va Huawei flagmanlariga yengildi!

Bu reyting yetakchisi Huawei Mate 40 Pro bo‘lsa, kompaniyaning yana bir vakili – Huawei P40 Pro kuchli uchlikni yakunlagan. Bu ikkalasining orasidan Xiaomi yubiley superflagmani – Mi 10 Ultra modeli joy olgan.

iPhone 12 mini rekordini faqat hali chiqmagan Galaxy S21 sindirishi mumkin!

Ice Universe niki bilan mashhur bo‘lgan insayder tarixdagi eng yirik ayfon hamda dunyodagi eng ixcham 5G-smartfonning muhandislik chizmalarini ulashdi.

iPhone 12 mini hamda iPhone 12 Pro Max modellarini ilk «jonli» videoda boshqa ayfonlar bilan taqqoslab ko‘ramiz!

Ushbu videoda Apple tarixidagi eng yirik ayfon hamda dunyodagi eng ixcham 5G-smartfonni boshqa iPhone’lar bilan batafsil solishtirib ko‘rsatishgan!

iPhone 12’ning «nozik joyi»ga Samsung zarba berishi mumkin

Galaxy S20 turkumining muvaffaqiyatsizligini yangi modelning savdolari bilan qoplash kerak bo‘lyapti, shuning uchun...

Antutu: eng zo‘r iPhone va iPad’lar reytingida iPhone 12’lar umidni chippakka chiqardi!

Apple yangi ayfonlarda chipsetni ataylab sekinlashtirgani pand berd: hattoki ayni o‘sha A14 Bionic bazasidagi yangi iPad Air 4 samaradorligi yuqoriroq! Reytingdagi ilk to‘rtta pog‘onada esa eski modellar...

iPhone 12’lar geymerlarga yoqmaydi: o‘yin, internet va video uchun eng zo‘r smartfonlar (uchta reyting)

O‘yin uchun iPhone 12 olmoqchi bo‘lgan do‘stlaringizga ham buni yetkazib qo‘yganingiz ma’qul. Lekin har uchala testda ham reyting yetakchisi aynan bitta, tag‘in arzon flagman bo‘lib chiqqaniga nima deysiz?

iPhone 12 kechikkani tufayli Apple naq 100 milliard dollar yo‘qotdi!

Bu yil yangi iPhone’larning taqdimoti ham, sotuvga chiqishi ham bir oyga surildi. Buning oqibatida hatto Xiaomi tarixda ilk bor Apple’ni quvib o‘tib, 3-raqamli smartfonsozga aylandi!

iPhone 12’larning nurlanish darajasi e’lon qilindi – kutilmagan bittasi eng xavflisi ekan!

Buni qarangki, o‘n ikkinchi avlod ayfonlardan biri bulturgi eng yirik flagman – iPhone 11 Pro Max modelidan naq uch yarim baravarga ko‘p radiatsiya taratar ekan!

Apple’ni masxara qilgach, Samsung o‘zi ham smartfonlar qadog‘idan muhim aksessuarlarni olib qolyapti!

Apple ustidan kulib, Samsung o‘z smartfonlari oldingidek quvvatlagich bilan birga yetkazib berilayotganiga ishora qilgan edi. Lekin endi uning o‘zi ham qadoqdan zaryadchik va quloqchinni olib tashlamoqchi.

Jonli test videosi: iPhone 12 va iPhone 11 suv ostida sinab ko‘rildi!

Har ikkala ayfon ham IP68 reytingiga ega bo‘lsa-da, Apple ularga turlicha ta’rif beradi. Smartfonlarning bu kabi sinovlarga dosh berishi ularni har kuni bunday sharoitlarda sinash lozimligini bildirmaydi.

Jonli test videosi: iPhone’lardan qay birining quvvati uzoq vaqtga yetadi?

Mrwhosetheboss kanali iPhone 12 hamda uning Pro-versiyasi avtonomligini Apple’ning bundan oldingi beshta smartfoni bilan taqqoslab ko‘rsatdi – kutilmagan natija!

iPhone 12 hamda 12 Pro ichini ochib ko‘rishdi – deyarli farqi yo‘q ekan! (video)

Standart smartfonda va uning Pro-versiyasida bir xil butlovchi qismlarning qo‘llanishida bir yoqimli holat bor: ulardan birining ehtiyot qismlarini ikkinchisi uchun ham qo‘llash mumkin.

iPhone 12’lar tezkorlik testida Galaxy Note 20 Ultra, OnePlus 8T, Google Pixel 5 va ROG Phone 3’ni yer tishlatdi!

Avtonomlik testida iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi iPhone 11 va iPhone 11 Pro’larga ham mag‘lub bo‘lgan edi. Lekin samaradorlik bobida ular zo‘r ekan!

iPhone 12 hamda 12 Pro testda nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi ayfonlarga ham mag‘lub bo‘ldi!

Test g‘olibi esa Samsung yoki Google flagmani emas, balki xitoylik smartfonsozning yangi modeli bo‘lib chiqdi!

Apple’ni kalaka qilgan Xiaomi’ning o‘zi endi smartfon qadog‘ini ixchamlashtiryapti!

Buni qarangki, kupertinoliklarning ustidan birinchi bo‘lib kulgan Xiaomi endi o‘zi ham smartfonlarining qutisida ayrim qisqartirishlarni amalga oshirmoqchi!

Turli davlatlarda iPhone 12 Pro sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerak?

Ishonasizmi, aholisi atigi 4,4 kunlik ish haqiga iPhone 12 Pro xarid qila oladigan mamlakat ham bor!

iPhone 12 mini’ga munosib raqibni... Redmi chiqarmoqchi!

Hozirda ekranining o‘lchami diagonaliga 6 dyuymdan kam bo‘lgan smartfonni topish qiyin. iPhone 12 mini modeli esa shulardan biridir – uning displeyi 5,4 dyuymlik o‘lchamda, korpusi ham ixcham.

iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro’ni ilk bor qadog‘idan olib ko‘ramiz! (Ikkita «jonli» video)

Ikkinchi rolikda quloqchin va quvvatlagich olib tashlangan iPhone 12 qutisining qanchalik ixchamlashganiga ham guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш