iPhone SE 2’dan qo‘rqqan Samsung eng yangi flagmanlarini 50% chegirma bilan sotyapti!

To‘g‘ri, iPhone SE 2 narxiga va xususiyatlariga ko‘ra Galaxy S20’larga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib emas. Lekin Samsung aynan u sotila boshlashi bilan bu flagmanlarini bozorda ilgari surishga zo‘r bermoqda.

iPhone SE 2020 kuchliroqmi yoki 2018 yilgi iPhone XS? «Jonli» testda taqqoslaymiz!

Tim Kuk da’vosicha, iPhone SE 2 modeliga birorta ham Android-smartfon bas kela olmaydi. Xo‘sh, boshqa ayfonlarga solishtirganda, ikkinchi avlod iPhone SE qanaqa ko‘rsatkichlar namoyon etadi?

Yetti oydan buyon yetakchilikni qo‘ldan bermayotgan smartfon!

Kuni kecha kupertinoliklar rahbari iPhone SE 2020 modelining istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini aytib maqtangan. Ammo uning bozordagi real muvaffaqiyatlarini hali keyingi oylarda ko‘ramiz.

Apple rahbari iPhone SE 2020’ning istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini ma’lum qildi

Korporatsiya rahbariga ko‘ra, iPhone SE 2020 aholining o‘rtacha daromadi pastroq bo‘lgan mamlakatlarda yaxshi sotilishi kerak. Bu model ko‘plab Android-smartfonlar egalarining ayfonga o‘tishlarini ta’minlaydi.

iPhone SE 2’ning haqiqiy «kushanda»si chiqyapti! (+«jonli» surat)

Yevropda uning savdosi 22 maydan boshlanadi. Smartfon bundan bir yil avval taqdim etilgan «ajdod»i bilan bir xil narxda, ya’ni 400 dollar/yevro atrofida sotiladi.

Apple buklama iPhone uchun yangicha – qayishqoq akkumulyator tayyorladi!

Patentda qayishqoq batareyali mobil qurilma tuzilishi bayon qilingan. Alohida bo‘limda esa yangicha akkumulyatorning buklama displeyga integratsiyalanishi ham aytib o‘tilgan.

iPhone SE 2020’ning asosiy raqibi sotuvga chiqdi – uning yarim narxidan ham arzon!

Rossiyada ushbu ayfon 39 990 rubl (537 dollar) turadi. Biroq rossiyaliklar endi uning bevosita raqibi bo‘lgan boshqa smartfonni yarim narxidan ham arzonga olishlari mumkin.

Narxlarni solishtiramiz: iPhone SE 2 qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

iPhone SE 2’ning turli mamlakatlardagi narxlarini taqqoslab ko‘rishdi. Bunda uning 64 gigabaytlik varianti hisoblangan hamda tushunarli bo‘lishi uchun narxlari AQSh dollarida ham berilgan.

Barcha iPhone 12’larning narxlari aytildi: boshlang‘ich modeli iPhone 11’dan ham arzon!

Bunga erishish uchun Apple o‘n ikkinchi avlod bazaviy ayfonda LG yoki Samsung emas, balki Xitoylik taniqli displeysoz – BOE Technology taqdim etgan arzonroq matritsani ishlatadi.

«Matnli bomba»: ayfon va aypadlarni bittagina SMS bilan buzish mumkin!

Xabarni istalgan messenjer yo tarmoq, SMS-xabar orqali yuborib, birovning ayfoni yoki aypadini buzsa bo‘ladi: u o‘chib qolishi yoki bir marta o‘chib-yonishi mumkin, ba’zi hollarda esa so‘ngsiz o‘chib-yonaveradi.

iPhone SE 2020 sotuvga chiqiboq AnTuTu’da hafsalani pir qildi: Apple’ning eski kasali qo‘zidimi!?

Eng qimmat – iPhone 11 Pro Max flagmanidagi A13 Bionic protsessori bilan iPhone SE 2020 eng yuqori samaradorlikka ega bo‘lishi kerak edi. Ammo uning AnTuTu’dagi natijasi hammaning hafsalasini pir qildi.

iPhone SE 2020 – eng arzon ayfonning ilk videotavsiflari!

Apple yaqinda namoyish qilgan iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) savdoga 24 apreldan chiqyapti. Ammo ayrim jurnalistlar va blogerlar allaqachon undan olib, dastlabki tavsiflarni e’lon qilishmoqda.

Jahon smartfon bozorida naq 50 foizgacha pasayish!

Savdoning pasayishi barcha smartfonsozlarda kuzatilyapti, ammo Samsung yangi flagmanlari borasida ahvol chatoq: Galaxy S20 lineykasining sotilishi o‘tgan yilgi Galaxy S10 modellaridan salgina yuqori!

Bu yil Apple chiqaradigan 15 xil yangi devays bilan tanishamiz!

Ular orasida ekraniga Touch ID skaneri o‘rnatilgan iPad Air 4 hamda kompaniyaning o‘z o‘yin kontrolleri ham bor.

iPhone 12 Pro Max dizayni bilan renderlarda tanishamiz

Orqa kamera joylashuvi va old paneldagi hoshiyalar dizayni to‘lig‘icha yakuniga yetkazilmagan.

Ishonmaysiz, lekin bu iPhone’ning yap-yangisini atigi 25 dollardan sotishyapti!

«Bir balosi bo‘lmasa...» degan gap xayolingizga keldi, to‘g‘rimi? Lekin bu aksiyaning bittagina «balo»si bor – faqat shu operator xizmatlaridan foydalanish. Tag‘in biror qimmat tarifga ulanish ham shartmas!

«Jonli» test videosi: qaysi iPhone quvvati eng ko‘pga yetadi?

O‘zaro taqqoslash uchun iPhone SE, iPhone 6s, iPhone 7, iPhone 8, iPhone XR hamda iPhone 11 smartfonlari olingan. Ularning barchasi iOS 13.4.1 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

Soxta smartfonlar reytingida Samsung, Apple va Xiaomi «yetakchi» bo‘ldi! (Master Lu, 2020 yil 1-chorak)

2020 yilning birinchi choragida Master Lu benchmarkida jami 1 295 457 ta smartfon test qilib ko‘rilgan. Shular ichidan 7 931 tasi soxta telefonlar bo‘lib chiqqan.

Windows 10 tizimini smartfonga o‘rnatib, uni mobil kompyuterga aylantirishdi! («jonli» video)

Bunda jeylbrek yoki boshqa qo‘shimcha vositalardan ham foydalanishmagan; ayfondagi Windows 10 tizimida fayllar menejerini, sozlamalarni, Microsoft Office va hatto Paint dasturlarini ishga tushirishgan.

Uzoq kutilgan iPhone SE 2020 haqidagi aniq 7 fakt

Mazkur ayfon haqida mish-mishlar ko‘p, ammo bir nechta manbalar tomonidan tasdiqlangan faktlar juda kam – atigi yettitagina! Boshqalari, ya’ni taqdimot va savdoga chiqish kuni kabilar – hozircha shunchaki taxmin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш