iPhone SE (2020) taqdim qilindi

Ikkinchi avlod iPhone SE'si 2016 yilda taqdim qilingan iPhone SE bilan bir xil nomlangan.

«Jonli» test videosi: qaysi iPhone quvvati eng ko‘pga yetadi?

O‘zaro taqqoslash uchun iPhone SE, iPhone 6s, iPhone 7, iPhone 8, iPhone XR hamda iPhone 11 smartfonlari olingan. Ularning barchasi iOS 13.4.1 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

Soxta smartfonlar reytingida Samsung, Apple va Xiaomi «yetakchi» bo‘ldi! (Master Lu, 2020 yil 1-chorak)

2020 yilning birinchi choragida Master Lu benchmarkida jami 1 295 457 ta smartfon test qilib ko‘rilgan. Shular ichidan 7 931 tasi soxta telefonlar bo‘lib chiqqan.

Windows 10 tizimini smartfonga o‘rnatib, uni mobil kompyuterga aylantirishdi! («jonli» video)

Bunda jeylbrek yoki boshqa qo‘shimcha vositalardan ham foydalanishmagan; ayfondagi Windows 10 tizimida fayllar menejerini, sozlamalarni, Microsoft Office va hatto Paint dasturlarini ishga tushirishgan.

Eng kuchli kompyuter xaridida endi 1000 dollardan 4000 dollargacha tejash mumkin!

Eng yuqori modifikatsiyadagi Mac Pro 2019 – naq 16 yadroli protsessor, Radeon Pro Vega II Duo rusumli bir juft videokarta hamda 8 terabayt doimiy xotiraga ega bo‘lgan qudratli kompyuterdir.

Uzoq kutilgan iPhone SE 2020 haqidagi aniq 7 fakt

Mazkur ayfon haqida mish-mishlar ko‘p, ammo bir nechta manbalar tomonidan tasdiqlangan faktlar juda kam – atigi yettitagina! Boshqalari, ya’ni taqdimot va savdoga chiqish kuni kabilar – hozircha shunchaki taxmin.

iPhone SE 2020 taqdimoti oldidan dunyo bo‘ylab boshqa iPhone’lar arzonlashyapti!

iPhone SE davomchisi iPhone SE 2 nomi ostida chiqishi aytilayotgandi. Ammo kompaniya Xitoydagi rasmiy saytida iPhone 9 tarzida, narxini ham ko‘rsatgan bo‘lsa, AQShdagi saytiga ko‘ra, u iPhone SE 2020 bo‘ladi.

Apple ham koronavirusdan himoyalovchi niqob namoyish etdi

Tim Kuk e’lon qilishicha, Apple har haftada million dona Face Shield ishlab chiqarishga tayyor. Kompaniya ularning birinchi partiyasini allaqachon Kaliforniyadagi Santa-Klara shahri kasalxonasiga yetkazib bergan.

Ayfonlarga hali chiqmagan iOS 14 konseptini videoda ko‘ramiz!

iOS 14 operatsion tizim talqini hali iyunda, WWDC 2020 anjumanida namoyish qilinadi. Lekin Apple’ning anonim xodimi hali chiqmagan proshivkali iPhone 11 Pro Max smartfonini avvalroq ikki bitkoinga sotgan.

Bu yil chiqadigan to‘rtta iPhone 12 bilan tanishamiz!

Har to‘rtala iPhone 12 ekran o‘lchamiga hamda bosh kamera datchiklariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Ammo ularning displeyidagi kemtik yo‘qolmaydi, faqat sal ixchamroq bo‘ladi.

iPhone SE 2020 (iPhone 9 yoki iPhone SE 2) allaqachon do‘konga chiqdi!

JD.com do‘koni ham uning boshlang‘ich konfiguratsiyadagi versiyasi 400 dollardan boshlanishini aytmoqda.

Apple yana bitta uzoq kutilgan gadjetini tasdiqladi! (+video)

Apple o‘z YouTube-kanalida «Lokator» imkoniyatlari haqida video chiqargan. Biroq unda hali taqdim etilmagan devays haqida eslatma borligini sezib qolishgach, o‘z xatosini payqagan va rolikni olib tashlagan.

iPhone SE 2020 – bo‘lajak xitni birinchi rasmiy suratda ko‘ring!

Hamyonbop ayfon keyingi haftada taqdim etilishi kutilmoqda, lekin sanasi aniq emas – taxminan 15 aprel kuni, deyishyapti. Apple rasmiy saytining Germaniya variantida esa uning birinchi surati paydo bo‘ldi.

Apple sayti tasdiqladi: iPhone SE ham, iPhone 9 ham emas, balki...

Xitoydagi rasmiy Apple saytida suratlari chiqqanida bu smartfon nomi iPhone 9 ekanligi ko‘rsatilgan edi. Lekin kompaniyaning AQShdagi rasmiy sayti endi uning nomini boshqacha ko‘rsatyapti!

Apple kutilmaganda iPhone’lar egalarini muhim bir imkoniyatdan mahrum etdi

Tushunish qiyin bo‘lyapti: eski proshivkalardagi ayfonlarga qo‘ng‘iroq qilib bo‘lmasligi – shunchaki dasturiy ta’minotdagi xatolikmi, yoki Apple’ning o‘zi ataylab eski smartfonlariga qo‘ng‘iroq qilishni cheklaganmi?

Redmi K30 Pro kamera imkoniyatlarini 2-3 baravar qimmat Mi 10 Pro, iPhone 11 Pro va Galaxy S20 Ultra bilan solishtiramiz! (ikkita video)

Ilg‘or texnik xususiyatlari va hamyonbopligi bilan Redmi K30 Pro bestsellerga aylangan. Xo‘sh, foto va video suratga olish imkoniyatlari bo‘yicha ham u qimmat flagmanlar bilan bellasha oladimi?

Nihoyat, Apple rasmiy saytiga iPhone 9 chiqdi: kutilganidan ancha qimmat!

Apple hali rasman taqdim qilinmagan mahsulot haqidagi ma’lumotning saytga chiqib ketganini payqab qolib, tezda o‘chirgan. Ammo shungacha undan skrinshot olib, internetga tarqatib ulgurishgandi.

iPhone 9 bugunoq chiqadi – uning g‘ilofi allaqachon do‘konlarga keldi! (+«jonli» rasm)

Best Buy o‘z xodimlariga ushbu tovarni to 5 aprel – yakshanba kunigacha sotuvga qo‘ymaslik kerakligini ta’kidlagan. Shunga ko‘ra, iPhone SE 2 bugun rasman namoyish qilinib, yakshanba kuniyoq savdoga chiqariladi.

Eng xaridorgir smartfon endi qimmatlaydi – uning ishlab chiqarilishi to‘xtatildi

Bu model, garchi 2018 yili taqdim etilgan bo‘lsa-da, bultur ham dolzarbligini yo‘qotmagan. 2019 yilda ayni shu smartfon eng xaridorgir bo‘lib, 46,3 millionta sotilgan va reyting shohsupasidan joy olgan.

iPhone 12 Pro’ning ilk «jonli» rasmlarini Apple’dan haydalgan xodim fosh etdi!

Kemtiksiz va tirqishsiz to‘liq displeyga ega iPhone 12 Pro rasmlarini taqdim etgan sobiq Apple xodimi aynan ma’lumotlarni tashqariga sizdirgani uchun ishdan haydalgan ekan. Shunga qasd olmoqchi bo‘lganmi...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш