Huawei MediaPad T3 10 plansheti tavsifi: ish va kundalik hayot uchun munosib tanlov

Sim-kartali, zamonaviy, ishda, kundalik hayotda qo‘llashga qulay, bolalar foydalanishi uchun maxsus ilovali, eng muhimi - hamyonbop planshet. To‘liq tavsif bilan tanishsangiz, bunga amin bo‘lishingiz aniq.

Apple kutilmaganda yangi iPad mini va iPad Air planshetlarini taqdim etdi

Kupertinolik korporatsiya ortiqcha shov-shuvlarsiz ikkita planshetini yangilangan talqinda taqdim etdi.

Huawei Mediapad 7 Lite plansheti tavsifi: 7 dyuymli hamyonbop ko‘makchi

Alyumin korpus, IPS-matritsali ekran, ikkita kamera, xotira kartasi bo‘lmachasi, 3G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashi va hamyonbop narxi uzoq yillar planshetning raqobatbardoshligini ta’minlab kelmoqda.

Adashmas bashoratchi Apple bu yil chiqaradigan barcha gadjetlarni ma’lum qildi

KGI Securities kompaniyasi vakili Ming-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo) o‘zining Apple bilan bog‘liq aniq prognozlari orqali mashhur. Bugun – 2019 yilning 18 fevralida u o‘zining navbatdagi prognozini e’lon qildi.

iPad odam o‘ldirgani uchun Apple’ni sudga berishdi

Bredli Ayrlend chindan ham iPad sababli kvartirada yuzaga kelgan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan. Yong‘in aynan planshet nuqsoni, aniqrog‘i – uning akkumulyatori portlashi sababli kelib chiqqan.

Yangi taqdim etilgan Galaxy Tab S5e plansheti ikki jihatdan rekord o‘rnatdi! (+video)

Shuningdek, Samsung mazkur mahsulotining ekrani korpus old yuzasining 81,8 foizga yetganini ham ta’kidlagan. Bundan avvalgi – Galaxy Tab S4 modelida mazkur ko‘rsatkich 79 foizga teng edi.

Apple’ning hali taqdim etilmagan beshta yangi mahsulotini iOS kodi «sotib qo‘ydi»

Bular orasidan gadjetlarning yangi versiyalari avvaldan kutilayotgan edi. Apple News Magazines esa kupertinoliklarning navbatdagi taqdimot marosimida biz ko‘radigan mutlaqo yangi servis hisoblanadi.

Hali taqdim etilmagan Android Q tizimidagi yangi imkoniyatlar bilan tanishamiz!

Android Q Developer Preview birinchi versiyasi bahorning boshlarida chiqadi. Foydalanuvchilar uchun ushbu tizimning taqdimoti esa dasturchilarga mo‘ljallangan Google I/O 2019 ko‘rgazmasida namoyish etiladi.

2018 yilning eng, eng, eng... smartfonlari (JerryRigEverything videotalqini)

JerryRigEverything kanali muallifi navbatdagi videolavhasida 2018 yilda taqdim etilgan smartfonlarning turli toifalar bo‘yicha eng yaxshilarini va yomonlarini aytib o‘tgan.

2019 yil boshidagi AnTuTu reytingi: iPad Pro 2018 katta farq bilan oldinda!

Yangi reytingda 2018 yili taqdim etilgan ikkita – 11 hamda 12,9 dyuymlik aypadlar juda yuqori natija ko‘rsatdi. iPad Pro 2018 modellarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari 555 ming balldan oshib ketgan.

iPad Pro 2018 qadog‘idanoq qiyshiq holda chiqsa-da, Apple buni nuqson deb hisoblamayapti!

Apple’ning ta’kidlashicha, bu kabi salgina qiyshayish holatlari planshet ish faoliyatiga aslo salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuning uchun iPad Pro 2018 egalari kafolat bo‘yicha ularni qaytarib topshira olmaydilar.

Epic Games afsonaviy o‘yinlar turkumini App Store’dan butkul olib tashladi

App Store’da hozirda Infinity Blade o‘yinlarini izlasangiz, natija bermaydi. Ammo bu o‘yinni avval o‘rnatgan va o‘chirib tashlagan bo‘lsangiz, xaridlar tarixi orqali uni topib, qaytadan o‘rnatishingiz mumkin.

Qualcomm tarixdagi eng qudratli protsessorini taqdim etdi, lekin u smartfonlar uchun emas!

Bu protsessor Microsoft va Qualcomm kompaniyalarining ko‘p yillik hamkorligi samarasidir.

Microsoft o‘zining Surface Go plansheti reklamasida Apple iPad’ni masxara qildi! (+video)

Qizig‘i shundaki, u shunchaki Apple planshetiga shama qilib ham qo‘ymasdan, iPad nomini aniq aytgan. To‘g‘ri, avvallari Huawei va Samsung ham kupertinolik raqib ustidan kulishgan, ammo bu darajada emas...

Navbatdagi iPhone va iPad’lar muhim texnologiyani Galaxy S10’dan o‘zlashtiradi

Kupertinolik korporatsiyaning keyingi avlod smartfonlari hali 2019 yilning kuzida taqdim etiladi. Ammo hozirdanoq ularning ayrim xususiyatlari haqida ma’lumotlar tarqala boshladi.

Atigi 50 dollarlik Nook Tablet 7 plansheti taqdim etildi!

Nomidan ham anglashilib turganidek, bu planshetning ekrani diagonaliga 7 dyuymlik. Unda IPS-matritsa qo‘llangan bo‘lib, displey tasvir aniqligi 1024x600 piksellik.

Apple allaqachon arzonlashtirilgan iPad 2018’larni sota boshladi!

Qayta tiklangan iPad Pro 2018 barcha modifikatsiyalarda va barcha ranglarda rasman sotuvga qo‘yilgan. Zavodda ta’mirlangan ushbu aypadlar yangilariga nisbatan 14–15 foizga arzonlashtirilgan.

Nook Tablet 10.1 – atigi 130 dollarlik planshet taqdim etildi

Planshetning avtonomligi, ya’ni bitta to‘la quvvat bilan ishlash vaqti 8,5 soatga teng bo‘lishi aytilgan. Qurilma har biri 2 megapiksellik ikkita kamera bilan jihozlangan.

Apple yangilangan MacBook Air, Mac mini, iPad Pro va iOS 12.1’ni taqdim etdi (+videolar)

30 oktyabrdagi Apple taqdimotida MacBook Air noutbuki, Mac mini stol kompyuteri, ikkita modeldagi iPad Pro planshetlari hamda iOS 12.1 operatsion tizim talqinini rasman namoyish etildi.

Honor WaterPlay 8 – suvdan qo‘rqmas, qo‘sh kamerali, ammo arzon planshet ham tayyor!

Suvdan qo‘rqmaydigan WaterPlay 8 plansheti sakkiz yadroli Kirin 710 chipiga, qo‘shaloq kameraga, 8 dyuymlik sensor displeyga ega bo‘lib, narxi 300 dollarga ham bormaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш