Eng ravon ishlovchi mobil operatsion tizim va smartfonlar (Master Lu reytingi, 2021 yil iyun)

Master Lu mutaxassislari reytingni tuzish uchun mazkur smartfonlarda 22 ta ilovani ishga tushirib ko‘rishgan. Aynan yangi – HarmonyOS 2.0 tizimi bunda tezkorlik va silliq ishlash bo‘yicha yetakchilikka erishgan.

TOP-10: Eng tezkor Android-smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2021 yil iyun)

AnTuTu ma’lumotlari asosida iyun oyida o‘z egalarini rozi qilgan o‘nta smartfon ro‘yxatini chiqargan edik. Ushbu servis endi samaradorlik bo‘yicha eng zo‘r o‘nta Android-smartfon reytingini ham taqdim etdi.

Egasini rozi qilgan o‘nta smartfon (Antutu reytingi, 2021 yil iyun)

Ro‘yxatda asosan turli kompaniyalarning bulturgi smartfonlari aks etgan. Bu yilgi modellar orasidan ikkitasi esa hatto iPhone egalarini ham Android-smartfonlarga o‘tishga majbur etayotgani haqida yozgandik.

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (26-hafta)

Yigirma oltinchi haftadagi reytingimiz top uchtaligini Xiaomi smartfonlari band etdi.

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (25-hafta)

Yigirma beshinchi haftadagi reytingimizda ham Redmi Note 10 Pro yetakchilik qilmoqda. Lekin ikkinchilikni qaysi smartfon band etgani ko‘pchilikni hayron qoldirishi mumkin.

Uyg‘otish o‘rniga «uxlatadi»: eng xavfli budilnik-ilovalar («Roskachestvo»ning to‘rtta reytingi)

Ekspertlar yetmishta budilnik-ilovani ekspertizadan o‘tkazib, eng xavfsizini ma’lum qilishgan. Qolganlarining esa tegishli parametrlarga ko‘ra eng xavflilarini muayyan reytinglar shaklida ko‘rsatishgan.

2021 yilning 1-yarmidagi eng ommabop o‘nta o‘yin (Twitter reytingi)

Xo‘sh, siz bulardan qaysilarini o‘ynab turasiz, qay birlarining muhokamalariga qo‘shilib kelyapsiz?

Eng zo‘r flagman va turli jihatlardan eng yaxshi hamyonbop smartfonlar («Roskachestvo» oltita reytingi, 2021 yil iyun)

«Roskachestvo» eng qudratli flagmanni, yana eng kuchli hamyonbop smartfonlarni, kamerasi, akkumulyatori, o‘yin imkoniyatlari eng yaxshi, shuningdek, katta ekranli eng maqbul o‘rta narxli modellarni aytdi.

2021 yilda dunyoning eng qimmat brendlari (Kantar reytingi + video)

O‘n yil avval Xitoy brendlari hissasiga yuztalikning 11 foizi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 14 foizga yetgan. Bu yil yuzta eng qimmat brendning 74 foizi AQSh kompaniyalariga to‘g‘ri kelmoqda.

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (24-hafta)

OnePlus Nord CE faqatgina bir hafta top o‘ntalikda birinchilikni egallab turdi xolos. Bu gal Redmi Note 10 Pro yana yetakchilikni qo‘lga oldi.

Instagram’da aktyor, xonanda yoki model emas, balki FUTBOLChI ilk bor 300 million obunachi to‘pladi!

Obunachilar soni bo‘yicha unga eng yaqin inson – aktyor Dueyn Jonsonni 246 mln kishi kuzatadi. Amerikalik xonanda Ariana Grande obunachilari 244 mln, model Kayli Jenner kuzatuvchilari 241 mln nafardan oshgan.

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (23-hafta)

Redmi Note 10 Pro «taxtdan ag‘darildi».

Bir oydayoq $264,5 mln keltirgan mobil o‘yin – PUBG Mobile yoki Roblox emas! (2021 yil, may)

Qiziq fakt: reyting yetakchisi olayotgan daromadning naq 95 foizi, PUBG Mobile foydasining esa 56,6 foizi faqat xitoylik geymerlardan tushgan.

Hamyonbop smartfonlar TOP-o‘ntaligida yap-yangi lider! (Antutu, 2021 yil may)

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Qualcomm kompaniyasining eng yangi – Snapdragon 780G protsessori ayni mana shu yetakchi modelda debyut qilgan.

Dunyodagi eng zo‘r flagmanlar reytingida ilk bor Realme g‘olib! (Antutu, 2021 yil may)

Eng qizig‘i – OPPO korporatsiyasining arzonchi subbrendi 4 mart kuni taqdim etgan ushbu superflagman hozirda eng qudratli Android-protsessor – Snapdragon 888 bazasidagi eng arzon smartfon bo‘lib turibdi!

PS4 hamda PS5 egalari eng ko‘p yuklab olayotgan o‘yinlar ikkita reytingda

Sony’ning o‘zi to‘rtinchi va beshinchi avlod konsollari egalari eng ko‘p yuklab olayotgan o‘yinlar ro‘yxatlarini e’lon qildi.

AliExpress: Rossiyaliklar eng ko‘p olayotgan o‘nta smartfonning dastlabki beshtasi bitta kompaniyaga tegishli

TOP-o‘ntalikka jami beshta brend mahsulotlari kirgan. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, ular orasida dunyo bo‘yicha yetakchi smartfonsoz – Samsung kompaniyasining birorta ham telefoni yo‘q!

Dunyo smartfon bozorining 70 foizi shu beshtagina kompaniyaga tegishli!

Shu beshtasidan boshqa barcha smartfonsozlarning bozordagi hissasi 30,9 foizni tashkil etmoqda. 2020 yilning birinchi kvartalida ularning ulushi 42,6% bo‘lgan.

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (22-hafta)

Xiaomi bizning ro‘yxatimizda yana bir hafta yetakchilik qilmoqda. O‘nta smartfondan oltitasi xitoylik kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan.

Turli narx toifalaridagi eng zo‘r smartfonlar – beshta reytingda! (AnTuTu, 2021 yil may)

Mart oyida AnTuTu reytinglaridan to‘rttasida Xiaomi hamda uning brendlariga mansub smartfonlar yetakchi edi. Aprelga kelib vaziyat o‘zgargan, may oyida esa raqobatchilar uni yanada ko‘proq siqib chiqarishgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш