5G tezligi testi: iPhone 12 barcha Android-flagmanlarga mag‘lub bo‘ldi!

Mutaxassislar ayfonlarning 4G tarmog‘idan 5G standartiga o‘tishi bilan internet tezligi 2,3 baravarga oshganini ta’kidlashgan, lekin Android-smartfonlar baribir ancha oldinda.

Eng ko‘p qaysi smartfonlarning qalbakilari chiqyapti? (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Benchmark jamoasi so‘nggi bir yilda, ya’ni 2020 yilning mart oyidan to 2021 yil fevralining oxirigacha aniqlangan soxta smartfonlar haqida hisobot berdi.

Nokia ikkita smartfonining taqdimot kunini aytdi

Bu ikkalasidan tashqari, brendning Nokia G10 rusumli ilk o‘yinbop smartfoni ham tayyor, ammo uning keng ommaga qachon ko‘rsatilishi hozircha aniq emas.

Hali taqdim etilmagan Galaxy A72 4G anboksing videosi, narx va jihatlari bilan batafsil tanishing!

Rasmiy namoyishidan oldin Galaxy A72 4G modelining ham anboksing videosi chiqdi! Slashleaks resursi esa uning asosiy texnik xususiyatlari hamda narxi haqidagi aniq ma’lumotlarni ham ulashgan.

108MPlik Redmi Note 10 Pro kamerasi iPhone 12’nikidan zo‘rmi? («jonli» test videosi)

Redskull nomli YouTube-kanal muallifi har ikkala gadjetning kamera imkoniyatlarini o‘zaro taqqoslab ko‘rsatdi. Bloger ularning turli ssenariylar bo‘yicha tasvirga olish imkoniyatlarini sinab ko‘rgan.

Namoyish qilinmagan Galaxy A52 5G kutilganidan ham arzon narxda do‘konlarga chiqdi!

Kuni kechagina biz hali taqdim etilmagan Galaxy A52 5G smartfonini anboksing videosini e’lon qilgan edik. Endi esa bir nechta mamlakatlarda uni do‘konga ham chiqarib qo‘yishibdi!

Finbold reytingi: 5G-smartfonlar bozorida kutilmagan lider!

Shuningdek, mutaxassislar Huawei va Samsung kompaniyalarini taqqoslashdi.

Flagman turkumning arzon vakillari – OPPO Find X3 Neo hamda Find X3 Lite chiqdi

Eng qizig‘i – liniyaning faqat eng arzon Find X3 Lite modelidagina quloqchin tirqishi va eng yuqori – 64 megapiksellik bosh kamera qo‘llangan!

OPPO Find X3 ham namoyish etildi: uning Find X3 Pro’dan farqi nimada?

11 martdagi taqdimotida OPPO kompaniyasi yangi avlod smartfonlarini taqdim etgan. Bular – bazaviy Find X3, eng zo‘r Find X3 Pro, shuningdek Find X3 Neo hamda Find X3 Lite modellaridir.

Global versiyali Xiaomi Mi 11 Lite 5G hali chiqmagan Snapdragon 775G chipida ishlaydi!

Taniqli insayder Sudhanshu Ambhore ushbu arzonlashtirilgan flagmanning rang variantlari hamda xotira modifikatsiyalarini ham e’lon qildi.

Mikroskop kamerali OPPO Find X3 Pro chiqdi – har tomonlama o‘zgacha flagman!

OPPO Find X3 Pro modelining o‘ziga xosliklaridan biri uning dizaynidir: «Terminator 2» uslubidagi orqa panel kamera blogini ham qoplab turuvchi yaxlit shisha bo‘lagidan ishlangan.

ENDI RASMAN: jami 47 rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari uchun global MIUI 12.5 testi ochildi!

Global MIUI 12.5 asosidagi 25 xildagi smartfon proshivkalari beta-testerlarga tarqatilayotgan edi. Xiaomi ushbu beta-test dasturini kengaytirib, ro‘yxatga yana 22 xildagi mobil qurilmalarni kiritdi.

$150 evaziga 48 MPlik kvadrokamera va 6000 mAs batareyali Galaxy M12 to‘liq namoyish qilindi!

Galaxy M12 displeyi 90 gerslik va yuzasiga Gorilla Glass 3 himoya shishasi yotqizilgan. Samsung uni Android 11 ustiga qurilgan OneUI 3.0 Core grafik qobig‘i bilan taklif etmoqda.

LG yo‘l xaritasi: Android 11 qaysi smartfonlarga qachon yetib keladi?

Kompaniyaning Germaniyadagi rasmiy saytida e’lon qilingan grafikda Android 11 operatsion tizimini qabul qiluvchi LG smartfonlari ro‘yxati ham, ulardan har biri qachon yangilanishi ham ko‘rsatilgan.

Global MIUI 12.5 proshivkasini 25 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga hoziroq yuklab olish mumkin!

Xiaomi.EU portali jamoasi global proshivkani kutishni istamaganlar uchun xitoychasini «globallashtirib» tarqatmoqda. Ularning barchasi Android 11 operatsion tizimi ustiga qurilgan.

Yarim yil ko‘l tubida yotgan bu smartfon ishlashda davom etdi! (video)

G‘avvoslar topib olganida u deyarli to‘liq soz holatda, faqat mikrofoni va dinamigida biroz muammo bor edi. Natijada buni hazil deb o‘ylashgan va smartfon o‘z egasiga qaytarilgan.

Huawei Mate 40E 5G chiqdi: 90 gerslik displey, 64 MPlik kamera

Huawei bultur P40 turkumida oltita modelda smartfon, bu yil fevralda esa bu liniyaning yettinchi vakili – Huawei P40 4G modelini chiqargan. Yangi qurilma ushbu oilaning sakkizinchi a’zosidir.

EKSKLYuZIV: Hali taqdim etilmagan Galaxy A52 5G smartfonini anboksing videosida to‘liq tomosha qiling!

Samsung kechagina navbatdagi Galaxy Unpacked tadbirini e’lon qildi. Janubiy koreyalik texnogigant ushbu marosimda Galaxy A52 hamda Galaxy A72 smartfonlarini namoyish etishi kutilmoqda.

Snapdragon 888 chipli eng arzon flagman 10 soniyada 15 mln dollarlik sotildi!

Hozirgacha na Redmi, na boshqa biror smartfonsoz flagman protsessorli mahsulotini bunchalik arzon taklif eta olmagan.

Snapdragon 870 chipli bu Xiaomi smartfoni Snapdragon 888 protsessorli Galaxy S21 Ultra’ni mag‘lub etdi! (video)

Xitoyliklar vakili o‘rtacha FPS darajasi bo‘yicha Galaxy S21’dan yuqori bo‘lsa, smartfonning qizib ketishi borasida ham undan ustun – harorati 1,2 darajaga past bo‘lib chiqqan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш