Xiaomi Mi 11 Pro haqida navbatdagi ma’lumot oshkor bo‘ldi

Insayderlardan birining ma’lum qilishicha, Mi 11 Pro smartfoni juda o‘zgacha ekranga ega bo‘ladi.

iPhone 12 Pro bu testda Xiaomi va Huawei flagmanlariga yengildi!

Bu reyting yetakchisi Huawei Mate 40 Pro bo‘lsa, kompaniyaning yana bir vakili – Huawei P40 Pro kuchli uchlikni yakunlagan. Bu ikkalasining orasidan Xiaomi yubiley superflagmani – Mi 10 Ultra modeli joy olgan.

Redmi Note 10 xususiyatlari va «jonli» rasmlarini TENAA fosh etdi!

Qurilmaning bosh kamera blogi umuman o‘zgacha – Honor smartfonlarini eslatadi. Ular bilan chalkashtirib yubormaslik uchunmi, yangi smartfonning orqa panelida yirik qilib Redmi brendining nomi tushirilgan.

Samsung’ning bu smartfoni ham Mi Mix 3, ham Mi Mix Alpha’ga o‘xshaydi! (+video)

Devaysning old tomoni «sharshara ekran» bilan to‘liq qoplangan – uning barcha qirralari qayrilma shaklda ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, mazkur smartfonning orqa panelida ham shunaqa displey joylashgan!

Xiaomi Mi 11 hamda Mi 11 Pro: birinchi «jonli» surati va chiqish vaqti!

Xiaomi Mi 11 modeli tekis ekranga ega; uning Pro-versiyasida esa displeyning yon qirralari qayrilma. Har ikkalasida ham old kamera uchun ekranning yuqori qismi o‘rtasida tirqish ochilgan.

Yirik partiyada qalbaki Xiaomi smartfonlarini sotayotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi!

Do‘kon omborida tintuv o‘tkazilganida, turli rusumlardagi qalbaki Xiaomi telefonlarining sayt orqali sotuvga chiqarishga tayyorlab qo‘yilgan ulkan partiyasi aniqlangan.

Dunyo bo‘yicha eng xaridorgir o‘nta smartfon (2020 yil 3-chorak)

Ro‘yxatda uchtagina kompaniya nomi bor, shulardan birining vakillari naq beshta o‘rinni band etgan. Lekin reyting yetakchisi baribir boshqasi.

Geekbench aniqlik kiritdi: Mi 11 eng zo‘rmi, Mate 40 Pro’mi yoki Galaxy S21?

Antutu’ning so‘nggi reytingida Mate 40 Pro eng yuqori o‘rinni zabt etgan. Biroq tez orada Samsung va Xiaomi ham eng kuchli flagmanlarini chiqaradi. Xo‘sh, ulardan qay biri eng qudratli ekan?

150 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Redmi Note 9 va Note 9 Pro: aniq taqdimot kuni, narx va xususiyatlari

TENAA sayti 5G-versiyali Redmi Note 9 modellarining asosiy texnik xususiyatlarini oshkor etgan edi. Mobile China nashri esa Weibo ijtimoiy tarmog‘ida sahifasi orqali ularning narxlarini ham e’lon qildi.

Xiaomi yana 16 xil smartfonida Android 11 proshivkasini sinab ko‘rmoqda

Yangi ro‘yxatda endi «tasdiqlangan modellar» ustuni yo‘q – undagi barcha smartfonlar «Android 11 ichki tekshiruvi ketayotgan qurilmalar» ustuniga ko‘chirilgan.

Xiaomi Mi 11 allaqachon Geekbench’da sinab ko‘rildi va u Snapdragon 875 sirlarini ham fosh etdi!

Mazkur flagmanning Geekbench’dagi natijalari aks etgan sahifa kodini «kavlashtirib» ko‘rgan dasturchilar Snapdragon 875 chipsetning ayrim xususiyatlarini ham aniqlab olishgan.

Redmi ommabop v arzon smartfonini 5G-versiyada chiqaryapti – «jonli» surat va xususiyatlari!

Xitoylik taniqli insayder Digital Chat Station uning xususiyatlarini aniqlab e’lon qildi. Internetda allaqachon ushbu smartfon ekranining «jonli» rasmi ham tarqaldi.

Xiaomi misli ko‘rilmagan smartfon kamerasini namoyish etdi (+video)

Smartfonlar bo‘limi rahbari e’lon qilishicha, ular an’anaviy fotokameralardan ilhomlanib, korpusdan chiquvchi ob’yektivlarning yangi texnologiyasini mustaqil ishlab chiqishgan.

O‘z narxi doirasida eng zo‘r smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2020 yil oktyabr)

Beshta reyting orasidan naq to‘rttasida bittagina smartfonsozning turli modellari yetakchi. Xo‘sh, bu qaysi kompaniya ekanini toping-chi?

Mi 11 taqdimoti arafasida ikki xil Xiaomi flagmanini ishlab chiqarish to‘xtatildi

Kompaniya rahbari so‘zlariga ko‘ra, yubiley superflagmani juda oz qolgan va tugaganidan keyin boshqa partiya chiqarilmaydi. Yana bitta zo‘r flagman esa allaqachon savdoda uchramayapti.

Atigi 149 dollarga Rubik kubigi o‘lchamida Intel chipli mini-kompyuter chiqdi

2.7 gigagerslik Intel J4125 protsessori bazasidagi mini-kompyuter yana Intel UHD600 grafik chipi, 6/8 gigabaytlik tezkor xotira hamda 128/256 gigabaytlik SSD-xotira bilan ta’minlangan.

TOP-10: O‘rta narxli eng zo‘r o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil oktyabr)

Ro‘yxatdagi naq oltita o‘rinni bittagina kompaniya vakillari band etgan bo‘lsa-da, reytingda yetakchi boshqa.

Bu yangi flagman barchani «changida qoldirdi»! (AnTuTu reytingi, 2020 yil oktyabr)

Qizig‘i – Qualcomm kompaniyasining eng zo‘r – Snapdragon 865 Plus protsessori bazasidagi o‘yinbop modellar o‘tgan oyda beshinchi va oltinchi o‘rinlarni olgan bo‘lsa, bu gal 7–8-pog‘onaga tushib qolgan.

Kutilmaganda: MIUI 13 anonsi shu haftadayoq bo‘lib o‘tishi mumkin!

Xiaomi dasturchilariga ko‘ra, MIUI 13 talqinida animatsiyani yaxshilashga e’tibor qaratiladi. Unda super-oboylar takomillashtiriladi va foydalanuvchilarning o‘zlari super-oboylar yaratishlariga imkon beriladi.

Xiaomi smartfonlari, televizorlari va boshqa gadjetlariga 10 noyabrgacha chegirma va sovg‘alar bor

Nafaqat bular, balki Xiaomi ekotizimiga kiruvchi boshqa mahsulotlar – aqlli tarozi, skuter, router va hokazolar uchun ham chegirmalar belgilangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш