Huawei hozirgilaridan naq ikki karra kuchli protsessor tayyorlamoqda!

7 nanometrlik tex-jarayonda tayyorlanuvchi, «sun’iy aql»ga ega Kirin 1020 chipi 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi va hozirgi flagman – Kirin 970’dan ikki baravar qudratli bo‘ladi.

LG dunyodagi birinchi «sun’iy ong»li kir yuvish mashinasini chiqaryapti

«Aqlli» kir yuvish mashinasi Wi-Fi orqali internetga ulangach, nafaqat ovozli buyruqlarni bajaradi, balki kir yuvish jarayonining borishi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar haqida ma’lumotlar ham beradi.

Rekordchi romsiz smartfon – OPPO Find X ilk videoda ko‘rindi!

Romsizlikdan tashqari, OPPO Find X eng ilg‘or texnik jihatlar: Snapdragon 845 chipi, besh karrali optik zumli ega qo‘sh kamera, sanoqli daqiqalarda quvvatlovchi Super VOOC texnologiyasi bilan ta’minlangan.

Xushxabar: eski iPhone’lar ham 3D Touch funksiyasiga ega bo‘lyapti!

Ushbu smartfonlar egalari klaviaturani «trekpad» sifatida qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Eng avval iOS 9 talqinida joriy etilgan mazkur funksiya matnlar bilan ishlashda boshqaruvni ancha osonlashtiradi.

Eng innovatsion, rekordchi romsiz va yana bir qator texnologiyalarda yetakchi Vivo NEX smartfonlari taqdim etildi! (+video)

NEX S modelida nafaqat barmoq izi skaneri, balki so‘zlashuv dinamigi va hatto yorug‘lik/yaqinlashuv datchiklari ham ekranning o‘ziga integratsiya qilingan!

Ertagayoq taqdim etiladigan – jahoning eng innovatsion smartfonini «jonli» videoda ko‘ramiz!

Vivo Nex old panelini to‘laligicha ekran qoplab olgan, selfi-kamerasi esa korpusning yuqori qirrasi ichidan chiqadi. Orqa qopqog‘ida bo‘lsa modullari tikka joylashgan qo‘shaloq kamera ko‘zga tashlanadi.

Yashirin qurollarni va jinoyatchilarni aniqlovchi – «politsiyachi» smartfon g‘ilofi yaratildi! (+video)

SWORD skanerlanayotgan kishining qiyofasini jinoyat bo‘yicha qidiruv ro‘yxatidagilar bilan taqqoslaydi. Agarda u biror gumondor bilan bir xil chiqsa, bu haqda xavfsizlik xizmati xodimlariga xabar beradi.

«Kemtik»li ekranga va Face ID tizimiga ega «iPad X» chiqishini iOS 12 «sotib qo‘ydi»!

Videorolik va skrinshotlarga ko‘ra, iOS 12 operatsion tizimida iPad’lar uchun qo‘shilgan maxfiy Face ID kodi ham mavjud. Unda yana foydalanuvchi interfeysi hamda tegishli sozlamalar menyusi ham yashiringan.

Lenovo Z5: inqilobiy smartfon old yuzasini ilk bor to‘laligicha ko‘ramiz!

Lenovo Z5 bilan bog‘liq bitta ma’lumotni boshqa manbalar internetga chiqarib yuborishdi. Aniqrog‘i – smartfonning old paneli to‘laligicha aks ettirilgan birinchi surat tarqaldi.

Galaxy S10 uch modulli 3D-kameraga ega bo‘ladi. Bu hali hammasi emas...

Galaxy S9 modeliga talab kamligidan kelib chiqib, Samsung kompaniyasi o‘zining smartfonlar bo‘limiga yangicha hayot olib kirmoqchi. Ular endi uchta sensorli va 3D-datchikli flagman yaratish ustida ish boshlashgan.

Dunyodagi eng innovatsion smartfon: «jonli» suratlar, taqdimot sanasi va rekord narx!

Ushbu eng innovatsion smartfon har xil protsessorli ikki versiyada taqdim etiladi; ular old kameraning tuzilishi va joylashuviga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi.

Huawei’ning inqilobiy buklama smartfoni allaqachon ishlab chiqarish jarayonida!

Samsung inqilobiy – Galaxy X buklama smartfonini noyabrdayoq taqdim etishi mumkin. Huawei hamda BOE Technology rahbarlari esa undan o‘zib ketishni o‘z oldlariga maqsad qilib qo‘yishgan.

Ikkita ekranli, bitta quvvatda 30 kungacha ishlay oladigan «aqlli» soat yaratildi!

Mobvoi TicWatch Pro’ning asosiy – OLED-ekrani ustiga yana bitta displey o‘rnatilgan va u monoxrom – oq-qora bo‘lishdan tashqari, shaffof ham bo‘lib, asosiy ekrandagi ma’lumotni o‘qishga aslo xalaqit bermaydi.

Shaffof korpusli Xiaomi Mi 8’ni «jonli» va rasmiy video hamda suratlarda ko‘ramiz!

Xitoylik insayderlar Xiaomi Mi 8 flagmanining ham «jonli» videosi va suratlarini, shuningdek, kompaniya tayyorlagan rasmiy tasvirni ham taqdimotdan avval tarqatib yuborishdi.

RASMAN: Vivo mutlaqo romsiz Apex’ni sotuvga chiqarmoqchi, to‘laqonli taqdimot sanasi ma’lum (+video)

Skanerli displeyga ega Vivo Apex’ning ommaviy ishlab chiqarishga joriy etilishi masalasi shu paytgacha so‘roq ostida edi. Ishlab chiqaruvchi uning baribir sotuvga chiqishini va namoyish kunini rasman ma’lum qildi.

Xiaomi’ning maxfiy taqdimotida Mi 8 xususiyatlari va narxlari fosh bo‘ldi

Shu kunlarda Xiaomi tor doirada yopiq taqdimot tadbirini o‘tkazgan. Unda olingan suratlardan birida ikki xil talqindagi Mi 8 modelining turli jihatlari hamda narxlari aks ettirilgan.

Xiaomi’ning 125 dollarlik yangi «aqlli» gadjeti – shunchaki hayratomuz!

Xiaomi kraudfanding platformasida yangi variantdagi «aqlli» chemodan e’lon qilingan. «90 Points Smart Suitcase» deb ataluvchi bu jihoz qulfi egasining barmoq izini skanerlash orqali ochiladi.

Mangu.uz innovatsiyasi moliyaviy piramidani yoqlamaydi

Mangu platformasida narx nafaqat xaridorlar soni ko‘payishi, balki asosan platforma takomillashib borishi, hamkor tarmoqlar ortishiga ko‘ra o‘zgarib boradi.

Xiaomi Mi 8 flagmanining eng ishonchli dizayni e’lon qilindi

Daktiloskopik datchik yo displeyning o‘zida bo‘ladi, yoki Xiaomi bu flagmanida undan butkul voz kechgan. Old panelni deyarli butunicha egallagan displey «o‘yig‘i»da 3D Face texnologiyasi datchiklari joylashadi.

Ish holatidagi Xiaomi Mi 8 «jonli» videoda: barmoq izi skaneri ekranda ekan!

Bu videodan kelib chiqsak, Xiaomi Mi 8 flagmanining ekrani nafaqat daktiloskopik modulli, balki organik AMOLED-matritsali ham bo‘layotir.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш