AnTuTu: eng qudratli flagmanlar reytingida tub burilish! (2020 yil avgust)

Oppo Find X2 Pro mart oyidan beri xitoycha reytinglarda yetakchi bo‘lib, iyun va iyulda esa global miqyosda ham liderlikka erishgan edi. Nihoyat, uni taxtdan ag‘darishdi – bu gal unga atigi oltinchi o‘rin tekkan!

Realme X7 hamda X7 Pro chiqdi: $265 dan boshlanuvchi, 64 MPlik kvadrokamerali 5G-smartfonlar

Ularning ikkalasi ham MediaTek protsessorlariga asoslangan: standart modelida Dimenisty 800U bo‘lsa, uning Pro-versiyasida flagman – Dimensity 1000+ chipseti qo‘llangan.

Xiaomi rahbariyati kutilganidan ham zo‘r chiqqan yangi arzon flagmani uchun uzr so‘radi

Top-menejerning ta’kidlashicha, bu modelini kompaniya «ulkan samimiyat ila» tayyorlagan va uning ommalashuviga boshidanoq amin bo‘lgan; lekin amalda uning ommabopligi barcha kutilmalardan oshib ketgan.

29 avgustgacha Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga ulkan chegirmalar bor

Qiziqarli chegirmalar smartfonlardan tashqari, Xiaomi ekotizimining qolgan qurilmalari – televizor, quloqchin, robot-changyutgich va hokazolar uchun ham amal qiladi.

Quvvati 2 kunga yetuvchi arzon Moto G9 chiqdi: Redmi va Realme’lar kushandasi!

Moto G9 bosh kamerasi uchta moduldan iborat: 48 megapiksellik asosiy sensor, 2 megapiksellik makros’yomka moduli hamda 2 megapiksellik chuqurlik datchigi.

Eng ommabop 10 smartfon (34-hafta)

Ultra'lar hech kimga o‘z o‘rnini bo‘shatmadi.

TeraTavsif: Xiaomi Mi Note 10 Lite (3-qism)

Ushbu maqolada smartfon displeyi, akkumulyator avtonomligi va karnay ustida o‘tkazilgan sinovlar natijalariga e’tibor qaratamiz.

Redmi K30 Ultra kushandasi – Realme X7 Pro ham tayyor: taqdimot kuni, «jonli» surat va xususiyatlari

Dimensity 1000+ chipsetli Realme X7 Pro flagmani 6 va 8 GBlik tezkor, 128 va 256 GBlik doimiy xotiraga ega variantlarda chiqadi. Chetlari qayrilgan AMOLED-displeyga daktiloskop ham integratsiya qilingan.

Rasmiy video: Xiaomi Mi 10 Ultra cuperflagmanini ichkaridan tomosha qilamiz!

Redmi K30 Ultra modelidan keyin, kompaniya endi o‘zining yubileyiga bag‘ishlab taqdim etilgan Xiaomi Mi 10 Ultra cuperflagmanining ham barcha qismlari olib ko‘rsatilgan rasmiy videoni chiqardi.

Redmi K30 Ultra’ning «ichak-chovog‘ini ag‘darish» jarayonini Redmi K30 Ultra’da videoga olib ko‘rsatishdi

Mazkur videolavha biryo‘la Redmi K30 Ultra kamera imkoniyatlarini ham namoyon qilgan. Jumladan, ichi ochib ko‘rsatilayotgan smartfonning mayda detallari va ulardagi yozuvlarigacha tiniq aks etgan.

Redmi bu mahsuloti bilan bozorni «portlatdi»!

«Xitoycha Apple» kuni kecha o‘zining 10 yillik yubileyiga bag‘ishlab arzonlatib sotilgan mahsulotlar bo‘yicha hisobotini e’lon qildi.

Ikkinchi partiyasi ham sotuvga chiqiboq tugagan, 7200 dollarlik shaffof televizorni rasmiy videoda ko‘ramiz!

Xiaomi bu inqilobiy mahsulotining dizayni bilan faxrlanadi – Mi TV Lux Transparent Edition ekrani qanchalik shaffof ekanligi yaqqol aks etgan. Rolik so‘ngida televizorni o‘yin uchun ishlatib ko‘rsatishgan.

Yangi rekord o‘rnatgan Redmi K30 Ultra ichini ochib, Redmi K30 Pro bilan taqqoslab ko‘rishdi

Internetda Redmi K30 Ultra flagmanining ichki qismlari kompaniyaning Redmi K30 Pro modeli bilan solishtirilgan suratlar ham paydo bo‘ldi.

Flagman protsessorlar jangi: Dimensity 1000+ deyarli barcha benchmarklarda Kirin 990 5G’ni mahv etdi!

Xiaomi’ning yubiley flagmanlari namoyishidan so‘ng mutaxassislar yetakchi chipsozlarning bozorga chiqib ulgurgan flagman protsessorlarini turli benchmarklarda yana sinab ko‘rishdi.

Realme superflagmani 120 gerslik Samsung OLED-ekraniga ega va 125 vattlik tezkor quvvatlanadi!

«Xitoycha Apple» kuni kecha Xiaomi Mi 10 Ultra, uning arzonchi brendi esa Redmi K30 Ultra flagmanlarini namoyish etishgan. U bilan raqobatlashish uchun tashkil etilgan Realme brendi ham bo‘sh o‘tirgani yo‘q...

Xiaomi dunyodagi ilk shaffof televizorni yaratdi va u bir soniyadayoq sotilib ketdi! («jonli» video)

Televizorning asosiy afzalligi – uning paneli mutlaqo shaffof. Taqdimot suratlarida ko‘rinishicha, hatto ekranida tasvir namoyon bo‘lganda ham, tomoshabin uning ortida nima borligini ko‘rib turishi mumkin.

Arzon flagman – Redmi K30 Ultra ham namoyish etildi

Dimensity 1000+ chipli Redmi K30 Ultra akkumulyatori 4500 mA/soatlik bo‘lib, 33 vattlik tezkor quvvatlashda bir soatga yetmasdan to‘ladi. FHD+ formatli AMOLED-displeyi 120 gerslik chastotada yangilanadi.

Yubiley superflagmani – Xiaomi Mi 10 Ultra taqdim etildi!

Xiaomi o‘zining barcha so‘nggi texnologik yutuqlarini shu superflagmanga tatbiq etgan. Mi 10 Ultra allaqachon turli jihatlari bilan bir qator rekordlar o‘rnatishga ulgurdi!

Beshta narx toifasidagi eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari, 2020 yil iyul)

Beshta reytingdan naq to‘rttasida bitta kompaniya smaartfonlari yetakchi, lekin hali bular holva! Chunki u AnTuTu reytingini «portlatgan» flagmanini endi namoyish qiladi.

TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (5-qism)

Ushbu maqolada smartfon kamerasi, tasvir va video sifatiga to‘xtalib o‘tamiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш