Xiaomi sirli smartfon – eng arzon Redmi 9 modelini «jonli» ko‘rsatdi!

Redmi 9 4G modeli naq 5000 mA/soatlik akkumulyator bilan ta’minlanadi. Uning ekrani o‘lchami diagonaliga 6,6 yoki hatto 6,67 dyuymgacha borishi mumkin, lekin tasvir aniqligi faqat HD+ formatida bo‘ladi.

Eng arzon va «beli baquvvat» Galaxy M01 allaqachon Samsung saytiga chiqdi!

Galaxy M01 diagonaliga 5,7 dyuymlik, HD+ formatidagi TFT-ekranga ega. Smartfon sakkiz yadroli protsessor (Snapdragon 439 bo‘lsa kerak) bazasida ishlaydi, tezkor/ichki xotirasi esa 3/32 gigabaytlik.

Xalqaro fototanlovda qatnashib, 10 ming dollargacha yutib oling!

NEXT-IMAGE 2020 tanlovi uchun surat va lavhalarni qabul qilish 2020 yilning 31 iyuligacha davom etadi. G‘oliblarni 70 ta pul mukofoti kutyapti, ularning eng yirigi esa naq 10 000 dollariga teng!

Nokia atigi 70 dollardan boshlanuvchi ikkita smartfon taqdim etdi

Nokia C5 Endi hamda Nokia S2 arzon smartfonlari Android 10 tizimiga ega. Qizig‘i – bularning ikkinchisi ikkita modifikatsiyada taqdim etilgan bo‘lib, narxlari o‘zaro jiddiy farqlanadi.

Xiaomi rekordchi ekran va Dimensity 1000+ chipli hamyonbop flagman tayyorlamoqda

Flagman protsessori bilan ham o‘rta narx toifasiga mansub bo‘lsa, uning Redmi brendi ostida taqdim etilishi mantiqqa mos. Balki bu navbatdagi «Killer» – Redmi K turkumidagi yangi flagman bo‘lib chiqar.

OnePlus 8 Pro tezkormi yoki bir yarim baravar qimmat Galaxy S20 Ultra? «Jonli» testda ko‘ramiz!

Robotlashtirilgan manipulyatorlar yordamida qiyosiy testlar o‘tkazib kelayotgan PhoneBuff kanali yilning eng shov-shuvli flagmanlari tezkorligini o‘zaro taqqoslab ko‘rdi va videosini e’lon qildi.

Vivo «ko‘zini qimirlatuvchi» va rekordchi 5G-smartfonlar tayyorladi!

Rekordchi 5G-smartfon kamerasi, xuddi jonli ko‘z soqqasiga o‘xshab, turli tomonlarga «qaray» oladi! Bu esa an’anaviy optik barqarorlashtirish tizimi imkoniyatlarini uch karraga oshiradi.

«Sen bo‘lmasang boshqasi!» – YouTube o‘rniga Huawei smartfonlarida nima bo‘ladi?

Xitoyliklarning mazkur video ilovasi YouTube bilan raqobatga kirishadi. Xuddi u kabi, Huawei platformasi ham kontent yaratuvchilarga monetizatsiyani tklif etadi.

Xiaomi allaqachon ikkita smartfoniga global barqaror MIUI 12 tarqatyapti!

MIUI 12 global proshivkasi tarqalishining ilk bosqichi iyun oyidayoq boshlanib, unda beshta rusumdagi smartfon yangilanadi. Shulardan ikkitasiga esa allaqachon apdeyt kela boshladi!

Samsung hatto Galaxy M01’dan ham arzon yana bitta smartfon tayyorladi!

Galaxy M01s nomli bu gadjet allaqachon SM-017F/DS model raqami ostida sertifikatsiyadan o‘tgan. Samsung ushbu arzon smartfonlari bilan Redmi hamda Realme kabi brendlarga qarshi raqobatga kirishmoqchi.

Xiaomi endi 4G-smartfon chiqarmaydi – u allaqachon 6G bilan shug‘ullanyapti!

Kompaniya 6G texnologiyalari borasida Xitoy hukumati bilan hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, Xiaomi sun’iy yo‘ldosh orqali internet texnologiyasini ham takomillashtirmoqchi.

Bunaqasi bo‘lmagan: 8/256 GB xotirali smartfon – atigi 153 dollarga!

Smartfonning akkumulyatori 4350 mA/soatlik bo‘lib, faqat 10 vattlik texnologiyaga ko‘ra quvvat ola biladi. Gionee K6 qadoqdanoq Android 10 tizimi bilan ta’minlangan.

Yangi reyting: iPhone 11 – shunchaki bestseller emas!

Bu galgi yetakchilar ro‘yxatida arzon smartfonlar yo‘q hisobi. Shuningdek, reytingda uchtagina smartfonsozning turli modellari mavjudligini ham ta’kidlash kerak.

Super-arzon Redmi 10X 4G smartfonini qarshi oling!

Redmi 10X 4G modeli MediaTek Helio G85 protsessori bazasiga qurilgan va ikki xil konfiguratsiyada chiqadi. Garchi qiyofasi ikkita «og‘a»siga o‘xshab ketsa-da, bu umuman boshqacha smartfondir.

Redmi 10X Pro ham chiqdi: standart Redmi 10X’dan farqlari, narxlari va videosi!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi Redmi 10X 5G smartfonini namoyish qilgani haqida yozgandik. Undan tashqari, umuman kutilmagan Redmi 10X Pro modeli ham taqdim etildi!

Redmi 10X 5G taqdim etildi – narx va xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz

Undagi Dimensity 820 chipseti AnTuTu benchmarkida 415 ming balldan oshiq natija ko‘rsatib, Kirin 980 protsessorini ortda qoldirgan, o‘tgan yilgi flagman – Snapdragon 855 chipsetiga yaqinlashib qolgan.

Atigi 140 dollarlik birinchi 5G-smartfonni kim tayyorlayotganini bilasizmi?

Qualcomm kompaniyasi Snapdragon 600-turkumida 5G-modemli yangi protsessor tayyorlamoqda. Uning bazasidagi – ilk eng arzon 5G-smartfon haqida birinchi ham ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Galaxy M01 xususiyatlari va narxi e’lon qilindi: Redmi 8A va Realme C3 kushandasi!

5,71 dyuymlik, HD+ formatidagi TFT-ekranga ega Galaxy M01 «elektron yuragi» – Snapdragon 439 protsessori, tezkor/ichki xotirasi esa tegishlicha 3/32 gigabaytlik bo‘ladi.

Xiaomi va Redmi smartfonlarini 31 maygacha yanada arzon olishingiz mumkin!

Aksiyada Redmi Note 8 Pro, Redmi Note 8T, Redmi 8, Redmi 7A hamda Redmi 8A smartfonlari uchun chegirmalar belgilangan, yana ayrim modellar xaridida hadyalar ham bor.

Atigi 35 daqiqada to‘liq quvvatlanuvchi, AMOLED-ekran va Snapdragon 865 chipli o‘yinbop smartfon chiqdi!

Oppo bu smartfonini geymerlarga mo‘ljallagani nomidan ham ma’lum; shu boisdan uni o‘yinlarda resurslardan intellektual tarzda foydalanuvchi HyperBoost 3.0 texnologiyasi bilan ta’minlagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш