Xiaomi rasmiy saytiga kutilmaganda eng arzon Redmi 9A smartfoni va Mi Band 4C smart-trekeri chiqdi!

Rasmiy saytga tasodifan (balki ataylabdir) chiqarib, so‘ng yashirib qo‘yilgan ma’lumotlar Redmi 9A smartfonining hamda Mi Band 4C aqlli bilaguzugining asosiy xususiyatlarini oshkor etgan.

Atigi 198 dollarga Intel protsessorli mini-kompyuter chiqdi!

O‘lchami 192x188x54 mm.lik, vazni esa 460 grammlik Ningmei CR100 bir juft USB 3.0 Type-A, bitta USB Type-C, analogli D-Sub (VGA) hamda raqamli HDMI, shuningdek quloqchin va mikrofon tirqishlariga ham ega.

Suvdan himoyali smart-soatni atigi 16 dollardan sotishyapti, lekin u avval yanada arzon edi!

Vazni atigi 34 gramm keladigan Haylou LS01 diagonaliga 1,3 dyuymlik, aniqligi 240x240 piksellik TFT-ekran bilan jihozlangan. Afzalliklaridan biri – korpusi IP68 standartiga ko‘ra muhofaza etilgan.

Redmi’ning eng ulkan gadjeti rekord o‘rnatdi

Mingta devaysdan iborat partiyaning sotib tugatilishi uchun 3 daqiqayu 28 soniya yetarli bo‘lgan. Narxi baland – 2825 AQSh dollariga teng ekanini hisobga olsak, bu – savdodagi yaxshi ko‘rsatkich.

Redmi K40 ham allaqachon internetda «ko‘rina» boshladi

Mazkur flagman Dimensity 1000+ bazasiga qurilmoqda. Redmi K30 modelining ekrani kadr yangilanish chastotasi 120 gers bo‘lsa, uning davomchisida mazkur ko‘rsatkich 144 gersga yetishini aytishmoqda.

Redmi to‘qqizinchi avlod eng arzon smartfonini ertagayoq taqdim etadi

Redmi 9A akkumulyatorining tok sig‘imi 5000 mA/soatlik bo‘lishi, tezkor/ichki xotirasi esa tegishlicha 3/32 gigabaytlik ekanligi aytilmoqda. Kamera borasida esa u Redmi 9’ga nisbatan ancha g‘arib...

Xiaomi’ning arzon smartfoni barcha Android-smartfonlar egalari kutayotgan funksiya bilan yangilandi!

Ayni damda ayrim hududlardagi smartfonlariga ushbu yangilanish kelmoqda va ularda kerakli opsiya ishlayapti. Biroq bu funksiya barcha hududlar uchun taqdim etiladimi-yo‘qmi – bunisi hozircha noma’lum.

Huawei P40 Pro+ kushandasini Xiaomi tayyorladi: keramik korpus, Snapdragon 865 va qayrilma ekranli kamerofon!

Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi Digital Chat Station kanali avgustda taqdim qilinishi kutilayotgan smartfonning asosiy xususiyatlarini e’lon qildi.

Xiaomi barcha smartfonlariga MIUI 12 proshivkasi tarqatilishini vaqtincha to‘xtatyapti

Yaqinda 16 xil Xiaomi smartfonlari muntazam MIUI 12 apdeytlaridan mahrum etilayotgani haqida yozgandik. Endi esa kompaniya yangi proshivkalarning hech bir qurilmasiga tarqatmay turmoqchi.

Xitoyda sotuvga chiqayotgan Redmi 9 modeli ayni shu smartfonning global versiyasidan qanday farq qiladi?

Agar chindan ham shunaqa bo‘lib chiqsa, Redmi 9 olmoqchi bo‘lganlar unga AliExpress orqali Xitoydan buyurtma berganlari yaxshi.

16 xil Xiaomi smartfonlari muntazam MIUI 12 yangilanishlaridan mahrum etilyapti!

Xiaomi kompaniyasi MIUI 12 grafik qobig‘i asosida yangi proshivkalarning beta-versiyalari endi taqdim etilmaydigan smartfon modellari ro‘yxatini e’lon qildi.

Xiaomi ikkita smartfoniga barqaror MIUI 12, yana biriga esa allaqachon MIUI 12.0.1 proshivkasini tarqatyapti!

Uchaala smartfondagi barqaror MIUI 12 grafik qobig‘ining asosida hali Android 10 operatsion tizim talqini yotadi. Eng yangi – Android 11 tizimi bazasidagi MIUI 12 grafik qobig‘i esa kuzdagina chiqa boshlaydi.

Mi Band 5 olmay turing – yanada arzon Mi Band 5 Lite va kuchli Mi Band 5 Pro ham chiqadi!

Mi Wear ilovasining kodini «kavlashtirib» ko‘rgan dasturchilar unda nisbatan soddalashtirilgan Mi Band 5 Lite hamda takomillashtirilgan Mi Band 5 Pro modellari haqida ma’lumot topishdi.

Faqat mana shu smartfonlargina MIUI 12’ning turli yangi imkoniyatlariga ega bo‘lar ekan!

MIUI 12’dagi eng innovatsion yangiliklar – yangicha kamera ilovasi, superoboylar va animatsiyali belgilardir. Ushbu imkoniyatlarga ega bo‘luvchi Xiaomi, Redmi va POCOPHONE modellari ro‘yxatlari bilan tanishing.

Redmi’ning yap-yangi smartfonlarida ikkita ishkal chiqdi

Qiziq tomoni – mazkur muammo faqat Yevropaga mo‘ljallab chiqarilgan, ya’ni global versiyadagi smartfonlardagina uchramoqda, hindistonlik foydalanuvchilardan umuman shikoyat tushmagan.

Redmi o‘ta arzon bestsellerini yaxshilangan versiyada chiqardi (+video)

Smartfonning xotira hajmidan boshqa barcha xususiyatlari o‘zgarishsiz qolgan. Uni bugun – 15 iyundan boshlab 118 AQSh dollariga teng narxda sotuvga chiqarishgan.

Eng arzon Xiaomi smartfoni ham taqdimotga tayyor: Redmi 9A xususiyatlarini FCC fosh etdi!

FCC faqat tayyor bo‘lgan mahsulotlargagina sertifikat berishini hisobga olsak, Redmi 9A yaqin orada namoyish etiladi. Regulyator uning hatto korpusi o‘lchamlarini ham ko‘rsatgan.

DxOMark eng zo‘r kamerofon, selfifon va audiosmartfonlarni e’lon qildi

Jami o‘nta yo‘nalish, lekin reytingdagi barcha o‘rinlarni uchtagina kompaniyaning beshtagina flagmani egallab olgan! Yanayam qizig‘i – naq oltita yo‘nalishda bitta flagman g‘olib bo‘lgan!

Redmi K30 naq yuz dollarga arzonlashib, K30 Pro yangi variantda taqdim etildi

Tengi yo‘q 5G-smartfon – Redmi K30 Pro modelini endi 12/128 GBlik variantda ham chiqarishdi va unga 429 dollarga teng narx belgilangan.

Mi Band 4 arzonlashdi, Mi Band 5 esa endi global versiyada chiqadi!

Mi Band 4 fitnes-brasleti global bozorga Mi Smart Band 4 nomi bilan chiqqan. Xiaomi yangi avlod aqlli bilaguzugining global talqinini ham Mi Smart Band 5 nomi ostida chiqarishini rasman e’lon qildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш