Xiaomi bitta flagmani va bitta arzon smartfoniga Android 11 asosidagi MIUI 12 tarqatyapti

  •   DiMaX
  •  1001
  •  02.02.2021 10:15

Xiaomi bitta flagmani va bitta arzon smartfoniga Android 11 asosidagi MIUI 12 tarqatyapti

«Xitoycha Apple» bultur dekabrda oraliq versiyadagi MIUI 12.5 grafik qobig‘ini taqdim etgan, kuni kecha esa uning global namoyish sanasini ham aytgan. Uning 28 xil smartfondagi (ro‘yxat) beta-sinovlari joriy qilingan, ammo XDA Developers dasturchilar hamjamiyati proshivkalarni ko‘pchilik bilan baham ko‘ra boshlagan.

O‘QING: Yana 11 rusumdagi Xiaomi va Redmi smartfonlariga Android 11 bazasidagi MIUI 12 proshivkasi keladi!

Shu bilan birga, kompaniya o‘zining smartfonlariga barqaror talqindagi MIUI 12 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkalarni tarqatishda davom etmoqda. Jumladan, keyingi kunlarda ikkita ommabop modelga Android 11 operatsion tizimi bazasidagi yangi grafik qobiqqa asoslangan proshivka kela boshladi.

Bulardan biri – o‘ta ommabop Redmi Note 9S modeli bo‘lib, u 2020 yilning eng ommabop 20 smartfoni reytingiga ham kirgan. Hindistonda ushbu model Redmi Note 9 Pro nomi ostida sotilmoqda va uning uchun MIUI 12.0.1.0 RJWMIXM raqamli yangilanish kelgan. Yangilnish hajmi 2,3 gigabaytni tashkil etadi va u yangi operatsion tizimdan tashqari, yanvr oyidagi Android xavfsizlik patchlarini ham o‘z ichiga oladi.

Biroq uni global versiyadagi Redmi Note 9S modeliga o‘rnatmay turishni, apdeytning xalqaro talqinini kutishni tavsiya etishmoqda. Darvoqe, saytimizda ushbu qurilmaning batafsil tavsifini (1-qism, 2-qism, 3-qism) e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xiaomi aytadiyam, qaytadiyam: to‘rtta Redmi smartfoniga MIUI 12 kelmaydigan bo‘ldi!

Android 11 tizim talqini ustiga qurilgan MIUI 12 grafik qobig‘i superflagmani – Xiaomi Mi 10 Ultra modeliga ham tarqtilmoqda. Eslatib o‘tamiz, kompaniya o‘zining o‘n yillik yubileyiga bag‘ishlab chiqargan bu qurilma Huawei P40 Pro kamerofonini DxOMark taxtidan ag‘dargan. Bundan tashqari, AnTuTu benchmarkining avgust reytingida u eng kuchli smartfon bo‘lib chiqqan.

Xiaomi Mi 10 Ultra namoyish etilganida, unga Android 10 operatsion tizimi asosidagi MIUI 12 o‘rnatilgan edi. Hozir esa xitoylik foydalanuvchilar uchun ushbu modelda MIUI 12.5 grafik qobig‘ining ochiq beta-testi o‘tkazilmoqda; uning barqaror versiyasini kutib o‘tirmasdan, kompaniya MIUI 12’ning «o‘zagi»ni yangiladi – Android 11 talqiniga tayanuvchi proshivkani tarqata boshladi.

Lekin bu proshivkaning ham global versiyasi qachon chiqishi hozircha noma’lum. MIUI 12.5 keyinroq tarqatiladigan jami 80 xildagi smartfon ro‘yxati bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin. Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Redmi K40 flagmanlari nafaqat Mi 11, kerak bo‘lsa Galaxy S21 Ultra bilan bellasha oladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!