Snapdragon 865 chipli ilk smartfon – Mi Note 10’ni yoqiq holida «jonli» ko‘ramiz!

Xiaomi Mi Note 10 hali hali rasman namoyish etilmagan Snapdragon 865 protsessori bazasiga qurilishi, mazkur chipsetning model raqami SM8250, kodli nomi esa Kona ekanligi ham ma’lum.

Skanerning keragi yo‘q – uning vazifasini endi istalgan Android-smartfon bajara oladi!

Buning uchun siz o‘z smartfoningizga alohida dasturlar o‘rnatishingiz ham shart emas. Android tizimli barcha smartfonlarga boshidanoq o‘rnatilgan bir ilovaning o‘zi matnlarni skanerlashga ham qodir.

Google Pixel 4 hamda Pixel 4 XL: Betakror funksiyalar va yangi dizayn, lekin narxi... (+video)

Google Soli chipi Pixel 4’larni havodagi ishoralar orqali boshqarish imkonini beradi! Ular IP68 himoyasi, NFC chipi, Titan M xavfsizlik moduli va Pixel Stand texnologiyasiga ega.

Redmi 8’ning yirik kamchiligi borasida Xiaomi o‘zini oqlashga bahona topdi!

Lekin kompaniya protsessorni maksimal darajada optimizatsiya qilgan, Redmi 8 modelida 2 GB operativkali modifikatsiyani olib tashlagan va tizimga grafikani tezlashtiruvchi Mi Turbo 2.0 rejimini joriy etgan.

IMEI-kodlar masalasi «GSMA Mobile 360 – Evroosiyo» tadbirida ham muhokama etildi

GSMA xalqaro assotsiatsiyasi vakillari va sohaning boshqa ekspertlari «qora ro‘yxat» va IMEI-kodlarni bloklash va milliy reyestrlarning roli haqida o‘z fikrlari va ilg‘or jahon tajribasini o‘rtoqlashadilar.

«Xiaomi, chetroq tur!» – 367 dollarlik Realme X2 Pro flagmani taqdim etildi!

Realme X2 Pro o‘z texnik xususiyatlariga ko‘ra Mi 9T Pro flagmaniga raqobatchi bo‘la oladi, ammo Xiaomi’ning bu modelidan yangilanish chastotasi 90 gerslik ekrani bilan ustun keladi.

15 xil Xiaomi smartfonlari endi yangilanmaydi, 20 xildagisi uchun MIUI ishlab chiqish to‘xtatildi!

Kompaniya sinovchi-dasturchilar uchun MIUI 9.10.14 test jamlanmasi yo‘riqnomasini e’lon qildi. Unda rasman aytilishicha, naq 15 rusumdagi Xiaomi hamda Redmi qurilmalariga endi tizim yangilanishlari kelmaydi.

Redmi K30 hamyonbop flagmani – Xiaomi’ning qo‘sh kamerasi ekranga o‘yilgan ilk 5G-smartfoni!

Galaxy S10+ smartfoni selfi-kamerasi kabi, Redmi K30 displeyidagi old kamera tirqishi ham yuqori o‘ng burchakda ochilgan. Bu bilan arzonchi brend uning Samsung flagmaniga raqobatchi bo‘lishiga ishora qilayotir.

iPhone 11 Pro hamda Google Pixel 4 «chatishma»si – atigi 140 dollar! (+«jonli» rasm)

ZTE Blade 20 modeli 2,0 GGs chastotali 8 yadroli protsessorga, 2/64 GB xotiraga ega. 4870 mA/soatlik akkumulyatori USB-C porti orqali 18 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi.

1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!

Agarda smartfon xarid qilish niyatingiz bo‘lsa, buni to 1 noyabrgacha amalga oshirishingizni, so‘ng tezda uni IMEI-kodi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishingizni tavsiya etamiz.

Apple ikkita modeldagi iPhone’larni g‘irt tekinga ta’mirlab beryapti!

Apple bu iPhone’larning qanday aybi borligini bilib turibdi, ammo oshkor etmayapti. Uning ta’kidlashicha, mazkur smartfonlar «ishlamay qolishi mumkin bo‘lgan komponent» sababli shunchaki yonmay qolishi mumkin.

IMEI nima va uning ahamiyati nimada?

IMEI (ing. International Mobile Equipment Identity — Xalqaro mobil qurilma identifikatsiyasi) mobil tarmoqdagi qurilmani identifikatsiyalash uchun unikal raqam hisoblanadi.

Istalgan telefon himoyasini SIM-karta orqali buzish yo‘li topildi – bittagina SMS kifoya ekan!

Maxsus xizmatlar buyurtmalariga ko‘ra mazkur nuqsondan ayrim kompaniyalar keyingi ikki yil mobaynida foydalanib ham kelishayotgan ekan!

«Ўзбектелеком» янги тарифларни тақдим этди. Нархлар ошдими ёки тушди?

Қайд этилишича, янги тариф режалари янада қулайлашган ва ойлик абонент тўловининг арзонлаштирилиши улар тақдим этиладиган хизматларнинг кўп ёки ҳатто чекланмаган ҳажмда эканлигини ўз ичига олади.

AKT sohasidagi yangi qo‘shma korxona telefonlarni IMEI-kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olishda qatnashadi

Sohada dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari ishlanmalari bilan shug‘ullanuvchilarning rivojlanishi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish maqsadida yangi qo‘shma korxona tashkil etildi.

Rossiyada taksofonlardan qo‘ng‘iroq qilish butkul bepul bo‘lyapti!

Bu mamlakat taksofondan qo‘ng‘iroq qilish uchun to‘lovlarni 2018 yildan buyon basqichma-bosqich bekor qilib kelayotir. Dastlab mahalliy qo‘ng‘iroqlar, keyin esa tegishli hudud ichidagi qo‘ng‘iroqlar bepul qilingan.

XUShXABAR: O‘zbekistonda IMEI-kodi mos kelmagan smartfonlar hozircha bloklanmaydi!

Lekin mobil qurilmalarni IMEI-kodi bo‘yicha avtomatik ro‘yxatga olish jarayoni yakunlangach, IMEI-kodi devaysning haqiqiy modeliga muvofiq kelmaydigan gadjetlarni ham bloklash boshlanadi.

O‘zbekistonda 1 apreldan barcha smartfon va planshetlar IMEI-kodi bo‘yicha BEPUL ro‘yxatga olinmoqda!

O‘zbekistonda mobil qurilmalarni pulli tarzda IMEI-kodi bo‘yicha hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazishning kutilayotgan edi. Endi mazkur amaliyot bepul bo‘lib, 1 apreldan boshlanishi aytildi.

O‘zbekistonda smartfonlarni IMEI bo‘yicha ro‘yxatga olishning yangi tartibi: tanishing va muhokamada qatnashing!

Ushbu qaror loyihasi xalq muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lib, siz ham tegishli havola orqali o‘tib, bu borada fikringizni yozishingiz, 26 yanvargacha muhokamada qatnashishingiz mumkin.

Atigi 50 dollarlik Nook Tablet 7 plansheti taqdim etildi!

Nomidan ham anglashilib turganidek, bu planshetning ekrani diagonaliga 7 dyuymlik. Unda IPS-matritsa qo‘llangan bo‘lib, displey tasvir aniqligi 1024x600 piksellik.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш