Yana 11 rusumdagi Xiaomi va Redmi smartfonlariga Android 11 bazasidagi MIUI 12 proshivkasi keladi!

Qarang-chi, bu ro‘yxatda siz tutayotgan yoki olmoqchi bo‘lgan modeli ham bormikan?

O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu, 2020 yil noyabr)

Reyting g‘olibi va yana ikkita o‘rindagi modellar Mediatek protsessorlidir. To‘qqizinchi o‘rindagi Redmi K30 modeligina Qualcomm mahsulotiga asoslangan; qolgan barchasi Kirin chipsetli telefonlardir.

Noma’lum Redmi smartfonidagi yangi MediaTek protsessori AnTuTu testida Snapdragon 865’ni mahv etdi!

AnTuTu’ning tasdiqlashicha, ushbu smartfon FullHD+ rezolyusiyali, 90 gerslik ekranga ega. Redmi unda 8 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik doimiy xotira qo‘llagan.

Barcha Redmi K40 smartfonlari mana shu ikki umumiy jihatga ega bo‘ladi

Insayderning ma’lum qilishicha, yangi flagmanlar K30'lardan farqli o‘laroq, ikki bir xil xususiyatga ega bo‘ladi.

150 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Redmi Note 9 va Note 9 Pro: aniq taqdimot kuni, narx va xususiyatlari

TENAA sayti 5G-versiyali Redmi Note 9 modellarining asosiy texnik xususiyatlarini oshkor etgan edi. Mobile China nashri esa Weibo ijtimoiy tarmog‘ida sahifasi orqali ularning narxlarini ham e’lon qildi.

Xiaomi yana 16 xil smartfonida Android 11 proshivkasini sinab ko‘rmoqda

Yangi ro‘yxatda endi «tasdiqlangan modellar» ustuni yo‘q – undagi barcha smartfonlar «Android 11 ichki tekshiruvi ketayotgan qurilmalar» ustuniga ko‘chirilgan.

O‘z narxi doirasida eng zo‘r smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2020 yil oktyabr)

Beshta reyting orasidan naq to‘rttasida bittagina smartfonsozning turli modellari yetakchi. Xo‘sh, bu qaysi kompaniya ekanini toping-chi?

TOP-10: O‘rta narxli eng zo‘r o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil oktyabr)

Ro‘yxatdagi naq oltita o‘rinni bittagina kompaniya vakillari band etgan bo‘lsa-da, reytingda yetakchi boshqa.

Bu yangi flagman barchani «changida qoldirdi»! (AnTuTu reytingi, 2020 yil oktyabr)

Qizig‘i – Qualcomm kompaniyasining eng zo‘r – Snapdragon 865 Plus protsessori bazasidagi o‘yinbop modellar o‘tgan oyda beshinchi va oltinchi o‘rinlarni olgan bo‘lsa, bu gal 7–8-pog‘onaga tushib qolgan.

Eng kuchli protsessorli eng arzon flagman bir daqiqada 100 000 tadan ortiq sotildi!

Ushbu smartfon allaqachon global bozorga ham chiqqan, biroq boshqacharoq nom bilan va Xitoydagisidan ancha qimmat narxda!

Benchmarkda bu yangi smartfon Xiaomi’ning eng zo‘r superflagmanini ham tor-mor etdi!

Mazkur kompaniya o‘zining yangi chiqqan smartfonlari bilan Xiaomi Mi 10 Ultra yubiley superflagmanining rekordlarini sindirishda davom etmoqda.

Xiaomi’ga qasdma-qasd: Samsung ham arzon flagmani narxini naq 95 dollarga pasaytirdi!

Mana buni sog‘lom raqobat desa bo‘ladi – raqibiga qasdma-qasd, o‘z mahsulotini uchun salkam 100 dollarga arzonlashtirgan!

Kutilmagan flagman: global bozorga allaqachon Redmi K30S Ultra ham chiqdi!

Nomidan tashqari, jahon bozoriga chiqarilayotgan versiyaning narxi ham o‘zgargan.

Redmi’ning yangi flagmani bu jihatiga ko‘ra iPhone 11’dan ham zo‘r chiqdi!

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan ushbu ma’lumotda bir xil turdagi ekranga ega bo‘lgan shu ikki smartfon displeylarining xususiyatlari yaqqol taqqoslab ko‘rsatilgan.

Snapdragon 865 chipli eng arzon flagman – Redmi K30S taqdim etildi!

Bungacha Snapdragon 865 chipli eng arzon smartfon iQOO Neo 3 5G edi – unisi 390 dollardan sotilmoqda. Flagman protsessor asosida yanada arzon smartfon chiqarish mumkinligini Xiaomi isbotladi!

1 noyabrgacha Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlarini arzonroq va sovg‘asi bilan olish mumkin!

Ba’zi smartfonlar xaridida esa turli aksessuarlar: ryukzaklar, 20000 mA/soatgacha bo‘lgan poverbanklar, simsiz quloqchin va aqlli bilaguzuklar hadya tarzida qo‘shib beriladi.

Eng ommabop 10 smartfon (43-hafta)

Huawei'ning yangi smartfonlari bo‘rondek kirib keldi, biroq iPhone 12 Pro Max'ni zabt eta olmadi.

Redmi K30 Ultra’dan zo‘r, lekin undan arzon Redmi K30S: taqdimot va savdoga chiqish kuni aniq!

Shuningdek, yanada ilg‘or flagman – 108 megapiksellik bosh kamerali Redmi K30S Pro ham taqdim etilishi kerak. Weibo tarmog‘ida tarqalayotgan suratlarda esa uni Redmi K30S Commemorative Edition deb atashmoqda.

Allaqachon yettita rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga Android 11 tarqatilmoqda!

Operatsion tizim egasi – Google kompaniyasini aytmasa, hozirda uni o‘z smartfonlariga taqdim etish bo‘yicha aynan «Xitoycha Apple» birinchi o‘rinda ketmoqda.

Eng ommabop 10 smartfon (42-hafta)

Google Pixel 5, Galaxy M51, Galaxy A51, Poco X3 NFC hamda Redmi Note 9'lar bilan xayrlashdik.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш