Ham ayfon, ham aypad bo‘la oluvchi iPhone X Fold buklama smartfoni suratlarda!

iPhone X Fold ikkita ekranga ega: ichkaridagi qayishqoq displey 2:3, tashqisi esa 1:3 nisbatli. Uni yarim buklagan holda ham qo‘llash mumkin – bunda klaviaturali ekranga ega mitti «noutbuk» yuzaga keladi.

Oppo ham o‘z buklama smartfonini ko‘rsatdi!

Oppo ham Samsung va Huawei’dan qolishmasligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi, shekilli. Kecha uning vitse-prezidenti Brayan Shen o‘z kompaniyasi ishlab chiqqan buklama smartfon prototipini namoyish etdi.

Ertagayoq taqdim etilayotgan Huawei Mate X buklama 5G-smartfoni: «jonli» surat, ilg‘or jihatlar va narxi

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlovchi ushbu devaysning hali yana bir nechta «maxfiy syurpriz»lari ham bor.

RASMAN: Huawei buklama 5G-smartfonini MWC 2019’da ko‘rsatadi! (+video)

Huawei buklama 5G-smartfonining texnik jihatlari va dizayni hozircha ma’lum emas. ammo uning kuni kecha taqdim etilgan Balong 5000 rusumli 5G-modemli Kirin 980 protsessoriga ega bo‘lishini aytilmoqda.

«JONLI» VIDEO: Xiaomi prezidenti Mi Mix Flex (yoki Mi Dual Flex) buklama smartfonini ishlatib ko‘rsatdi!

Planshet va smartfon form-faktoriga almasha oluvchi devaysni shaxsan Xiaomi prezidentining o‘zi ishlatib ko‘rsatgan!

Qayishqoq ekranli Motorola RAZR V3 fevraldayoq sotuvga chiqadi, narxi ham ma’lum!

Ayni damda Motorola brendiga egalik qilayotgan Lenovo kompaniyasi AQShning Verizon uyali aloqa operatori bilan hamkorlik qilmoqda.

Galaxy F buklama smartfoni taqdimot sanasini Samsung rasman, ammo antiqa tarzda e’lon qildi!

Parijdagi reklama bannerlari koreys tilining fonematik yozuvi – Xangil imlosida yozilgan. Internet-nashrlar ularni inglizchaga «The future unfolds» hamda «February twentieth» deb o‘girishgan.

Lenovo ikki joyidan buklanuvchi qayishqoq ekranli noutbuk tayyorlayapti

Noutbuk korpusi ikki joyidan buklanishi mumkin. Shu bo‘limlardan birida protsessor, xotira va klaviatura joylashadi. Qolgan ikki qismini esa qayishqoq displey egallaydi.

Huawei buklama smartfonida qo‘llanuvchi displeyni BOE «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatdi!

Chendu shahridagi maxsus tadbirda BOE o‘zining yangi ishlanmasini namoyish etdi. Bu – buklanuvchi smartfonlarda qo‘llanadigan qayishqoq displey bo‘lib, u Huawei’ning ilk buklama devaysida qo‘llanishi mumkin.

Meizu ham buklama smartfon tayyorlayapti – u betakror konstruksiyaga ega!

Xitoy Intellektual mulk milliy boshqarmasi o‘z saytida Meizu’ning buklama smartfoni patentini e’lon qildi. Unda tavsiflangan qurilma «Foldable Terminal and Support Pad» deb nomlangan.

BUNAQASI BO‘LMAGAN: Sony shaffof buklama smartfon tayyorlayapti!

Bulardan tashqari, Sony patentida yana bir texnologiya – naycha shaklida o‘raluvchi displey ham aks ettirilgan. Ammo uning qanday qo‘llanilishi oshkor etilmagan.

Xiaomi buklama smartfoni – Mi Mix Flex narxi va jihatlari bilan ilk bor tanishamiz!

Xiaomi Mi Mix Flex protsessori hali rasman taqdim etilmagan Snapdragon 8150 bo‘lishi aytilmoqda. Buklama smartfon 6/128 gigabaytlik xotiraga, 7,8 dyuymlik (bukilganida – 4 dyuymlik) displeyga ega.

UZOQ KUTILGAN VIDEO: Nihoyat, Samsung qayishqoq ekranli buklama smartfonini namoyish etdi!

Samsung taxlama smartfonining eng qiziq qismi – buklanuvchi displeyi bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchining o‘zi uni Infinity Flex deb atamoqda.

Samsung’ning buklama smartfoni egiluvchan displeydan tashqari yana bitta ekranga ega!

Galaxy X qayishqoq displeyi 7,29 dyuymlik bo‘lib, qurilma buklanganida u korpusning ichki tomonida qoladi. Ammo uning «orqa» tomonida yana bitta ekrani bor ekan!

Ilk buklama 5G-smartfon – FlexPai bugundan sotuvga chiqdi, lekin bu Samsung ham, Huawei ham emas! (+«jonli» videolar)

Ushbu inqilobiy 5G-smartfon yana bir jihatdan birinchi bo‘ldi – u Qualcomm hatto rasman e’lon qilib ulgurmagan Snapdragon 8150 protsessori bazasida ishlaydi!

Samsung inqilobiy Galaxy X buklama smartfoni uchun Infinity-V Display savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi!

Galaxy X smartfoni yoyilganida to‘laqonli planshet vazifasini bajara oladi. Mazkur yangicha gadjet Samsung Electronics o‘z faoliyatini olib borayotgan barcha mamlakatlar bozorlariga chiqariladi.

Samsung buklama smartfonini Galaxy S9 proshivkasi «sotib qo‘ydi»!

Galaxy X (yoki Galaxy F) modeli tarzida taqdim etiladigan qayishqoq displeyli buklama smartfon noyabrda taqdim etilishi kutilmoqda.

Lenovo’ning ishlayotgan holdagi buklama smartfonini «jonli» videoda ko‘ring!

Weibo tarmog‘ida Lenovo kompaniyasining buklanuvchi smartfoni prototipi aks etgan video tarqaldi. Gadjet «orqasiga» qayrilib buklangan holida ham bemalol ishlayapti – uni ekrani orqali boshqarishyapti.

EKSKLYuZIV: Ishlayotgan holdagi haqiqiy buklama smartfon ilk «jonli» videoda!

Android operatsion tizimi o‘rnatilgan ushbu smartfon protototipi to‘liq ish holatida namoyon bo‘lgan. Uning ekrani diagonaliga 5,99 dyuymlik bo‘lib, tasvir sifati Full HD+ formatida.

Samsung buni uddaladi: hatto 1,8 metrdan tashlagandayam sinmaydigan – «o‘lmas» qayishqoq displey!

Sinovlarda bu displey qattiq yuzaga 1,2 metr balandlikdan 26 marta tushishga ham bardosh bergan. Shuningdek, haroratning -32 dan to 71 °S gacha bo‘lgan o‘zgarishlariga chidamliligini namoyon etgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш