Kechagina taqdim etilgan Total War Saga: TROY o‘yinini butunlay bepul olib qo‘yishga ulguring! (+video)

O‘yinni bugun – 14 avgust kuni, Toshkent vaqti bilan kechki soat 18.00 gacha olib qo‘yishga ulgursangiz, keyin istalgan paytda bepul o‘ynayverasiz!

Afsonaviy Quake 2 o‘yinini bepul yuklab olishga ulguring!

Bethesda yaqinda o‘tkaziladigan QuakeCon konferensiyasiga bag‘ishlab xayriya to‘pladi va fanatlar jami 30 ming dollardan oshiq mablag‘ taqdim etishdi. Shuning evaziga u endi Quake 2 o‘yinini bepul ulashyapti.

Ommabop jangovar o‘yinni 19 avgustgacha naq to‘rtta platformadan istalgan birida bepul o‘ynang!

Sarguzashtni Greymoor yangilanishidagi «Skayrimning qora qalbi»dan boshlashni maslahat berishmoqda. Uni naq to‘rtta platformadan birida – PlayStation 4, Xbox One, Steam yoki kompyuterda o‘ynashingiz mumkin.

Epic Games ikkita o‘yinni 13 avgustgacha bepul va butunlay ulashyapti!

Biri boshqotirma, ikkinchisi komediya janridagi bu o‘yinlarni 13 avgustgacha olib qo‘yishga ulgursangiz, keyin istagan paytingiz bepul o‘ynayversiz.

Bu ikkita o‘yinni 30 iyulgacha butunlay olib qo‘yib, keyin bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

Biri jangovar, ikkinchisi fantastik boshqotirma yo‘nalishidagi bu ikkala o‘yin ham 30 iyuldan so‘ng yana pulli bo‘lib qoladi; demak – shungacha ulguring va bu xabarni do‘stlaringizga ham yetkazing.

Civilization VI strategiya o‘yinini 27 iyulgacha bepul o‘ynab ulguring! (+video)

Aksiya 27 iyul kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 gacha davom etadi, shundan keyin o‘yin yana pulli bo‘lib qoladi.

PUBG ijodkorlari o‘yin voqealari haqida qisqa metrajli film ishlashdi

Ijodkorlar jamoasi otryadlardan birining nazoratini qo‘ldan chiqarib qo‘yishadi. Ular vahimaga tushib qolishganida, onlayn suhbatga notanish birov qo‘shiladi, bu shaxsan Playerunknown’ning o‘zi bo‘lishi mumkin.

Torchlight II o‘yinini 23 iyulgacha olib qo‘yib, keyin istagancha bepul o‘ynang! (+video)

Action/RPG janridagi bu sarguzasht o‘yinning tekin tarqatilishi 23 iyul kuni soat 20:00 da to‘xtatiladi, lekin shungacha olib ulgursangiz, keyin ham bemalol o‘ynayverasiz.

Counter-Strike: Global Offensive, DOTA 2, FIFA 20 va PUBG Mobile bo‘yicha «Adrenaline Cyber Cup» onlayn musobaqasiga marhamat!

Karantin paytida onlayn turnirda qatnashish va munosib sovrinlarni yutib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Yutuqlar shunchalik munosibki, turnirning umumiy sovrin fondi 129 000 000 so‘mni tashkil qiladi!

2020 yilning birinchi yarmidagi eng zo‘r 20 ta o‘yin

Metacritic portali ma’muriyati ayni shu yo‘nalishga ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari taqrizlarida eng yuqori baholangan yigirmata o‘yin reytingini tuzdi.

2 iyulgacha ikkita o‘yinni butkul olib qo‘yib, keyin ham bepul o‘ynang! (+videolar)

Epic Games do‘koni koronavirus pandemiyasi paytida zaruratsiz uydan chiqmasligingizga hissa qo‘shish maqsadida ikkita o‘yinni 2 iyulgacha tekinga olib qo‘yish imkonini berdi.

Afsonaviy turkumning yangi o‘yininini butunlay bepul olib qo‘yishga ulguring! (+video)

Rayman Redemption’ni xabarda ko‘rsatilgan havola orqali butunlay bepul yuklab olish mumkin. Lekin shoshilganingiz ma’qul, chunki Ubisoft muallifni ko‘chirmakashlikda ayblab, bu o‘yinni oldirib tashlashi mumkin.

Superqahramonlar fayting-o‘yinini 25 iyungacha PS4, Xbox hamda kompyuterga butunlay va bepul olib qo‘ying (+video)

Injustice: Gods Among Us o‘yinini shu muddatda olib qo‘ygach, uyog‘iga bepul o‘ynayverish mumkin. Jamlanmaga qo‘shimcha xaritalar, DLC-personajlar va kostyumlar ham kiritilgan.

Assassin’s Creed Origins uch kunga bepul bo‘ldi: Kleopatra bilan yonma-yon jangga tayyormisiz? (+video)

Assassin’s Creed Origins voqealari Qadimgi Misrda bo‘lib o‘tadi – bosh qahramon unda Kleopatraga fuqarolar urushida yordam beradi. Ptolemeya XIII’ga qarshi jangda u ilk assasinlar jamoasini tuzishga intiladi.

Afsonaviy va qadrdon Counter-Strike’ni endi brauzerning o‘zidanoq o‘ynay olasiz!

Buning uchun xabarda ko‘rsatilgan havola orqali havaskorlar tayyorlagan loyihaning saytiga kirish va avtorizatsiyadan o‘tish, keyin esa mos keluvchi o‘yin rejimi va xaritaga ega serverni tanlash kifoya.

Bu o‘yinni 11 iyungacha olib qo‘yib, keyin bir umr bepul o‘ynang! (+video)

Ushbu o‘yinni yakka holda ham, uch nafar sherik bilan ham o‘ynash mumkin, qiziqarli syujeti ham bor. Shunday ekan, do‘stlaringizga ham bu xabarni ulashish esingizdan chiqmasin.

8 iyungacha PUBG bepul bo‘ldi, sotib oluvchilarga esa 50% chegirma ham bor! (+video)

Fursatdan foydalanib qolish uchun xabardagi havola orqali Steam sytining tegishli sahifasiga o‘tishingiz mumkin. Shuningdek, birga o‘ynaydigan do‘stlaringizga ham bu yangilikni ulashish esingizdan chiqmasin.

Ikki qismli luter-shuter o‘yinni 4 iyungacha bepul olib qo‘ying! (+video)

O‘yin jamlanmasini kompyuter yoki noutbukingizga 4 iyungacha bepul ko‘chirib olish uchun xabarda berilgan havola orqali Epic Games Store’ning tegishli sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

Ommabop rolli o‘yin – «Jodugar»ni bepul va butunlay olib qo‘ying!

Ruscha nomi – «Vedmak» bilan tanilgan ushbu o‘yinni polyak dasturchilari yaratishgan (inglizchada – «The Witcher»). Uning ikkinchi va uchinchi talqinlari ham chiqqan, GOG do‘koni esa birinchisini bepul beryapti.

Vaqtincha bepul tarqatilayotgan GTA V o‘yinini o‘ta realistik versiyada chiqarishdi! (video va havola)

GTA 5 o‘yinining NaturalVision Evolved nomli versiyasi realistik grafikaga ega bo‘lgani uchun, originalidagi kabi multfilmga emas, balki yuqori byudjetli sifatli filmga o‘xshab chiqqan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш