iQOO 5 hamda iQOO 5 Pro taqdim etildi: Vivo’ning eng zo‘r o‘yinbop flagmanlari!

Vivo kompaniyasi 17 avgust kuni Xitoyda onlayn taqdimot marosimini o‘tkazdi. Unda o‘yinbop qurilmalarga moslashgan iQOO brendining yangi smartfonlar turkumi keng jamoatchilikka ko‘rsatildi.

Android uchun ham Civilization VI strategiya o‘yini chiqdi, tag‘in boshida bepul! (+video)

Steam do‘konida bultur eng ko‘p sotilgan o‘yinlar reytingida ikkinchi o‘rinni Civilization VI egallagan. Qadam-baqadam strategiya yo‘nalishidagi mazkur o‘yin «yashil robotchali» tizimga ham endi yetib keldi.

Apple xitoyliklarni salkam 30 mingta o‘yin va ilovadan mahrum etdi

Xitoyda ilova va o‘yinlar uchun litsenziya olish jarayoni ancha murakkab va uzoq cho‘ziladi. Shu boisdan yirik gigantlardan tashqari dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar bu borada ko‘p qiyinchiliklarga duch kelishadi.

PUBG Mobile, AliExpress va yana uch yuzta xitoycha ilova xavf ostida!

TikTok’dan tashqari, ByteDance startapining Resso hamda Ulike servislari ham xavf ostida turibdi. Shuningdek, Xiaomi kompaniyasining 14 ta ilovasi taqiqlanishi mumkin.

Nubia Red Magic 5S ham chiqdi: Snapdragon 865+ va 144 Gs displeyli, 540 dollarlik geymerofon! (+video)

Red Magic 5S akkumulyatori 4500 mA/soatlik bo‘lib, smartfon 55 vattlik quvvatda tezkor zaryadlana oladi, natijada uning batareyasi atigi 39 daqiqada to‘lib ulguradi.

Xiaomi ham Snapdragon 865 Plus chipli flagmani taqdimotini rasman e’lon qildi!

Shu yil 3 martda Black Shark 3 hamda Black Shark 3 Pro geymerofonlari namoyish etilgan edi. Black Shark 3S esa yanada kuchli bo‘lib, boshqa kompaniyalarning o‘yinbop smartfonlari bilan raqobatga kirishadi.

Asus ROG Phone 3 chiqdi: bosh raqibidan ikki karra qimmat, lekin shunga yarasha zo‘r-da! (+video)

30 vattlik tezkor quvvatlanuvchi 6000 mA/soatlik akkumulyator evaziga ROG Phone 3 bilan PUBG Mobile o‘yinini 9,2 soat, Asphalt 9’ni 9,6 soat, Call of Duty: Mobile’ni esa 9,3 soat uzluksiz o‘ynash mumkin.

Lenovo Legion Duel namoyish qilindi: eng kuchli, eng original, eng o‘yinbop smartfon atigi 500 dollardan!

Snapdragon 865+ va Adreno 650 chiplaridan tashqari, har biri ikkitadan vibromotor, sovitish naychasi, akkumulyatorga ega smartfonning 50 foizga zaryadlanishiga 10, to‘liq quvvat olishiga esa 30 daqiqa kifoya!

PUBG ijodkorlari o‘yin voqealari haqida qisqa metrajli film ishlashdi

Ijodkorlar jamoasi otryadlardan birining nazoratini qo‘ldan chiqarib qo‘yishadi. Ular vahimaga tushib qolishganida, onlayn suhbatga notanish birov qo‘shiladi, bu shaxsan Playerunknown’ning o‘zi bo‘lishi mumkin.

AnTuTu’da taxt talashayotgan ikki flagmanning yangi raqibi – Red Magic 5S ham tayyor!

ASUS ROG Phone 3 hamda Lenovo Legion qatoriga yana bitta raqobatchi qo‘shildi – ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasi Red Magic 5S rusumli o‘yinbop smartfonini reklama qila boshladi.

Counter-Strike: Global Offensive, DOTA 2, FIFA 20 va PUBG Mobile bo‘yicha «Adrenaline Cyber Cup» onlayn musobaqasiga marhamat!

Karantin paytida onlayn turnirda qatnashish va munosib sovrinlarni yutib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Yutuqlar shunchalik munosibki, turnirning umumiy sovrin fondi 129 000 000 so‘mni tashkil qiladi!

Google hamda Apple monopoliyasiga Huawei qattiq zarba berdi!

Telegram asoschisi kuni kechagina Apple hamda Google kompaniyalariga jiddiy ayblov qo‘ygan edi. Huawei esa bu ikki gigantning mobil ilovalar bozoridagi monopoliyasiga chek qo‘yishning o‘ziga xos yo‘lini topdi.

2020 yilning birinchi yarmidagi eng zo‘r 20 ta o‘yin

Metacritic portali ma’muriyati ayni shu yo‘nalishga ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari taqrizlarida eng yuqori baholangan yigirmata o‘yin reytingini tuzdi.

AnTuTu’ning yangi «qirol»ini «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!

Geymerofonning bazaviy modelidan tashqari, uning Pro-versiyasi ham chiqadi. Lenovo Legion Pro tezkor xotirasi 16 gigabaytlik, eng yangi – UFS 3.1 turidagi flesh-xotirasi esa 512 gigabaytlik bo‘ladi.

Tetris o‘ynab, har kuni 5 ming dollar yutib olish mumkin! (+video)

Endi smartfonda Tetris o‘ynab, mashhurlikka va besh ming dollarlik yutuqqa ega bo‘lish imkoni tug‘ildi. N3TWORK uning mobil versiyasi bo‘yicha sovrin jamg‘armasi naq bir million dollarlik musobaqa e’lon qildi!

Jahondagi eng zo‘r ikkita Android-smartfon bir kunda chiqyapti!

8 iyul kuni Qualcomm kompaniyasi navbatdagi flagmani – Snapdragon 865+ protsessorini taqdim etdi. Uning bazasida ishlovchi ilk flagmanlar – ikkita eng kuchli o‘yinbop smartfonning taqdimot kunini aytishdi.

PUBG Mobile milliardlab dollar daromadni qayerlardan olyapti o‘zi?

PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinining smartfonlarga mo‘ljallangan talqini chiqqaniga ikki yildan sal oshiqroq vaqt bo‘ldi. Shu muddat ichida u ishlab chiquvchilarga naq 3 milliard dollar daromad keltirdi!

Smartfon egalari yarim yilda qaysi o‘yin va ilovalarga eng ko‘p pul sarflashgan?

Joriy yilning birinchi yarmida smartfon foydalanuvchilar qaysi ilova hamda o‘yinlarga ko‘p pul xarjlashgani ma’lum bo‘ldi. Buni Sensor Tower tahlil kompaniyasi hisoblab chiqib e’lon qildi.

Apple nazdida iPhone, iPad, Mac hamda AppleTV uchun eng zo‘r o‘yin va ilovalar

Kupertinolik kompaniya Apple Design Awards 2020 tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi. Mazkur tanlov doirasida korporatsiya o‘zining turli platformalari uchun eng mos keluvchi dasturlarni aniqlab kelmoqda.

72 yoshli bu boboy nega o‘z velosipediga 64 ta smartfon o‘rnatib olgan?

Chen San Yuan o‘z shahrida shunchalik mashhurki, ASUS kompaniyasi uni ZenFone Max Pro taqdimotida so‘zga chiqishga taklif etib, bir necha smartfon sovg‘a qilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш