Xiaomi atigi 100 dollarga NFC va pulsoksimetrli gadjet chiqardi

Pulsoksimetrdan tashqari, unda yurak urishi datchigi, GPS/GLONASS/Galileo/Beidou chipi, Bluetooth 5.0 hamda NFC modullari ham qo‘llangan. U bilan 50 metrgacha suv tubiga sho‘ng‘ish mumkin.

Tez orada chiqadigan Galaxy M02 arzon smartfoni xususiyatlarini Geekbench fosh qildi

Galaxy M02 testda past natija qayd etgan; garchi barcha texnik xususiyatlari buniki bilan bir xil bo‘lsa-da, Galaxy A02 modeli ayni shu benchmarkda bundan 8 baravar yuqori ochko to‘plagan edi.

Samsung Galaxy S20 FE'ning to‘liq texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Smartfon bilan tanishib, uni Galaxy S20 oilasining boshqa vakillari bilan qiyoslaymiz.

Atigi 148 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Realme Q2, Q2 Pro hamda Q2i chiqdi!

Yangi turkumdagi har uchala smartfon ham Android 10 operatsion tizim talqini ustiga qurilgan Realme UI grafik qobig‘i bilan taqdim etilgan va korpuslarida USB Type-C porti mavjud.

Nokia birdaniga ikkita arzon 4G-telefon taqdim qildi

Har ikkala gadjetning korpusi polikarbonatdan ishlangan, ular 4G hamda VoLTE texnologiyasiga, FM-radio va microSD formatli xotira kartasi uchun slotga ega.

Galaxy F41 taqdim etildi: rasmiy videosi, narx va xususiyatlari

Kompaniya bu smartfonida o‘zining Exynos 9611 protsessorini qo‘llagan. Bu smartfon ancha «beli baquvvat» – akkumulyatori 6000 mA/soatlik bo‘lib, USB-C porti orqali quvvatlanadi.

Poco brendi eng arzon smartfonini namoyish etdi!

Xiaomi uni quloqchin tirqishi, Bluetooth 5.0, Wi-Fi 802.11 b/g/n, GPS + GLONASS interfeyslari, FM-radio bilan ta’minlagan. Smartfon Android 10 tizimi bazasidagi MIUI 12 grafik qobig‘i bilan chiqqan.

realme 7 Pro'ning to‘liq texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

realme 7 Pro oldingi seriyaga nisbatan juda ko‘p o‘zgarishlarga ega bo‘ldi va ularning aksariyati sezilarli apgreydlar bo‘lsa, boshqalari mijozlarga yoqmasligi mumkin bo‘lgan bir qator jihatlar hisoblanadi.

Xiaomi Mi 10T Lite ham chiqdi: 249 yevrodan boshlanuvchi 5G-smartfon!

Arzon flagman 64+8+2+2 MPlik bosh va 16 MPlik old kameraga, 33 vattlik quvvatlanuvchi 4820mAh batareyaga ega. Xiaomi unga ham infraqizil va NFC moduli, Hi-Res Audio sertifikatli stereodinamik o‘rnatgan.

Mi 10T hamda Mi 10T Pro flagmanlari taqdim etildi: narx va jihatlari, rasmiy anboksing videosi

Ikkala flagman ham Snapdragon 865 protsessori bazasida ishlaydi va Yevropa bozoridagi mazkur chipsetga tayanuvchi eng arzon smartfonlardan bo‘ldi.

Korpusi kuchli himoyalangan Galaxy Tab Active 3 plansheti taqdim qilindi

Galaxy Tab Active 3 korpusi MIL-STD-810H harbiy standartiga ko‘ra zarbadan muhofaza etilgan. Yana u IP68 standartidagi himoyaga ham ega, ya’ni 1,5 metrgacha suv tubida yarim soatgacha «jon saqlay» oladi.

Bitta quvvatda 14 kungacha ishlovchi Xiaomi Mi Watch Revolve taqdim etildi: narx va jihatlari

Mi Watch Revolve sportning 10 xil rejimini qo‘llab-quvvatlaydi, yana unga turli nafas mashqlari ham kiritilgan. Shuningdek, uning real vaqt rejimida ob-havo prognozini yangilab boradi.

Xiaomi Poco X3 NFC'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Smartfon haqida to‘liq tushuncha hosil qiling.

Xiaomi Mi 10 Ultra'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishing

Xiaomi Mi 10 Ultra smartfoni ko‘pchilikka manzur kelgandi, biroq uning faqat Xitoyda sotuvga chiqishi hammaning hafsalasini pir qilgan bo‘lsa ajab emas.

TeraTavsif: Samsung Galaxy A71 (2-qism)

Ushbu maqolada smartfon ustida o‘tkazilgan laborotiya sinovlari hamda qurilma dasturiy ta’minoti haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Redmi’ning ilk aqlli soatida smartfonsiz ham qo‘ng‘iroq qila olasiz!

Bluetooth modulidan tashqari, unda eSIM texnologiyasi ham qo‘llanadi. Bu – nomoddiy, qurilmaning o‘ziga joriy etilgan SIM-karta bo‘lib, shuning yordamida Redmi Watch telefon vazifasini bajara oladi.

Hamyonbop kamerofon – Vivo V20 SE namoyish qilindi

Samsung yangi – Galaxy F nomli arzon kamerofonlar turkumining ilk vakili – Galaxy F41 modelini oktyabrning boshida chiqaradi. Bu borada allaqachon Xitoy kompaniyalari uni dog‘da qoldirishdi!

Xiaomi va Redmi smartfonlariga MIUI 12 tarqatilishining uchinchi to‘lqini boshlandi

Ro‘yxatdagi 13 ta modeldan dastlabki ikkitasi uchun barqaror MIUI 12 grafik qobig‘i asosidagi global proshivka, qolganlariga esa hozircha xitoycha proshivka tarqatilmoqda.

Galaxy S20 FE namoyish qilindi: narx va xususiyatlari

Mohiyatiga ko‘ra, bu – Samsung Galaxy S20 turkumining «yengillashtirilgan» versiyasi bo‘lib, ulardagi ko‘pgina funksiyalarni saqlab qolgan, ammo arzon smartfondir.

Nokia 3.4 hamda Nokia 2.4 taqdim etildi: NFC chipli arzon smartfonlar! (+videolari)

Android One dasturi doirasidagi bu smartfonlarning biri Android 11, ikkinchisi hatto Android 12 talqinigacha yangilanishi kafolatlangan. HMD Global ularni uch yilgacha xavfsizlik patchlari bilan ta’minlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш