Xiaomi atigi 100 dollarga NFC va pulsoksimetrli gadjet chiqardi

Pulsoksimetrdan tashqari, unda yurak urishi datchigi, GPS/GLONASS/Galileo/Beidou chipi, Bluetooth 5.0 hamda NFC modullari ham qo‘llangan. U bilan 50 metrgacha suv tubiga sho‘ng‘ish mumkin.

iPhone 12’lar uchun MagSafe Charger – magnitli quvvatlagich va MagSafe Duo Charger dok-stansiyasi taqdim etildi

MagSafe Charger oddiy zaryadlash uskunasidir; 15 vattlik quvvat uzatuvchi MagSafe Duo Charger dok-stansiyasi yordamida esa bir vaqtning o‘zida iPhone hamda Apple Watch’ni zaryadlasa bo‘ladi.

AirPods Pro raqibi taqdim etilib, undan ikki yarim baravar arzon sotila boshladi!

Mi Air 2 Pro o‘zining avtonomligi bilan ham maqtana oladi – uning o‘zidagi akkumulyator quvvati 7 soatga yetadi. G‘ilofi bilan birga esa avtonomlik 28 soatgacha boradi.

Apple uzoq kutilgan gadjetlaridan kamida ikkitasini 13 oktyabrda taqdim etmaydi

Ulardan birining namoyishi hatto 2021 yilning mart oyiga qoldirilgan.

Xiaomi atigi 13 dollardan boshlanuvchi ikkita simsiz quloqchin taqdim etdi

Siri, Alexa va Google Assistant ovozli yordamchilarini qo‘llab-quvvatlovchi bu quloqchinlar avtonomligi 12 soatga yetadi, korpuslari IPX4 standartiga ko‘ra ter va boshqa turdagi nam kirishidan himoyalangan.

O‘ta ommabop Apple gadjetining ikki karra arzon raqibini taqdimotdan avval ishlatib ko‘ramiz! (ikkita «jonli» video)

Xitoylik mashhur kompaniya bu aksessuarini 13 oktyabrda rasman namoyish qiladi. Apple devaysiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib bo‘lgan bu aksessuar undan ancha (insayderlarga ko‘ra – ikki baravarga) arzon narxlanadi.

Apple utillashtirishga berilgan o‘n minglab gadjetlar o‘g‘rincha sotilgan!

GEEP Canada’ga utillashtirishga berilgan 530 mingdan ko‘proq iPhone, 25 mingta iPad va 19,2 mingta Apple Watch’ning 18 foizi keyin aloqa operatorlari tarmoqlarida faol bo‘lgani aniqlangan.

Bitta quvvatda 14 kungacha ishlovchi Xiaomi Mi Watch Revolve taqdim etildi: narx va jihatlari

Mi Watch Revolve sportning 10 xil rejimini qo‘llab-quvvatlaydi, yana unga turli nafas mashqlari ham kiritilgan. Shuningdek, uning real vaqt rejimida ob-havo prognozini yangilab boradi.

Redmi’ning ilk aqlli soatida smartfonsiz ham qo‘ng‘iroq qila olasiz!

Bluetooth modulidan tashqari, unda eSIM texnologiyasi ham qo‘llanadi. Bu – nomoddiy, qurilmaning o‘ziga joriy etilgan SIM-karta bo‘lib, shuning yordamida Redmi Watch telefon vazifasini bajara oladi.

Android 10 tizimli ilk smart-soat namoyish etildi: 4/64 GB xotira va buriluvchi Sony kamerali!

Keramik gardishli ushbu smart-soat korpusining suv sachrashidan himoyalanganligi aytilmoqda. GPS, GLONASS, BeiDou, WiFi hamda Bluetooth 5.0 interfeyslariga ega, lekin NFC-chipi yo‘q.

Huami pulsoksimetrli Amazfit Band 5 bilaguzugini taqdim etdi: siz uni taniysiz!

Mazkur gadjetning Mi Band 5’dan muhim farqlari – unda Alexa ovozli assistenti hamda pulsoksimetr vazifasini bajaruvchi (qonning kislorodga to‘yinganlik darajasini o‘lchovchi) SpO2 datchigi mavjud.

Xiaomi xiti taqdimotdan 10 oy o‘tib global bozorga ham chiqyapti

Kompaniyaning Hindiston bo‘linmasi rasman e’lon qilishicha, 29 sentyabrda bu gadjetning Xitoydan tashqaridagi ilk taqdimoti bo‘ladi. Keyinchalik uning boshqa mamlakatlar bozorlariga ham chiqishini kutish mumkin.

Apple eng arzon smart-soati – Watch SE modelini ham chiqardi!

iPhone SE ommabopligidan ruhlanib, bu aqlli soatni Apple Watch SE deb nomlashgan. Bu devays yap-yangi Apple Watch Series 6’ning ham ayrim funksiyalarini o‘zlashtirgan, ammo undan ancha arzon.

Apple Watch Series 6 namoyish etildi!

Yangi smart-soatdagi watchOS 7 operatsion tizimi uyqu monitoringini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, foydalanuvchining qonida kislorod miqdori pasayib ketsa ogohlantiradi.

Xiaomi va Redmi smartfonlarini 20 sentyabrgacha chegirma bilan olish mumkin!

Eng qizig‘i – foydalanuvchilar ayrim tovarlarning chegirmalariga ta’sir ko‘rsata oladilar. Ya’ni, muayyan modeldagi qurilma qanchalik ko‘p layk to‘plasa, uning yakuniy chegirmasi ham shunchalik katta bo‘ladi.

Bojxonachilar ikki mingta «qalbaki Apple AirPods»ni qo‘lga olib, o‘zlari sharmanda bo‘lishdi!

Bojxona va chegara xizmati xalqaro aeroportda katta partiyadagi kontrafakt tovar ushlaganini maqtanib e’lon qildi. Unga ko‘ra, Gonkongdan kelib tushgan samolyotda 2000 juft «qalbaki Apple AirPods» bor ekan.

15 sentyabr kuni Apple nimalarni ko‘rsatyapti, nimalarni – yo‘q?

Yangi ayfonlarning bu tadbirda taqdim etilmasligi – muxlislar uchun noxush holat bo‘lsa-da, Apple’ning o‘zi uchun bunaqa emas. Xo‘sh, kompaniyaning yangi mahsulotlari ro‘yxatiga nazar solamizmi?

Arzon versiyadagi Apple Watch ham tayyor: uning standart modeldan farqi qanaqa?

Bu aqlli soat o‘z dizayniga ko‘ra kompaniyaning Apple Watch Series 4 modeliga o‘xshab ketadi. Apple uni o‘lchamiga ko‘ra ikki xil – 40 millimetrlik va 44 millimetrlik versiyalarda taqdim etadi.

12 soat avtonomlikka ega, suvdan qo‘rqmas arzon simsiz quloqchin – Redmi Sonicbass taqdim qilindi

Redmi Sonicbass korpusi IPX4 darajasida suvdan himoyalangan. Demak, uni taqqancha yomg‘irda sayr qilish ham, ter tomchilari kirishidan cho‘chimasdan yugurish yoki boshqa sport mashqlarini bajarish ham mumkin.

AirPods Studio simsiz quloqchini tayyor: narx va xususiyatlari

Apple fanatlari iPhone 12 turkumidagi smartfonlar taqdimotini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Lekin kupertinolik korporatsiya kuzda ayfonlardan tashqari boshqa tur qiziqarli gadjetlarni ham namoyish etadi...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш