iPhone SE 2 yanvardanoq ishlab chiqariladi, iPhone 8 arzonlashadi!

Yangi ayfon dizayni iPhone 8 uslubida bo‘ladi. Biroq uning «ichki dunyosi» ancha ilg‘or: apparat ta’minoti asosini bu yilgi iPhone 11 modellarida qo‘llangan Apple A13 Bionic protsessori tashkil etadi.

VIDEO: Smartfon quvvati tez tugayaptimi? «Hayotning zulmat tarafiga o‘ting!»

Tungi rejimning afzalliklaridan biri – OLED-displeyli qurilmalarda batareya quvvatini tejashidir. Lekin ushbu tejamkorlik qay darajada – shuni hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

RASMAN: 3 noyabrda ayrim iPhone va iPad’larda sana, GPS va Wi-Fi orqali yangilanish buziladi, hoziroq buning oldini oling!

Apple’ning rasman ta’kidlashicha, buning sababi – GPS vaqtlarining ko‘chirilish muammosidir; ushbu ko‘chirish GPS’ni qo‘llovchi chet mahsulotlarga 2019 yilning 6 aprelidan ta’sir o‘tkazib kelayotir.

iPhone gaplashayotganda «tashlab» yuboryaptimi? Qutulish yo‘li oson!

Apple mazkur bagni keyingi yangilanishlarda bartaraf etsa kerak, ammo buni kutib o‘tirmasdan, ayfoningizni o‘zingiz ham sozlay olasiz.

Eng qimmat brendlar o‘ntaligi: Facebook nega undan chiqib ketdi?

Kupertinolik korporatsiyaning brendi 234,2 milliard dollarlik ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rindagi Google brendidan bir yarim baravar, o‘ninchi pog‘onadagi kompaniyadan esa naq besh karra qimmat bo‘lib turibdi.

iPhone va iPad’lar kelib-kelib... Xitoy uchun josuslik qilayotgan ekan!

iOS operatsion tizimidagi Safari brauzeri qurilmalarning IP-manzillarini Tencent konglomeratiga jo‘natib turar ekan. Apple ham buni tan olgan – tegishli ma’lumot Safari sozlamalariga rasman kiritilgan.

Kim qo‘ng‘iroq qilayotganini iPhone’ni qo‘lingizga olmay turib aniqlash yo‘li bor!

Ba’zan shunday vaziyatlarga duch kelasiz: qo‘ng‘iroq bo‘lyapti, ammo ayni shu paytda smartfonni qo‘lingizga olish imkoningiz yo‘q. Masalan, biror ish bilan o‘ta bandsiz, ruldasiz, qo‘lingiz yog‘ yuqi yoki nam...

Mazkur tarmoqda bitta reklama 25 dona iPhone 11 Pro narxiga teng, lekin bu hali holvasi!

TikTok’da reklamaning minimal narxi 25 000 AQSh dollariga teng ekan! Ya’ni, tarmoqda bitta reklama berish narxiga 25 ta zo‘r ayfon olish mumkin! Uyog‘i esa 150 ming dollargacha boradi...

DxOMark’ning yangicha reytingi: ovozi eng zo‘r smartfonlar!

Testlarda smartfonlar bir hafta mobaynida sinab ko‘rilgan; ularning dinamik va quloqchin orqali ovoz uzatishi tekshirilgan. Shuningdek, kamera va diktofon orqali yozib olingan ovozlar sifati ham o‘rganilgan.

«Kelinni kelganda ko‘r...»: iPhone 11’lar bo‘yicha ommaviy shikoyatlar boshlandi

Buni qarangki, rosa maqtalgan smartfonlar xaridorlarning qo‘llariga yetib borgach, foydalanish jarayonida ularning aybi chiqa boshladi. Aniqrog‘i – bu yilgi iPhone 11’larning ekrani tez qirilar ekan.

AQShning nufuzli nashri «smartfonlar qiroli»ni e’lon qildi!

Test jarayonida mazkur smartfonning akkumulyatori quvvati 40,5 soat ishlashga yetdi, bu esa Apple’ning o‘tgan yilgi eng zo‘r flagmani – iPhone XS Max modelidan naq 29,5 soatga oshiq!

Apple ikkita modeldagi iPhone’larni g‘irt tekinga ta’mirlab beryapti!

Apple bu iPhone’larning qanday aybi borligini bilib turibdi, ammo oshkor etmayapti. Uning ta’kidlashicha, mazkur smartfonlar «ishlamay qolishi mumkin bo‘lgan komponent» sababli shunchaki yonmay qolishi mumkin.

DEYARLI RASMAN: iPhone SE 2 taqdimotga tayyor, tag‘in arzon narxda chiqadi!

Garchi tashqi qiyofasi nisbatan eski ayfonga o‘xshasa-da, u eng yangi – A13 Bionic protsessoriga ega. Kompaniya bu yil namoyish etgan iPhone 11 turkumidagi gadjetlarda ayni mana shu chipset qo‘llangan.

iPhone’da batareya quvvatini va internet-trafikni tejashning eng oson yo‘li paydo bo‘ldi!

Yangi usul nafaqat hisobingizdagi megabaytlaringiz yoki mablag‘laringizni, balki iPhone akkumulyatorining quvvatini ham tejashga yordam beradi.

2020 yili chiqadigan iPhone 12 videoda: iPhone 4 dizaynli kelajak smartfoni

2020 yilgi ayfon ekrani kemtiksiz bo‘lib, kamera va tegishli datchiklar displeyning yuqori hoshiyasiga joylanadi. Orqa panelda esa bosh kamera jamlanmasida ToF-kamera ham bo‘ladi.

Samolyotdan tushib ketgan smartfon 13 oydan so‘ng «tirik» holda topildi! (+video)

Bir yildan oshiq vaqt suronli ob-havo sharoitlarida qolib ketgan smartfon haliyam ishlayotgan ekan. Faqat uning mikrofoni ishdan chiqibdi, xolos!

iPhone bahonasida ikki qiz 19 yashar talaba yigitni zo‘rlashdi

iPhone ekranidagi darzni ko‘rgan qiz undan 3000 rubl talab qiladi. Yigit rozi bo‘lmagach, qizlar uni urib, talabaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik o‘tkazishadi va buni o‘sha iPhone kamerasida videoga olishadi.

Barcha modellardagi iPhone 11’larning mustahkamligini o‘zaro hamda Galaxy Note 10+ bilan solishtiramiz! (uchta drop-test videosi)

Kupertinolik korporatsiya iPhone 11, iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max smartfonlari sotuvga chiqargach, ularning musthakamligi sinab ko‘rilgan videolar internetda tarqala boshladi.

DIQQAT: iPhone’ingizni yangilamay turing, agarda...

iOS 13 operatsion tizim talqiniga kiritilgan yangi ishora – to‘rtta barmoq bilan teginganda tahrirlash menyusi chiqib qolishi boshqa o‘yin va ilovalarda ham xalaqit berayotir.

Haliyam iOS 13 kelmayotgan bo‘lsa, ayfonni «majburan» yangilaymiz

Ayrim ayfon egalari mazkur apdeyt hanuz yetib kelmayotganini aytishmoqda. Ba’zilarda esa iPhone hali yangilanishni tekshirish jarayonidayoq qotib qolmoqda. Bu muammolarni hal etish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш