Android uchun Clubhouse: chiqish vaqti va skrinshoti

2021 yil boshidan trendga chiqqan Clubhouse ijtimoiy tarmog‘ida yaqindagina foydalanuvchilar pul ishlab olishi mumkin bo‘lgan funksiya joriy etilgan edi.

Trenddagi ijtimoiy tarmoqda endi pul ishlab olish mumkin!

Pul yuborish funksiyasi barcha foydalanuvchilar uchun mavjud, ammo hozircha cheklangan moderatorlar guruhi «yordam» olishlari mumkin.

Facebook Messenger hamda WhatsApp egasining o‘zi raqobatchi messenjerni ishlatishi fosh bo‘ldi!

Mark Sukerberg nega raqobatchi messenjeridan foydalanishini Facebook’dagilar izohlashmagan. Buyog‘iga Telegram asoschisi Pavel Durovning ushbu holat bo‘yicha kinoyali chiqishini kutish mumkin.

Qo‘shni mamlakatdagi 3 million Facebook foydalanuvchisining shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketdi

«Odamlar «Ok» tugmachasini bosadi, xolos, aslida u hech qanday e’tirozi yo‘qligi haqida shartnomaga rozi bo‘ladi. Hech kim shartnomani o‘qimaydi, shu sababli bu narsa Facebook’ning o‘zigagina ayon», deydi vazir.

Facebook foydalanuvchilari ma’lumotlari bilan birga, Mark Sukerbergning telefon raqami ham tarqalib ketdi!

Yaqinda xakerlardan biri Facebook foydalanuvchisining telefon raqamini ozgina to‘lov evaziga olish imkonini beruvchi Telegram botini reklama qilgan edi...

Internetda Prezidentga haqorat yoki tuhmat uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Endilikda O‘zbekiston Prezidentini telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet tarmog‘idan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi belgilandi.

Qochoq mafiozni o‘zining YouTube-kanali fosh etdi

Uning Italiya milliy taomlariga bo‘lgan muhabbati internet va ijtimoiy tarmoqlarda izini topishga, shuningdek, videoda doimo yuzsiz tasvirlanadigan oshpazni tatuirovkasi orqali aniqlashga yordam berdi.

YouTube’da egizak Mirzayevlar kliplari milliarddan ortiq ko‘rildi (+video)

Biz avvalroq TikTok platformasidagi eng serdaromad blogerlar reytingida birinchi o‘rinni o‘zbek zabt etgani haqida yozgandik. Endigi xabarimiz esa qardosh xalqdan bo‘lgan xonandalar yutug‘i haqidadir.

TikTok’da yaqinda yangi funksiya ishga tushadi

Bu ilova ichida suhbatlashish imkoniyatining yo‘lga qo‘yilishi ByteDance kompaniyasiga Facebook va boshqa yirik ijtimoiy tarmoqlar bilan raqobatlashishga yordam beradi.

Mask, Geyts, Bezos kabilarning Twitter-akkauntlarini buzib, $100.000 o‘margan 17 yashar «Ahmadboy» uch yilga qamaldi

Ilon Mask, Bill Geyts, Jeff Bezos, Jo Bayden, Barak Obama va Kim Kardashianning akkauntlari buzib kirilgan, ularning nomidan bitkoin xayr-ehsonlari to‘g‘risidagi da’vatlar Twitter’ga joylashtirilgan edi.

Google endi blogerlar nasibasini ham qirqadi (rasmiy video)

Eslatib o‘tamiz: YouTube saytida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma ham e’lon qilganmiz.

O‘zbekistonda ham Instagram’ning yengil talqini ishga tushdi!

Mazkur ilova Instagram ijtimoiy tarmog‘i mobil kliyentining yengil versiyasi bo‘lib, u interneti past tezlikda ishlaydigan mamlakatlarga hamda texnik xususiyatlari kuchsiz bo‘lgan smartfonlarga mo‘ljallangan.

Chirchiqdagi fohishaxona ijtimoiy tarmoqda reklama qilingan

Tadbir davomida ushlangan shaxslardan 1 mln 150 ming so‘m miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan.

YPX xodimi nega qarama-qarshi yo‘lda harakatlangan avtoblogerga jarima yozmadi?

Videoda YPX xodimi haydovchiga qoidabuzarlik sodir etganligini aytib, lekin, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmasdan yo‘lida davom etishiga ruxsat berganligi holati aks etgan.

Sadir Japarovning Facebook-sahifasini buzishdi

«Davlat rahbari o‘zining Facebook sahifasida joylashtirilgan so‘nggi sharhlar bilan hech qanday aloqasi yo‘q», dedi davlat rahbarining matbuot kotibi Galina Bayterek.

Vaziyat jiddiy: TikTok endi ayrim videolarni qo‘yishni cheklaydi

Avvalroq ushbu tarmoqda bolalarni o‘zini o‘ldirishga undagan bloger fosh etilgan edi. 25 fevralning o‘zida esa TikTok’ka joylashtirilgan ommaviy xudkushlikka chaqiruvchi video 432 ming martadan ortiq ko‘rilgan.

Facebook endi gazetalarga pul to‘laydi

Hammasi Avstraliyada boshlangandi — mamlakat hukumati yangi qabul qilgan qonun Facebook va Google kompaniyalariga mahalliy nashrlarning yangiliklarini chop etgani pul to‘lash majburiyatini yukladi.

IIV matbuot kotibi ogohlantiradi: «Tarmoq faollari «ochiqlik» bahonasida e’tibor tortishga intilmoqda»

«Qonunchilik talablarini buzgan fuqarolarning harakatlariga huquqiy baho beriladi va tegishli chora ko‘riladi», – deya ogohlantirilmoqda internet foydalanuvchilari.

Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallardagi firiblardan ogohlantirdi

DTM tomonidan o‘tkaziladigan diagnostik test sinovlari Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida har payshanba kuni 2 smenada tashkil etiladi va xizmat narxi 15 000 so‘mni tashkil etadi.

Bill Geyts qovun tushirdi: qaysi mobil operatsion tizimni yaxshi ko‘rishini boshqa tizimli qurilmasida aytdi!

Bundan avval Facebook asoschisi Mark Sukerberg ham intervyuda o‘zining qaysi kompaniya smartfonlari ishqibozi ekanini va qaysi operatsion tizimni ma’qul ko‘rishini aniq aytgan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш